|
YAGONA PORTAL MAQSAD VA VAZIFALARI
|
bet | 58/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
YAGONA PORTAL MAQSAD VA VAZIFALARI:
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko`rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Yagona portalning asosiy vazifalari foydalanuvchilarga davlat organlariga to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish; foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqaloyihalar bilan integratsiyalash hisoblanadi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish bo`yicha video yo`riqnomani quyida ko`rsatilgan xavola orqali tanishib o`rganibchiqish tavsiya etiladi.
https://my.gov.uz/uz/page/videointsruction.html
O`ZBEKITSAN RESPUBLIKASI OCHIQ MA’LUMOTLAR PORTALI
(http://data.gov.uz/)
Hozirgi kunda davlat organlarida foydalanashuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo’lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllangan. Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan axborotlarini ochiq ma’lumotlar sifatida e’lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir. Ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi to`quvayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta’minlanadi.
Davlat organlari faoliyati to`g`risidagi ma’lumotlar va axborotlarni ochiq, ma’lumotlar ko`rinishida e’lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin.
Inernet tarmog`ida keyinchalik ochiq ma’lumotlar uchun "yagona nuqta" vazifasini bajaruvchi O`zbekitson Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali ishga tushirilgan bo’lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlilqilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to`g`risida ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat. Portal O`zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgutsda qabulqilingan 232-son karori asosida faoliyat yuritadi.
|
| |