|
Hisoboti Amaliyot o`tash joyi
|
bet | 3/10 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 5,53 Mb. | | #118500 |
Bog'liq malakaviy amaliyot
O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari yanada faol rivojlanish va modernizatsiya bosqichini boshdan kechirmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘z vaqtida to‘laqonli modernizatsiya qilinishi – mamlakatimiz iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zaruriy shartdir. Kompaniya hayotining har bir yili – bu qator ahamiyatga molik hodisalar va tarmoq rivojlanishinig muhim voqealaridan iborat boladi.
1992-yil. Viloyatlar aloqa boshqarmalari asosida davlat pochta va elektr aloqasi korxonalarining tashkil etilishi. «O‘zbektelekom» davlat elektr aloqa korxonalari konsernining tashkil etilishi.
1995-1996 yil. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning boshlanishi, «Toshkent taksofoni», «Sirdaryo telekom» aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilishi, «Bo‘zton», «Chirkom» qo‘shma korxonalari, «Uzbektelekom Interneshnl» AJ tashkil etilishi.
1997-yil. Aloqa vazirligining O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga aylantirilishi, mustaqil boshqaruv organining tashkil etilishi. «Mahalliy telekom» va «Xalqaro telekom» aksiyadorlik kompaniyalarining tashkil etilishi. «Toshkent shahar telefon tarmog‘i», «Toshkent Telekom», «Andijon Telekom»,«Namangan Telekom» aksiyadorlik jamiyatlari va boshqalarning tashkil etilishi.
2000-yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyun № -253 sonli «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish vazifalari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.
Mana shu hujjatga muvofiq «Mahalliy Telekom» AK va «Xalkaro Telekom» AK asosida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
«Qoraqalpoq Telekom», «Buxoro Telekom», «Navoiy Telekom», «Xorazm Telekom», «Toshkent telefon-telegraf stansiyasi» va «Shaharlararo aloqa korxonasi» aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik kompaniyasi qoshida «Intal Telekom» filiali tashkil etildi.
2001-2002 yil. «O‘zbektelekom» AK tarkibiga kiruvchi Kompaniyalarni filiallar sifatida birlashtirish yo‘li bilan aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil qilish (xolding tuzilmasidan operatorlik kompaniyasiga aylantirish). Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabr № 488 sonli «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorlash choralari to‘g‘risida»gi Qarori bilan «O‘zNet» sho‘ba korxonasi «O‘zNet» ma'lumotlar uzatish idoralararo tarmoq barcha funksiyalari va vazifalari bilan «O‘zNet» filiali sifatida «O‘zbektelekom» AKga birlashtirildi. Informatsion memorandumining yakunlanishi va salohiyatli investorlar orasida uning tarqatilishining boshlanishi.
|
| |