• Ta’limda portal texnologiyalari.
  • O`zbekitson Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalining umumiyko`rinishi




    Download 11,86 Mb.
    bet59/166
    Sana29.05.2024
    Hajmi11,86 Mb.
    #256483
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166
    O`zbekitson Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalining umumiyko`rinishi





    O`ZBEKITSON RESPUBLIKASI OCHIQ, MA’LUMOTLAR PORTALINING AYRIMBO’LIMLARINING KO`RINISHI
    O`zbekitson Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalining ta’lim bo’limi. Ushbu bo’limda O`zbekitson Respublikasida ta’lim sohasidagi ma’lumotlar taqdim etilgan.
    Ta’limda portal texnologiyalari.Ta’lim tizimini isloh, qilishning muhimyo`nalishlaridan biri axborotkommunikatsiya texnologiyalari bilan o’quv jarayonini tizimli integratsiyalash hisoblanadi. Bunda o’quv jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan yangilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitida o’qituvchining pedagogik faoliyati va talabaning ta’lim olish jarayonini tashkil etish tsrategik masala sifatida namoyon bo’ladi.
    Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarningkeskin ko`payib borayotganligi va ulardan o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ta’lim mazmunini takomillashtirishning yo`nalishlaridan biri ta’lim oluvchilar uchun mutsaqil ta’lim olish imkoniyatlari, ta’limning axborot manbalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya jarayonlarining asosini yuqori sifatli va yuqori texnologiyali muhittashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jixatdan murakkab sanalsada, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’limda axborot texnologiyalarini tub ma’noda joriy etishga xizmat qiladi.
    Zamonaviy axborot texnologiyalari talabalar uchun ma’lumotlarni yetkazish, saqlash, qidirish kabi jarayonlarda katta imkoniyatga ega. Xozirda ta’lim muassasalarida elektron shaklda ko`plab axborot-ta’lim resurslari yaratilgan.
    Ta’lim-tarbiya jarayonlarini axborotlashtirishni rivojlantirish yo`nalishi turli ta’lim axborot resurslarining birlashtirilishi orqali axborot-ta’lim muhitlarini yaratish bilan bevosita bog`lik. Bunday muhitni tashkil etishda, avvalom bor, ta’lim muassasalarida axborotlashtirishni tashkil etish, ya’ni barcha o’quv, ma’muriy va xo`jalik xizmatlarni, kutubxona va boshqaruv (rektorat, dekanat, o’quvbo’limi va boshq.) bo’limlarini yagona tarmoqqa birlashtirish, ularni INTERNET tizimiga chiqish imkoniyatlarini yaratish, ta’lim muassasida o’quv jarayonini nazorat qilish, hujjatlar elektron almanishuvini tashkil etish, axborot texnologiyalari negizida maxsus o’quv- metodik majmualarni yaratish orqali talabalarning mutsaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshirish zarur bo’ladi. Xozirda bunday vazifalarni bajarishda portal texnologiyalarini yaratish orqali axborot-ta’lim resurslaridan foydalanishni tashkil etish mumkin.
    Ta’lim muassasining yagona axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishning muhimyo`nalishi sifatida o’quv jarayonida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Axborotlarni tizimlashtirish axborot-ta’lim resurslaridan foydalanishni yengillashtiradi. Axborot- ta’lim portallarining yaratilishi axborotlarni mantiqiy tartiblash va tizimlashtirishga yordam beradi.
    Axborot-ta’lim portallarini yaratish va uni rivojlantirishda tizimli yondashuv zarur hisoblanadi. Chunki portal texnologiyalari asosida ta’lim muhitini yaratishda tahliliy tayyorgarlikning yaxshi darajada bo’lishi, mazmunning maqsadga muvofiqligi, axborotlarning tizimlashtirilishini ta’minlash muhim sanaladi.
    Portal - bu foydalanuvchiga axborotlarni oddiy navigatsiya va keng ko`lamli qulay interfeys orqali yetkazish uchun turli axborot resurslarini birlashtiruvchi tarmoq telekommunikatsiya tuguni hisoblanadi. Bundan kelib chiqib portallarga quyidagi talablarni qo`yish mumkin:

    • ko`p sonli foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatishi;

    • axborotlarko`laminingkengligi;

    • asosiy tarmoq formatlarni qo`llashi;

    • oson va samarali qidirish tizimini joriy etishi;

    • axborotresurslariningintegratsiyasi;

    • axborotxavfsizliginita’minlashi;

    • axborotlarnitabaqalashtirishi;

    • bilimlarniboshqarish-tahliletishi.

    Portallarning ko`rsatkichi unda mujassamlashgan axborotlarning ko`lami, ya’ni axborot resurslari hajmi bilan aniqlanadi.
    Harqanday portalning maqsadi - foydalanuvchiga unga zarur axborotlarni qisqavaqtda va turli interfeyslar orasidagi o`tishlarni ortiqcha hatti-harakatlarsiz taqdim etishdan iborat bo’ladi.
    Portalning foydalanuvchi interfeysi unda joylashtirilgan resurslarning tarkibini ko`rgazmali namoyish etishi, bir bo’limdan boshqasahifalarga mantiqiy va tezkor o`tishni ta’minlashi lozim.
    Taqdim etilayotgan axborot-ta’lim resurslari mutsaqil ta’lim uchun topshiriqarni, o`zlashtirilgan bilimlarni tekshirish uchun tets sinovlarini, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni, bilimlarni mutsahkamlashga qaratilgan mashqlarni o`zida mujassamlashtirgan bo’ladi.
    Portal uchun multimedia materiallarini tanlashda ularning axborotmazmuni, to`zilma tarkibi, uzviyligi va axborotlarni taqdim etish shakllariga e’tibor qaratish kerak. Multimedia materiallari axborotlarni oson o`zlashtirish uchun xizmat qilishi: ularning mazmunini ochib berishi, ya’ni axborotlarning mutsaqil manbai sifatida foydalanish imkonini berishi lozim.
    Texnologik jihatdan axborot-ta’lim portallariga quyidagi talablar qo`yiladi:

    • ilovalarnibajarish;

    • hamkorlikdagifaoliyatnita’minlash;

    • o`zida mavjud resurslarni boshqarish;

    • foydalanuvchilarniboshqarish;

    • nazoratolibborish;

    • bilimlarniboshqarish;

    • kommunikatsiyanita’minlash;

    • qidiruvnita’minlash;

    • barcha resurslarni ruxsat etilmagan kirishlardan ximoyalashi, ya’ni

    • axborotxavfsizliginita’minlash;

    • tizimgaruxsatberish, ya’niqayddano`tishnitashkiletishizarur.

    Bilim sohalari yoki fanlar bo`yicha axborot-ta’lim portali faqat ta’lim muassasalari bilan chegaralanib qolmaydi. An’anaviy va elektron shakldagi o’quv materiallari yagona ta’lim muhitining tarkibiy qismi sifatida bir- birlarini to`ldirishhi muhimdir. Yangi axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish ayrim pedagogik muammolarni yechishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
    Axborot-ta’lim portallarini fan-ta’lim-ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlovchi, uning rivojlanishini, ilmiy-pedagogik salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil etish sharoitini yaratuvchi sifatida karash mumkin. U ta’lim muassasalarning bitiruvchilariga ehtiyojlari bo’lgan buyurtmachilar uchun ham foydalidir. Portal bitiruvchilar bo`yicha axborot manbai bo’lib xizmat qiladi. Qolaversa, ta’lim xizmatlarini taqdim etuvchilar va uning itse’molchilari bilan yangi shakldagi o`zaroaloqani yo`lga ko`yadi.
    Bunday portalni yaratish, uni rivojlantirish uchun, avvalo, ta’lim muassasalarini kompyuterlashtirishni takomillashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish, axborotlarni tizimlashtirish va ularni portalda joylashtirish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda, pedagogik kadrlarni yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim tizimida foydalanish bo`yicha malakalarini shakllantirish, ularni muntazam tarzda oshirib borishni rivojlantirish muhimdir. Yagona axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishning muhim sharti portalning o’quv-metodik ta’minotini rivojlantirish, elektron o’quv nashrlarni yaratishni takomillashtirish sanaladi.
    Axborotlashtirish jarayonini samarali rivojlanishini ta’minlash uchun axborot infratuzilmasini mukammal shakllantirishga e’tibor qaratmoq zarur bo’ladi.
    Internet resurslaridan ta’lim jarayonida foydalanish
    O’quv jarayonlarida Web-saytlardan foydalanishning ko`pgina yutuqlari mavjud. Shu bois bunday saytlarni yaratish va mazmunan yangilab borish ta’lim muassasasi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan o’quv muassasalari uchun bag`ishlangan saytlarni yaratish har bir ta’lim muassasasi oldida turgan birlamchi vazifalar qatoriga kiradi. Bunday saytlarni yaratish uni o`rganish mobaynida internet tizimi bilan bog`liq omillarni hisobga olish lozim. Bunday omillar sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:

    • Dunyo bo`yicha internet xizmati imkoniyatlarining kengligi;

    • Web-saytlar xizmatidan foydalanishning oddiyligi;

    • Web-texnologiyalarnitarqatishdagiqulaylik;

    • real vaqt masshtabida axborotlarga bo’lgan talablar;

    • muassasa va xususiy shaxslarning o`zlari to`g`risidagi axborotlarni internetga joylashtirishga intilishi;

    • tarmoq ma’lumotlar bazasida global mashtabdagi ixtiyoriy ma’lumotlarni to`plash.

    Bugungi kunda internetga joylashtirilgan Web - saytlarning quyidagi turlari mavjud:


    1. Download 11,86 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166




    Download 11,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekitson Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalining umumiyko`rinishi

    Download 11,86 Mb.