• Iqtisodiy faoliyat. Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mazmuni va mohiyati.
  • Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti o’zining




    Download 159.5 Kb.
    bet1/5
    Sana16.09.2023
    Hajmi159.5 Kb.
    #82245
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    O\'zbekiston tashqi siyosati
    Algoritmlarni loyihalash mustaqil ish mavzulari, РАМАЗОН ТАҚВИМИ-2019, 2-mustaqil ish .Masus fan, 0v-IDZ14.1, 1-Labaratoriya ishi. Mavzu Ma’lumotlar bazasini infologik loyih-fayllar.org, 01.PSIXOLOGIYA 300 ta savol va javob 2 xuQetcH, 02, Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi (1), Math Resources Trigonometric Formulas, 14-mavzu (3), ATL topshiriq, Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va uskunalari Z Salimov

    KIRISH
    Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti o’zining
    ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
    Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo'lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi. Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi siyosat instrumentlariga taqaladi.
    Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq-ravshan belgilab olishni talab etadi.


    Iqtisodiy faoliyat. Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mazmuni va mohiyati.
    Sivilizastiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xo‘jalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona global jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga ko‘ra rivojlanadi, bu qonunlar xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor bo’lishini kafolatlaydi.
    Ehtiyojlarning doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslar taqchilligi va olisligi nafaqat alohida olingan davlat ichidagi hududlar o‘rtasida, balki turli davlatlar va jahon mintaqalari o‘rtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash vositalarini talab etadi.
    Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy rivojlanish va aholining o‘sishi notekis yuz beradi, bu ham xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zaruratini yuzaga keltiradi; ushbu jarayonlar yangi bozorlar (tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, moliya va boshqa bozorlar)ni rivojlantirishga, xomashyoni olib kirishga, texnologiya va axborotlarni ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, madaniy va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalarga imkon yaratadi.
    O’zbekistonda ko’plab korxona va birlashmalar, korporastiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investistiya loyihalarini amalga oshirmoqdalar, xalqaro ishlab chiqarish hamkorligini butun choralar bilan kengaytirmoqdalar va chuqurlashtirmoqdalar.

    Download 159.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 159.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti o’zining

    Download 159.5 Kb.