Hisoboti Amaliyot o`tash joyi




Download 5,53 Mb.
bet7/10
Sana14.12.2023
Hajmi5,53 Mb.
#118500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
malakaviy amaliyot

2015-yil. Kanal hosil qiluvchi uskunalarni o‘rnatish orqali 1800 km.dan ortiq OTAL qurilishi amalga oshirildi, shu jumladan, butun respublika bo‘yicha 105 116 portga yetkazib, 4000dan ortiq ma’muriy va turar-joy obyektlariga FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy meros obyektlari hududida, shuningdek, sayyoh (turist) lar ko‘p bo‘ladigan (aeroport, vokzal, yirik savdo markazlari, bozorlar, avtostansiyalar va boshqalarda Wi-Fi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Wi-Fi tarmog‘ bilan qamrab olish hududlari Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Wi-Fi qoplab olinishi zonasi o‘zida 25ta obyekt va 441,8 ming kv. metrdan ortiq Wi-Fi zonasini tashkil etdi.
Axborot-¬kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda infrastrukturani rivojlantirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
«Umummilliy ta’limiy elektron kutubxona» resurslariga umumiy ta’lim maktablarini ulash maqsadida 702ta ta’lim muassasasiga OTAL yotqizish va faol uskunalarni o‘rnatish yo‘li bilan ta’lim muassasalarigacha aloqa kanallarini tashkil etildi. Jami ta’lim obyektlariga 585 kmdan ortiq optik-tolali aloqa liniyasi yotqizildi;
«Elektron ta’lim» milliy tarmog‘iga ulash maqsadida OTAL yotqizish va faol uskunalarni o‘rnatish yo‘li bilan 200ta kasb-hunar kollejlari Internet tarmog‘iga ulandi. Jami 200ta kollejga 796 kmdan ortiq optik-tolali aloqa liniyasi yotqizildi;
«Elektron hukumat» tizimi doirasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish samarasini oshirish bo‘yicha Respublikada 198ta viloyat, shahar va tuman Hokimiyatlarini “O‘zbektelekom” AK bog‘lamalariga optik aloqa kanallarini ulash, jami, 90 kmga yaqin optik-tolali aloqa liniyasi yotqizildi.
2016-yil. Kanal hosil qiluvchi uskunalarni o‘rnatish orqali 2 313 km.dan ortiq OTAL qurilishi amalga oshirildi, shu jumladan, FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirildi.
«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand, Buxoro va Toshkent shahrlarida Wi-Fi tarmoqlarini joylashtirish uchun 40ta obyekt belgilandi.
Qishloq joylarida joylashgan obyektlar (jumladan, aholisi kam va yetib borish qiyin bo‘lgan rayonlar)gacha, shuningdek, 37 344 portgacha yetkaziladigan ijtimoiy infrastruktura obyektlari, jumladan, tibbiy, uchastka militsiya punktlari, boshqaruv organlariga 1 138,1 km op¬tik-tolali aloqa liniyalari yotqizildi.
485 multistandart baza stansiyalari installyatsiyasi va integratsiyasi amalga oshirildi.

Download 5,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 5,53 Mb.