Hisoboti Amaliyot o`tash joyi




Download 5,53 Mb.
bet4/10
Sana14.12.2023
Hajmi5,53 Mb.
#118500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
malakaviy amaliyot

2003-yil. «O‘zbektelekom» AK Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq «O‘zbektelekom» AK Injener-texnik markazi tashkil etildi.
Faoliyatning yangi turi— CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmati ko‘rsatilishi o‘zlashtirildi. Shu maqsadlarda «Uzbektelekom Mobayl» filiali tashkil etildi, uning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi simsiz aloqa umumilliy tizimini rivojlantirish hisoblanadi.
2003-yildan Samarqand va Jizzax viloyatlarida simsiz radioaloqa tizimi ishlay boshlaydi.
2004-yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aloqa va axborot-kommunikatsion texnologiyalari masalalari bo‘yicha Kompleksa Qo‘mita majlisining 2004-yil 6-apreldan va «O‘zbektelekom» AKning Kuzatuv kengashi ot 2004-yil 26-may № 39 sonli qarori bilan «O‘zbektelekom» AK «O‘zNet» filiali «Intal Telekom» filialiga birlashtiriladi. Yangi tashkil etilgan filial «UzNet» nomi bilan ataladi.
2004-yil dekabr oyidan «O‘zMobayl» filiali CDMA-450 standartini qo‘llash bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida simsiz abonentlik radio ulanishi tarmog‘ini kengaytirdi.
O‘zbekiston alova va axborotlashtirish agentligi tomonidan O‘zbekistonning istalgan joyidan istalgan telefondan oldindan pul to‘lash kartochkasi bo‘yicha xalqaro so‘zlashuvlarni amalga oshirishga imkon beruvchi servisli intellektual xizmatlar uchun 805 nogeografik ulanish kodlari kiritildi.
2005-yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-avgust «Ma’lumotlar uzatish xizmatlarini rivojlantirish va «O‘zbektelkom» AKni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha tatbirlar to‘g‘risida»gi PQ-149 son Qaroriga muvofiq PRPAK «UzPAK» AMUDD «O‘zbektelkom» AKning «UzNet» filiali bilan birlashish hisobiga «O‘zbektelekom» AKning filialiga aylantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentabr 453-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha 2004-yil oxiri va 2005-yil boshida «O‘zbektelekom» AK va uning filiallari tomonidan ToshTTS VoIP shlyuzini kengaytirish va TShTT va O‘ZNET filiallari asosida qo‘shimcha ikki VoIP bog‘lamalarini tashkil qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi, bu universal oldindan pul to‘lash kartochkalari bo‘yicha xalqaro telefon aloqalari hamda Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarini taqdim etishga imkon berdi.

Download 5,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 5,53 Mb.