• OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLAR 6
  • Html sahifa shabloni




    Download 11,86 Mb.
    bet43/166
    Sana29.05.2024
    Hajmi11,86 Mb.
    #256483
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   166
    Sayt boshqaruvi
    &Identig’ikatsiya (aniqlash)
    ► Tashqi ma'lumotlar bazasini

    9-rasm. "Foydalanuvchilar" bilan ishlash paneli
    SlKurslarni qo'shish/tahririash
    * Baho kategoriyasi sozlovlari
    »Baho punktlari sozlovlari

    10-rasm. "Kurslar", "Baholar" va "Joylashuv" bilan ishlash paneli
    "Kurslar"paneli orqali yangi o’quv kurslarni qo’shish/ taxrirlash, yaratilgan kurslarga ro’yxatdan o’tishning traektoriyalari belgilash mumkin bo’ladi. Shuningdek "Kurslar" paneli orqali tizim administratori Kurs bo’yicha surovlarni o’tkazishi va yaratilgan kurslarni xavfsizlik maqsadida zaxiraga saqlab qo’yishi mumkin bo’ladi.Tyutor (uqituvchi)interfeysiMOODLE tizimiga yangi kurslarni yaratish, talabalarga tegishli yordamlar va maslahatlar berish ma’suliyatini tyutor (kurs o’qituvchisi) bajaradi.
    Kurs o’qituvchisi yaratilajak o’quv ko’rsini qanday kommunikastiya elementlari (chat, forum) mavjud bo’lishligini o’quv jarayoni qanday traektoriya orqali amalga oshirish jarayonini tashkillashtirish imkoniyatiga ega. Tyutor (o’qituvchi)ning ko’rsni taxrirlash oynasi keltirilgan bo’lib, "Elektron pedagogika"g’ani misolida o’quv jarayoni tashkillashtirilgan.



    11 -rasm. Tyutor (o’qituvchi)ning ko’rsni taxrirlash oynasi

    O’quv jarayoni10 xaftalik ko’rinishda keltirilgan. Kurs o’qituvchisi har bir o’quv jarayoniga tegishli topshiriqlarni maxsus e’lonlar oynasi orqali yoki avtomatik ravishda har bir foydalanuvchining shaxsiy elektron pochtasiga junatishi mumkin bo’ladi.
    Ariketa
    Chat
    Dars
    Forum
    Glossariy
    Ma'lumot ombori
    Scorm/AICC
    So'rov
    Test
    Topshiriqlar
    Fayllarni yuklashni kengaytirilgan shakli Saytdagi matn(Javob B"l5"tekst holatida)
    Oddiy faylni yuklash . Saytdan tashqaridagi faoliyat(Javob v’" saytdan tashqari) Wiki
    iKurs elementini qo'shish.

    12-rasm. Kurs elementlarini qo’shish oynas.
    Shuningdek kurs o’qituvchisi(tyutori) o’quv jarayonidan kelib chiqqan holda quyida ko’rsatilgan kurs elementlarini har bir haftalik mashg’ulotlariga integrastiyalashtirishi mumkin bo’ladi. Xususan, chat, Anketa, Dars modeli, Forum, Glossariy, Ma’lumotlar ombori, Scorm/AICC, Surovlar, test topshiriqlari va Web2 elementlari bo’lmish Wiki elementlarini kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi.
    MOODLE tizimiga o’quv jarayoniga oid o’zgartirishlarni "Boshqarish" paneli orqali quyidagi amallarni bajarish mumkin: kursni taxrirlash, o’rnatishlar, rollarni tayinlash, baholar, guruhlar, kursni rezerv nusxa olish, kursni tiklash, import, hisobotlar, savollar va kursga oid faylar shuningdek, foydalanuvchilar haqida ma’lumotlarni olish mumkin bo’ladi
    Kursda o’qituvchi kalendar blokini joylashtirishi mumkin. Kalendarda bugungi kun ramka bilan belgilanib, qolgan kunlar har xil rangli bo’lishi mumkin, sababi u kunlarga nimadir belgilangan bo’lishi mumkin.
    Har bir foydlanuvchi kalendardan foydalana olishi mumkin, xuddi
    o’zining kalendaridan foydalangandek. Bu kalendarda belgilangan kunlari va ular haqida ma’lumotlar butun ko’rsga ochiq ravon bo’ladi. Undan tashqari

    bu kalendo’qituvchi barchaga tegishli bo’lgan kunlarni ham belgilashi (faqatgina ma’lum bir guruhni) mumkin. Administrator esa bu kalendarga barcha belgilanayotgan va kutilayotgan kunlar haqida ma’lumotlarni kiritishi va xabar tarqatish imkoniyatiga ega. Agarda
    belgilangan ma’lumot har hafta yetkazilishi lozim bo’lsa u holda sozlash paneli orqali bu kunni har haftali qilib saqlab kuyish lozim.
    O’qituvchiga shart emas har doim ma’lumotlarni kiritib turish, chunki tizim o’zida belgilangan doimiy xabarlar va ma’lum kunlarni o’zi avtomatik tarzda qo’shib boradi. Agarda ma’lum bir kunda belgilangan ma’lumotni ochish kerak bo’lsa, u holda shu kunga kursorni keltirib tugmachani bosish kifoyadir. Shu zaxoti shu kun bilan bog’liq ma’lumotlar ochiladi.
    O’quvchilarning muloqoti biz yaratgan MOODLE tizimida kuzda tutilib qulay tarzda yaritilgan .



    15-rasm. Muloqot oynasi
    Xabarlar almashinuvi alohida blokda berilgan. Unda muloqotchilar Tyutor tomonidan ro’yxatini sozlash mumkin. Undan tashqari xabarlarni tekshirish, kuzatish va ularni ta’kidlab qo’yish mumkin. Ma’lumotlar almashinuvi blokida ma’lumotlar soni va har bir o’quvchining xabarnomalari soni ko’rsatiladi.
    MOODLE tizimida o’quvchilari o’quv jarayonini boshlashlari bilan bilan: materiallarni ko’rish, topshiriqlarni bajarish,testda ishtirok etish va barcha harakatlarini hisobga olish uchun batag’sil jurnal yurita boshlash funksiyasi ishga tushirilgan.

    16-rasm. Hisobot jurnalining ko’rinishi
    Saxifaning yuqori qismida jurnal filtri parametrlarini berish mumkin: -kurs nomi;
    -guruh;
    -ishtirokchini;
    Mashg’ulot,kursning interfaol elementi yoki resursi.
    Agar kursda faollik katta bo’lsa,jurnalda kayd etilgan vokealar bir nechta saxifada joylashishi mumkin. Uni qisqartirish uchun filtrni aniqlashtirish mumkin.Masalan, faqat guruh emas,balki kursning aniq ishtirokchisi yoki anik kunni olish mumkin.
    Jurnalda quyidagi axborot qayd etiladi:
    -vokea sanasi va vaqti ;
    -Kurs ishtirokchisi IP adresi (manzili);
    -kurs ishtirokchisi tomonidan bajarilgan amal;
    -qo’shimcha axborot.
    Shunday qilib, MOODLE tizimida o’quvchilar faoliyatini kuzatish uchun foydalidir. Hisobot jurnali orqali o’quvchilarning qaysilari kurs materiallarini o’rganmoqda,kimlar esa biror marta ham kursga ko’z tashlamaganligini nazorat qilish mumkin.
    Ba’zi holatlari o’qituvchilar reyting oynasini to’zishi mumkin va reyting oynasi orqali har bir talaba o’zining reyting natijalarini ko’rishi mumkin. Reytingda talabaning mashqlarni bajarishiga, aktivligiga va o’qish statistikasi hisobga olinadi.
    Testdan o’tish uchun testni kurs elementlaridan tanlash lozim. Agarda kurs ko’p saxifalardan tashkil topgan bo’lsa, u holda testlar bo’limini tanlash mumkin.
    "Testlar"ni ustiga sichqonchani keltirib tugmachani bosib va testlar oynasi ochiladi. Ulardan mos bo’lgan, yoki o’qituvchi tomonidan belgilangan testni aniklab echish mumkin.
    MOODLE tizimida o’ziga testlar majmui mavjud bo’lib, har bir o’qituvchi o’ziga xos testlar to’zishi mumkin: vaqtiga, chegaralangan marotaba ishlash va taxminiy savollar tanlash bilan ifodalanadi.
    Moodle ishlash malaka va ko’nikmni shakllantirish uchun ishchi muhitni yaratish va o’quv jarayonini tashkillashtirish
    Moodle da o’quv jarayonini tashkillashtirishni o’rganish uchun Moodle bilan ishlash kerak.
    Shu sababli tizimda ishlash uchun avval Moodle ning ish joyini tashkillashtirish kerak.

    Tizimda ishlash orqali malaka va kunikmani xosil qilish uchun har xil variantlari mavjud.




    1. Sizning shaxsiy kompyuteringizda Moodle lokal ko’rinishda o’rnatilgan bo’lishi mumkin

    2. Siz ishlayotgan OTM Moodle o’rnatilgan bo’lishi va sizga tizimga kirish uchun login va parol bilan ta’minlangan bo’lishingiz mumkin.

    3. Internet muhitida ma’lum bir axborot tizimlari (servislar) orqali Moodle ni o’rnatilgan versiyasi bilan tug’ridan tug’ri ishlashingiz mumkin. Ayrim tizimlar bepul ishlash imkoniyatini beradi ayrimlari esa 30 kun davomida MOODLE imkoniyatlari bilan to’liq tanishish imkoniyatini yaratadi. Bu o’quv modulida moodle ishlash kunikmasini shakllantirish uchun va tizim orqali tinglovchilarning o’zlarining shaxsiy o’quv kurslarini yaratishlari va yaratilgan kursni taqdimot etishlari uchun yetarli bo’ladi deb hisoblaymiz.

    Biz bu o’quv modulimizda 3- bandda keltirilgan yo’l orqali ishlashni o’rganamiz.
    Internet muhitida Moodle o’quv jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi axborot tizimlari bir nechatasi mavjud. Bu axborot tizimlari foydalanuvchiga Moodle barcha xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatini beradi.
    OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLAR6
    Oxirgi ikki asrda o’rganiladigan bilimlar shunchalik darajada kengayib kettiki, oldingi olimlarni komusshunos, komusiy olim deb atashga majbur
    bo’lyapmiz. Nega? Hozir xech ham bir vaqtni o’zida falakshunoslik, jug’rofiya, fizika, kimyo, tibbiyot, matematika, falsafa va xokazolarni o’rganib bo’lmas darajaga yetdi.
    Fundamental fanlar bilan birga gumanitar, insoniyat, jamiyat bilan bog’lik bilimlar ko’paydi. Barchasi faqat insoniyat rivoji, qulayligi, og’irini yengil qilish uchun xizmat qilishiga qaratilmoqda.
    XXI asrni bemalol texnologiyalar va u bilan bog’lik bilimlar asri deya olamiz. Bilimlarni o’rganish turlari, yo’llari, usullarini kengaytirib yuborgan asr.
    AQShning Stenford universiteti, Massachusest Texnologiya instituti (MTI) kabi bir necha nufuzli oliy o’quv yurtlari bepul "onlayn" kurslarini taqdim etmoqda. Tajriba tariqasida ilk bor tashkil etilayotgan mazkur darslar dunyoning barcha davlatlaridagi talabalar uchun ochiq. Qizig’i shundaki, ushbu kurslarda o’qish mutlako bepul va ularni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga diplom (sertifikat) ham beriladi (ayrim kurslar tekin sertifikat berishadi lekin ko’p kurslarda ma’lum bir tulovdan keyin sertifikat olish mumkin).
    Internet orqali o’quv materiallarini bepul va erkin tarqatishga mo’ljallangan "Ochiq darsxona" (Open courseware) deya nomlanuvchi elektron tizim bundan un yilcha muqaddam MTI tomonidan tashkil etilgan edi. Shundan so’ng yuzlab boshqa kollej va universitetlar ham o’quv materiallarini internetga barcha uchun bepul va ochiq qo’yish amaliyotini yulga qo’ydi. Bugunga kelib MTI va Stenford universiteti ushbu amaliyotni yangi bosqichga ko’tarishga qaror qildi.
    Ular endi nafaqat kursda o’tiladigan materiallarni, balki darsning o’zini ham bepul taqdim etishmoqda.
    Stenfordda kompyuter bo’yicha ikki mutaxassis dastlab "Sun’iy intellekt faniga kirish" (Introduction to Artificial Intelligence) nomli bepul "onlayn" kurs tashkil etdi.
    Dunyoning 190 dan ortiq mamlakatidan jami 160 mingdan ziyod talaba kursga yozildi. Ko’ngillilar yordamida kurs materiallari qisqa muddat ichida dunyoning 44 tiliga tarjima ham qilindi. Ishtirokchilarning 23 ming nafari kurs materiallarini to’liq tamomlab, imtixonlardan muvaffaqiyatli o’tdi hamda ushbu kursni bitirganlik tug’risidagi guvoxnomaga ega bo’ldi.

    1. yil Stenford universiteti yana beshta bepul "onlayn" ko’rsni tashkil etdi. Ularda o’qiyotgan talabalar soni yarim millionga yaqinlashgan.

    Bu borada Massachusest Texnologiya instituti ham faollik ko’rsatmoqda. O’quv yurti tashabbusi bilan internet orqali bepul darslar beradigan "MITx" nomli yangi notijorat tashkiloti tuzildi. "MITx" qoshida ochilgan birinchi kurs - "Sxemalar va Elektronika" darsida qatnashish uchun yuz mingdan ziyod talaba ro’yxatdan o’tdi. MITx internet sahifasida yozilishicha, ro’yxatga yozilganlarning kamida 20 ming nafari dars mashg’ulotlarida to’lik va faol ishtirok etmoqda.
    Prinston universiteti, Berklidagi Kaliforniya universiteti, Michigan An-Arbor hamda Pensilvaniya universitetlari ham hamkorlikda bepul "onlayn" kurslarini tashkil etmokda. Ushbu kurslar "Coursera" deb nomlangan internet saytida jamlangan. Coursera dan kurslarni nomlari va yo’nalishi bo’yicha yoki ularni taqdim etayotgan universitetlar bo’yicha qidirib topishingiz mumkin. Bepul darslarni taqdim etuvchi yana bir sayt "Udacity" bo’lib, u ham "Coursera" bilan birgalikda Stenford universiteti mutaxassislari tomonidan bunyod etilgan. Dunyoning nufuzli universitetlari taqdim etayotgan ushbu bepul "onlayn" kurslari:
    Coursera.org - https://www.coursera.org/
    EdX - https://www.edx.org/
    Udemy - https://www.udemy.com/ LinguaLeo - http://lingualeo.ru/ busuu http://www.busuu.com/enc/

    26-rasm. Ommaviy onlay ochiq kurslarda tashkillashtirilgan kurslarning ko’rinishlari
    • TED - http://www.ted.com
    Coursera. Rasmiysayti:www.coursera.org



    Ushbu ingliz tilidagi loyiha har xil bilimlar bosqichi bo’yicha kurs tizimlarini o’tkazadigan universitetlar bilan hamkorlik qiladi.
    Tinglovchilar faqatgina kurslarni oqibgina qolmasdan,
    Kursdoshlari bilan gaplasha oladilar, Soursera
    OOOK testlar va imtixonlar topshiradilar.
    Khan akademiyasi. Rasmiy sayti: https://www.khanacademy.org
    Bir kuni MIT va Garvardni bitirgan qobiliyatli talaba Salmanxan boshqa shaharda yashaydigan kichkina amakivachchasini matematika fanidan qiynalishini bilib qoladi. U «YouTube» saytiga videodarslarni joylashtirib, unga yordam bermokchi bo’ladi va mashxur bo’lib ketadi. Endi Khan akademiyasi saytida har xil mavzudagi 42000 dan ortiq bepul mikroma’ruzalar bor. Ulardan ko’pchilig rus tilida ham mavjud.
    Garvard Universiteti hamda Massachusest Texnologiya Instituti birgalikda "barcha yoshdagilar va turli millat vaqillari uchun tekin, internet orqali interfaol ta’lim olishlari uchun" notijoriy tashkilot tashkil qilishdi. EdX - bir so’z bilan aytganda, ta’lim platformasi, endi siz ingliz tilida Garvard Universiteti, MIT va yana Berkeley Kaliforniya Universitetlarida (hamda2013-yildan Texas Universiteti ham qo’shilmoqda) o’rgatiladigan kurslardan bilim olishingiz mumkin.

    Hozircha maskur EdX platformasida kimyo, tibbiyot, informatika, fizikaga oid kurslar qo’yilgan.
    Intuit. Rasmiy sayti: www.intuit.ru
    Oliy ta’lim va ikkinchi oliy ta’limni olish imkoniyati mavjud bo’lgan, shuningdek, professional qayta tayyorlash va malakani oshirish imkoniyatlarini taqdim qila oladigan yirik Rossiya internet- universitetidir.
    To’liq o’qish pullik, ammo intuit saytida turli sohadagi: informatika, fizika, matematika, iqtisodiyot va falsafa bo’yicha 500 dan ortiq kurslarni bepul o’qish (tinglash) mumkin. Hozirgi kunda ko’pgina kurslar video darslar shaklida ham berilmoqda. Ta’lim kurslarini tugatganda bepul elektron sertifikat olish mumkin.
    Yandex maktabi. Rasmiy sayti: https://yandexdataschool.ru/edu- process/courses
    Bu erda Yandex ma’lumotlar tashxisi maktabi ma’ruzalari joylashtirilgan. Uning asosiy maqsadi aynan Yandex uchun, shuningdek, AKT industuriyasida ma’lumotlarni tashxis qilish va qayta ishlash hamda internetdan ma’lumotlarni olish bo’yicha malakali insonlarni tarbiyalashdir.
    Nazorat savollari

    1. Masofali o’qitishning nazariy va didaktik asoslari.

    2. Masofaviy ta’limni tashkil qilish usullari.

    3. Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari.

    4. Erkin va ochiq kodli ta’lim deganda nimani tushunasiz?

    5. LMS tizimlarining asosiy funksiyalari nimada?

    6. Moodle tizimida o’quv jarayonini tashkillashtirish qanday amalga oshiriladi?

    7. Moodle tiziminingimkoniyatlari.

    8. Ommaviy onlayn ochiq kurslarga misollar keltiring.

    9. Masofaviy ta’limning an’anaviy ta’limdan farqi?

    10. Masofaviy o’qitishni tashkil qilish muammolari?

    11. Moodle tizimida o’quv jarayoni qanday tashkillashtirish mumkin?

    12. MOODLE - abbreviaturasinikeltiring.

    13. LMS vauningxususiyatlari?

    14. CMS va unga kiruvchi axborot tizimlariga misol keltiring.

    Foydalanilganadabiyotlarro’yxati

    1. E-leaming: concepts, trends, applications. Corporation Trust Center by Epignosis LLC 2013.

    2. The pedagogy of the Massive Open Online Course: the UK view. Sian Bayne and Jen Ross, the University of Edinburgh. The Higher Education Academy, 2013.

    3. Evaluation of Evidence - Based Practices in Online Learning: A Meta­Analysis and Review of Online Learning Studies. U.S. Department of Education Office of Planning, Evaluation, and Policy Development Policy and Program Studies Service, 2010.

    4. Arafeh, S. The implications of information and communications technologies for distance education: Looking toward the future / S. Arag’eh.

    • Arlington, VA: SRI International — Final Report. — 2004.

    1. Bates, A.W. Distance education in a knowledge-based society / A.W. Bates // A keynote address in the ICDE Cong’erence on The Metamorphosis of Distance Education in the Third Millennium — Toluca, Mexico. — 2007.

    2. Bo’llen, M. Digital Learners in Higher Education: Generation is Not the Issue / M. Bo’llen, T. Morgan, A. Qayyum, // Canadian Journal of Learning Technology - 2011 — № 37(1).

    3. Donhue, B. G’aculty and administrators collaborating for e-learning courseware / B.Donhue, L. Howe-Steiger // EDUCAUSE Quarterly — 2005

    • №28 (1). — p.20-32.

    1. Henri, P. E-learning technology, content and services / P. Henri // Education and Training — 2001 — №43(4) — p.249-255.




    Download 11,86 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   166




    Download 11,86 Mb.