Hisoboti Amaliyot o`tash joyi




Download 5,53 Mb.
bet5/10
Sana14.12.2023
Hajmi5,53 Mb.
#118500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
malakaviy amaliyot

2006-yil. «O‘zbektelekom» AK’ning «O‘zNET» filiali qoshida IEEE 802.16–2004 standarti WiMax pilot loyihasini amalga oshirish boshlandi.
O‘quv jarayonini takomillashtirish va «O‘zbektelekom» AK mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O‘zAAA) va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bevosita ishtirokida «Injener-texnik markazi» (ITM) ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi.
Respublikaning barcha viloyat markazlarini qamrab olgan videokonferensaloqa xizmati tatbiq etildi.
2007-yil. Kompaniyaning «O‘zbektelekom Mobayl» filiali CDMA 450 standarti asosida respublikaning barcha mintaqalarida mobil aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlarini taqdim eta boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-yanvar Qaroriga muvofiq, Xitoy rivojlanish banki (CDB) va Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda, lizing asosida «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish» investitsion loyihasini amalga oshirildi.
NGN «Keyingi avlod tarmog‘i» texnologiyalari asosida Toshkent shahri telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash va kengaytirish amalga oshirildi, videotelefoniya, ma'lumotlar uzatish va Internet tarmoqlariga ulanish xizmatlari tatbiq etildi.
2010-yil. «O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommutatsiya Markazi sig‘imi 2 barobarga oshirildi va 2,5 Gbit/s gacha yetkazildi.
Provayderlar uchun internet-xizmatlari tariflari esa 1 Mbit/s. uchun 1510 AQSh dollaridan 849 AQSh dollarigacha yoki 44 foizga pasaytirildi.
2011-yil. Rebrending o‘tkazildi va 2011-yilga yangi UZTELECOM™ brendi va «O‘zbektelekom» AK subbrendlari — UZMOBILE™ va UZONLINE™ brendlarini keng miqyosda ilgari surish amalga oshirildi, ular «O‘zbektelekom» kompaniyasi va uning tuzilma bo‘linmalari xizmatlarini ilgari surish yagona kompleks ko‘rgazmali strategiyasini yaratishga yo‘naltirilgan.
2012-yil. 1 576 km masofali optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish va qurish ishlari yakunlandi. Shaharlararo, xalqaro va zona ichi aloqa kanallarining umumiy uzunligi 276,2 mln. kanal/km ni tashkil etdi, ulardan 263,5 mln. kanal/km optik tolali aloqa liniyalaridir.
«O‘zbektelekom» AK Xalqaro paketli kommutatsiya markazi sig‘imini 4 barobarga oshirildi va uni 40 Gbit/s gacha yetkazildi.
Viloyatlar, tumanlar markazlari va respublika shaharlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi 100 foizni tashkil etdi. Qishloq aholi punktlarini telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi – 95,7 foizni tashkil etdi.
«Yagona oyna» tamoyil bo‘yicha ishlaydigan 94ta savdo ofislari foydalanishga topshirildi.
Internetga keng polosali ulanish abonentlari soni 52 foizdan ko‘proqqa oshdi.
Respublika aholi punktlari hududlarini CDMA-450 simsiz radioulanish zonasi bilan qamrab olish 71,3 foizga yetkazildi. IP-telefoniya, videotelefoniya va IP-TV xizmatlari foydalanuvchilari soni jadal o‘sishi kuzatildi.

Download 5,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 5,53 Mb.