Hisoboti Amaliyot o`tash joyi




Download 5,53 Mb.
bet8/10
Sana14.12.2023
Hajmi5,53 Mb.
#118500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
malakaviy amaliyot

2017-yil. Kanal hosil qiluvchi uskunalarni o‘rnatish orqali 12 100 km.ga yaqin OTAL qurilishi amalga oshirildi, shu jumladan, FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirildi.
10 080 multistandart baza stansiyalari installyatsiyasi va integratsiyasi amalga oshirildi. Qishloq joylarida axborot-kom¬munikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish uchun umumiy sigimi 52 960ta KPU portlari bo‘lgan 533ta bazaviy stansiyalar o‘rnatildi.
Qishloq joylarida joylashgan obyektlar (jumladan, aholisi kam va yetib borish qiyin bo‘lgan rayonlar)gacha, shuningdek, ijtimoiy infrastruktura obyektlari, jumladan, tibbiy, uchastka militsiya punktlari, boshqaruv organlariga 2 102,2 km op¬tik-tolali aloqa liniyalari yotqizildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-sentabrdagi «Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinyaning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi F-4131 son Farmoyishiga muvofiq «Jizzax» EIZ hududida «Huawei Technologies Co., Ltd» (Huawei), «ZTE Corporation» (ZTE) va « Jiangsu Zhongtian Technology Co., Ltd.» (ZTT) qo‘shma korxonalari tashkil etilib, unda telеkommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.
2018-yil. “Xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini kengaytirish” loyihasi doirasida xalqaro paketli kommutatsiya markazi o‘tkazuvchanlik qobiliyati 120 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gacha 10 barobardan ko’proqqa oshirildi.
Simli Internet xizmatlari taqdim etilishida barcha tarif rejalari tezlik ko’rsatkichida foydalanilgan “gacha” ko’rsatkiсhi olib tashlandi va xizmatlar tezligi kafolatlandi.
Muayyan tezlikda cheklanmagan trafikka ega tariflar narxlari 2 barobardan ko’proqqa arzonlashtirildi.
“O‘zbekiston Respublikasi hududlarida keng polosali kirish tarmoqlarini joriy qilish” loyihasi doirasida respublikamiz hududlarida umumiy sig‘imi 201,2 ming portdan ortiq Internetga keng polosali kirish qurilmalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.
2019-yil. IPTV xizmatlari ko’rsatilishida yangilik sifatida IPTV+Video on Demand shaklida xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yildi.
Uz-IX piring tarmog’i ishga tushirildi.
Kompaniya xizmatlarini qulay boshqarish imkonini beruvchi MyUZTELECOM mobil ilovasi ishga tushirildi.
Ivi Kompaniyasi bilan hamkorlikda onlayn kinoteatr xizmati joriy etildi.
Respublika bo‘yicha 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilishi amalga oshirildi.
Yangi 3 751 ta tayanch stansiyalari qurilib foydalanishga topshirildi.
Mobil aloqa abonentlari soni 5 mln. donaga yetdi.
2020-yil. Respublika bo‘yicha 37 500 km optik tolali aloqa liniyalari qurildi.
Respublika bo’ylab keng polosali ulanish portlari soni 2 barobardan ko’proqqa orttirilib 2,3 million donaga etkazildi.
Mobil aloqa tayanch stansiyalari soni 18 317 taga yetkazildi.
Noyob hisob-kitob tizimiga ega bo‘lgan UNITS tariflarining innovatsion to‘plami joriy etildi!
Mobil aloqa abonent bazasi 7 mln. donaga yetdi.
UZTELECOM savdo belgisi - Iste’molchilar tanloviga ko‘ra Internet provayderlari orasida yil brendi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Birinchi marta UZTELECOM mobil aloqa tarmog’i bazasida MVNO (mobile virtual network operator – virtual mobil tarmoq operatori) operatori xizmatlari ishga tushirildi.


Download 5,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 5,53 Mb.