|
"Pedagog" menyusining "Sozlovlar"
|
bet | 45/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
"Pedagog" menyusining "Sozlovlar" qismiga o`tadilar. "Sozlovlar" qismi olti punktdan iborat bo’lib, unda o’qituvchilar quyidagi amallarni bajaradilar:
"Parolni o`zgartirish" - elektron portfolio tizimidagi shaxsiy parolni o`zgartirish. Buning uchun "Joriy parol" maydoniga joriy parolni, "Yangi parol" va "Parolni takrorlang" maydonlariga o`rnatilmoqchi bo’lgan yangi parolni ikki marta kiritiladi hamda tasdiq kodini kiritib "Parolni saqlash" tugmasi bosiladi;
"Rasmni o`zgartirish" - portfolioda aks etadigan rasm blankasining o`rniga o`zining rasmini o`rnatish. Bunda ikki usul mavjud:
"Rasmni yuklash" qismini tanlanadi va xajmi 512 Kb dan oshmaydigan ".jpg" formatdagi rasmni ma’lumot tashuvchi (kompyuter xotirasi, CD yoki DVD disk, flesh xotira) dan tanlab, "saqlash" tugmasini bosiladi;
Agar komyuter yoki noutbukda veb-kamera mavjud bo’lsa "Veb kameradan rasm tushirish" qismini tanlab, "Capture" so’ng "Upload" tegmalarini bosib rasm o`zgartiriladi.
"Shaxsiy ma’lumotlarni taxrirlash" - portfoliodagi anketa (anketa, kasbiy va qo`shimcha) ma’lumotlarini taxrirlash. Bunda har bir maydonni diqqat bilan tanishib, xato yoki o`zgargan ma’lumotlar mavjud bo’lsa uni taxrirlab tasdiq kodi kiritiladi va "Saqlash" tugmasi bosiladi;
"Sozlovlar" menyusining keyingi uch qismi professor-o’qituvchining kasbiy faoliyati natijalari asosida to`ldiriladi.
"O`quv va o`quv-metodik faoliyat" - bu bo’lim to`rtta tarkibiy qismdan iborat bo’lib, ular:
"Petentlar, ixtirolar va rastionalizatorlik takliflari";
"Model va dasturlar yaratishdagi ishtiroki";
"Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga doir o`quv-me’yoriy xujjatlar ishlab chiqishdagi ishtiroki";
"Nashr etilgan darslik va o`quv qo`llanmalar".
|
| |