|
§2.3.PEDAGOG PORTFOLIOSI VA UNI YARATISH
|
bet | 44/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
§2.3.PEDAGOG PORTFOLIOSI VA UNI YARATISH
PEDAGOGNING PORTFOLIOSI HAQIDA TUSHUNCHA
Ta’lim-tarbiya jarayonlarini modernizastiyalashtirish ijodiy fikrlovchi, ta’limning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psihologik diagnostika usullarini, aniq, amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qo`llay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirishni talab etadi.
Hozirgi kunda pedagoglarga nisbatan o`zining samarali faoliyatini tashkil qilishda o`quv, ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni to`g`ri rejalashtirishi va amalga oshirishi, kasbiy pedagogik maxoratini o’zluksiz oshirib borishda o`zgarib boruvchi zamonaviy talablarga tezkor ravishda moslashib borish kabi talablar qo`yilmoqda. Chunonchi, pedagog kadrlarning ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi raqobatbardoshligi uning ilg`or ta’lim texnologiyalarini o`zlashtirish qobiliyati, o`zgaruvchan hamda oshib borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bog`lik.
Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalarini pedagogik faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor yo`lalish sifatida qaralmoqda. Shu sababdan pedagoglarning kasbiy ma’lumotlar bazasi va talabalar bilan o`quv muloqotlarini elektron resurslar asosida tashkil etish pedagogik jixatdan muxim vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vazifalar pedagog kadrlarning elektron portfoliosini ishlab chiqishni taqozo etadi.
"Portfolio" tushunchasi XV-XVI asrlarda G`arbiy Evropadan kirib kelgan bo’lib, uyg`onish davrida arxitektorlar o`z buyurtmachilariga ko`rilish loyihalarini tayyor va xomaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan xujjatlar talabgorda ko`rilish loyixasining kasbiy sifatlari haqida taassurot xosil qilgan.Hozirgi vaqtda esa biznes olamida portfolio firmaning yutuklarini ko`rsatish, fotosuratchi va fotomodellar soxasida esa - suratlar albomi sifatida ishlatiladi.
Portfolioni ta’lim soxasida qo`llash g`oyasi, 80-yillarning o`rtalarida AQShda paydo bo’ldi. AQSh va Kanadadan so`ng, portfolio g`oyasi Evropa va Yaponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g`oya Rossiyada keng tarkaldi va Hozirgi kunda bu g`oya O`zbekistonda ham keng yoyilmoqda.
Portfolio (ingl. - portfel, zarur ishlar va xujjatlar uchun papka. frans. bayon qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. ital. - xujjatlar solingan papka) - bu xujjatlar, ish na`munalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to`plamidan iborat.
Pedagogning portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega:
pedagogning ma’lum bir vaqt oralig`ida erishgan kasbiy yutuklari va faoliyat natijalarini qayd etish usuli;
faoliyati davomida kasbiy soxadagi erishilgan yutuklarini namoyish etuvchi majmua;
pedagogning dars berayotgan fani bo`yicha o`quv materiallarini talabalarga yetkazib beruvchi vosita;
pedagog va talabalar o`rtasidagi o`quv muloqotini ta’minlashga xizmat qiluvchi tizim;
talabalar bilan teskari aloqani o`rnatishga xizmat qiluvchi hamda bilimlarni o`zlashtirish jarayonini monitoring qilish tizimi.
Pedagogning portfoliosi ta’lim muassasalari raxbariyati uchun o’qituvchilarning ish faoliyati unumdorligini monitoringini olib borish va yana ham muxim tomoni o’qituvchilarni o`z-o`zini ko’zatish va o’z ustida ishlashi uchun muxim vosita hisobanadi. Turli manbalardagi ma’lumotlarga ko`ra pedagog portfoliosi - bu o’qituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bundan tashqari portfolioda o’qituvchining individual yutuqlari, turli loyihalarda qatnashganliklari, talabalarining fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalarda g`olib bo’lganliklari qayd etib boriladi. Shu bilan birga pedagog portfoliosi pedagogik-psixologik diagnostika natijalari, talabalar uchun fanlar bo`yicha nazorat qilish topshiriq va testlarini qamrab oladi.
Portfolio joriy etilishi bilan pedagogik faoliyatni baholashning va o'z-o`ziga baxo berishning ko`p funkstiyali vositasi shakllanadi. Bunda portfolio qator pedagogik masalalarni yechishda yordam beradi:
ta’lim berishda yuqori motivastiyani rivojlantirish;
talabalarning mustaqil ta’limi va o’z ustida ishlashga intilishni oshirish;
o’zluksiz rivojlanishni rag’batlantiruvchi omilni joriy etish;
bilimlarning samarali o’zlashtirilishiga intilish;
pedagogic faoliyat natijalarini tashhis qilish.
B undan tashqari portfolio o’qituvchiga o`z yutuqlarini yanada kengroq va xilma-xil taqdim etish imkonini beradi.
http://www.uchportal.ru
«The Teaching Portfolio» kitobi muallifi Piter Zeldin fikriga ko`ra o’qituvchi portfoliosi, kasb maxoratini shakllantirishdagi navbatdagi bosqich hisoblanadi. Portfolio - o’qituvchining kasbiy faoliyatida turli pedagogik masalalarni hal eta olish malakalarini ko`rsatuvchi, shuningdek o’qituvchining professionallik darajasini baholashga qaratilgan materiallarni qamrab oladi.
Portfolio quyidagi ko`rinishlarda bo’lishi mumkin:
portfolio sayti (sayt ko`rinishidagi portfolio);
veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa);
elektron taqdimot;
natijalar papkasi.
Elektron portfolio ko`rgazmaliligi, qulayligi, resurslarining aniq to`zilishiga egaligi bilan bir qatorda yana bir qancha o`ziga xos xususiyatlar va afzalliklarga ega:
zamonaviyligi;
tezkorligi (kerakli o`zgarishni tezda kiritish imkoniyati);
funksionalligi (katta sondagi ekspertlarga, hamkasb- mutaxassislarga, qiziquvchilarga o`z tajribasini namoyish etish imkoniyati) hamda o`z muvaffaqiyatlarini qayd etib borish, bir vaqtning o`zida doimiy ravishda to`ldirib borish mumkin bo’lgan raqamli ta’lim resurslarining tizimlashtirilgan mediatekasini yaratish imkoniyatining mavjudligi;
effektivligi (o’qituvchini o`z-o`zini baholashi, boshqaruvchi hamda talabalarga ijobiy ta’sir ko`rsatish);
Portfolioning taqdimot shakli ma’lumotlarni ko`rgazmali tarzda namoyish etishni amalga oshirsa, sayt-portfolio shakli esa ko`prok ma’lumot olish va izlash imkoniyatini beradi. Internet izimining o`quv jarayoniga keng joriy etish bo`yicha yaratilgan imkoniyatlar portfolioning sayt-portfolio shaklida yaratish va uning resurslarini doimiy yangilanib borishini markazlashgan holda tizimli yo`lga qo`yish orqali samara berishi mumkin. Shuning uchun portfolioni tarmoqda saytportfolio sifatida joylashtirilishi maqsadga muvofik.
Portfolioning muxim jixati - pedagogning kasbiy kompetentligini baholash uchun amaliy faoliyatdagi natijalarini (bajargan loyihalari, talabalarining olimpiada va tanlovlarda qatnashganligi, olib borgan ilmiy izlanishlari kabilarni) namoyish etishdan iborat. Portfolio o’qituvchiga o’z ishlari natijalarini taxlil etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, o’z imkoniyatlarini ob’ektiv baholash va qiyinchiliklarni bartaraf etishni rejalashtirish hamda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi.
Portfolio resurslarini shakllantirishda quyidagi jixatlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq:
tizimlilik;
taqdimotlilik;
yutuqlarni haqqoniy, to`g`ri baholash;
taqdim etilayotgan axborotlarning to`liqligi, aniqligi va ishonchliligi;
ma’lumotlarning ob’ektivligi.
Shunday qilib, portfolio pedagogik faoliyatning turli xil ko`rinishlarida (o`quv, tarbiyaviy, ijodiy, metodik, tadqiqot) o’qituvchi tomonidan erishilgan yutuqlarini yo’zaga chiqarish imkonini beradi.
Bir qancha mualliflar o`z maqolalarida elektron portfolioni bir nechta variantlarini taklif etishgan:
yutuqlar portfoliosi - ushbu portfolioda ahamiyat faoliyatdagi yutuqlarni tasdiqlovchi xujjatlarga qaratiladi;
taqdimot portfoliosi - o’qituvchining eng yaxshi ishlari to`plami, ushbu portfolio yangi ishga kirayotganda, suxbatdan o`tish uchun yoki turli tanlovlarda qatnashish uchun kerak bo’ladi;
hisobot ko`rinishidagi portfolio - biror-bir loyixa ishini tugatayotgan vaqtda bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot beradi;
majmuaviy portfolio - yuqorida ko`rsatilgan portfolio ko`rinishlarini qamrab oladi va o’qituvchi portfoliosini namoyish etishga xizmat qiladi.
PEDAGOGNING ELEKTRON PORTFOLIOSI TIZIMI
P edagogning elektron portfoliosi uning kasbiy ko`rsatkichlari bilan bir qatorda, pedagogik faoliyatni tashkil etish bilan bog`lik resurslar, talabalarning fan bo`yicha ma’lumotlarni olishlari, nazorat topshiriqlari hamda talabalar bilimini o`zlashtirish monitoringi natijalarini qayd etish imkoniyatini beruvchi tizim sifatida shakllantirildi.
Rasm 1. Elektron portfolioning bosh saxifasi ko`rinishi
Mazkur jarayonda pedagoglarning elektron portfolio yaratishdagi faoliyatini quyidagicha tashkil etish maqsadga muvofiq: birinchidan, pedagoglar portfoliosi dasturiy platformasi yaratiladi va uning imkoniyatlari bilan barcha pedagoglar tanishtiriladi; ikkinchidan, pedagoglar o`zlariga tegishli kasbiy ma’lumotlar va ta’lim resurslarni shakllantirib dasturiy platformaga joylashtirishlari tashkillashtiriladi;
uchinchidan, elektron portfolioning axborot xavfsizligini ta’minlagan holda uning doimiy, o’zluksiz faoliyatini yo`lga qo`yish, resurslarini muntazam yangilanib borishini ta’minlash, foydalanuvchilar uchun maxsus kirishlarni tashkillashtirish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi xo’zuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog va raxbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi portali tarkibida "Pedagog portfoliosi" dasturiy platformasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi (http://portfolio.bimm.o’z/) (1-rasm).
Mazkur platformaning vazifasi oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining yagona markazlashgan portfoliosini joriy etish, ular uchun kasbiy faoliyat natijalari va tegishli fanlari bo`yicha ta’lim resurslarini yaratish imkoniyatini yaratish va pedagogik faoliyatning kompleks monitoringini tashkil etishdan iborat. Portfolio uch qismdan tashkil topgan:
Birinchi kismda pedagogning malaka oshirish jarayonlari bilan bog`liq ma’lumotlar joy olgan. Bu ma’lumotlar pedagog tomonidan kiritilmaydi. Oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarida tinglovchi sifatida ro`yxatdan o`tgan pedagoglarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonida ma’lumotlar tizimga avtomatik tarzda yig`ilib boriladi. Bu ma’lumotlarga tinglovchi anketasi, uning kunlik davomati, kirish va chiqish testi natijalari, malakani ximoya qilish ishi mavzusi va bali, qoldirilgan dars soatlari, olingan diplom, sertifikat yoki ma’lumotnoma nomeri va xokazolar kiradi (2-rasm).
Rasm 2. Pedagogning malaka oshirganligi tugrisidagi ma’lumotlar
Portfolioning ikkinchi qism pedagogning kasbiy faoliyatini yoritishga qaratilgan bo’lib, bu qismdagi ma’lumotlar berilgan login va parol asosida uning shaxsiy kabinetida tegishli bo’limlarga shaxsan pedagog tomonidan davriy to`ldirilib boriladi (3-rasm).
R asm 3. Kasbiy faoliyat natijalarini kiritib borish sahifasi
Bu ma’lumotlar asosiy va qo`shimcha ma’lumotlarga bo’lingan. Asosiy ma’lumotlar pedagogning kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:
O`QUV VA O`QUV - METODIK FAOLIYATI:
o`quv jarayonining me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqishdagi ishtiroki; dars beradigan fanlari ro`yxati; fanlarning namunaviy dasturlarini yaratishdagi ishtiroki;
o`quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdagi faoliyati;
nashr etilgan darslik va o`quv qo`llanmalarining mavjudligi.
ILMIY - TADQIQOT FAOLIYATI:
ilmiy daraja va unvonining mavjudligi; monografiya va ilmiy maqolalar chop etilganligi;
Respublika va halqaro miqyosidagi ilmiy konferenstiyalardagi tezislari mavjudligi;
Mablag` bilan ta’minlangan ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ishtiroki;
patentlar, ixtirolar va rastionalizatorlik takliflarining mavjudligi;
Tashkiliy - metodik faoliyati:
umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo`yicha Respublika va Halkaro olimpiadasi, sport musobaqasi va badiiy ko`rgazmalarda g`olib va sovrindor bo’lgan talabalarinig mavjudligi; ochiq ma’ro’zalar tashkil etilganligi.
Qo`shimcha ma’lumotlar portfoliodagi saxifaning personallashtirilishi bilan bog`lik bo’lib, quyidagilardan tashkil topgan:
portfolio saxifasidagi parolni o`zgartirish;
portfolio saxifasidagi rasmni o`zgartirish;
portfolio saxifasidagi anketa ma’lumotlarini o`zgartirish;
Portfolioning uchinchi qismida pedagoglar o`zlarining fanlari bo`yicha sillabus va boshqa o`quv materiallarini kiritib boradilar (4-rasm).
Rasm 4. Pedagogning ta’lim resurslari sahifasi ko`rinishi
Bu materiallardan faqatgina ruxsat etilgan talabalargina foydalana oladilar. Buning uchun talabalar ham albatta tizimga ro`yxatdan o`tgan bo’lishlari talab etiladi. Shuningdek, talaba va pedagog o`rtasida virtual muloqotni yaratish maqsadida "chat" (yozishmalar) tizimi ham joriy qilingan (5-rasm).
Rasm 5. "Chat (yozishmalar)'' oynasi ko`rinishi
ELEKTRON PORTFOLIO BILAN ISHLASH VA UNI SHAKLLANTIRISH
Professor-o’qituvchilar o`zlarining elektron portfoliolariga (ularga berilgan maxsus login) kirganida quyidagi ishlarni amalga oshiradilar:
|
| |