|
Html sahifa shabloni
|
bet | 60/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
Reklama sayti-ixtiyoriy reklama singari internet informatsion muhitidagi aniqmahsulot va xizmat yoki brendni reklama qilish uchun xizmat qiladi. Katta miqdordagi grafik element va multimedia vositalari (Flash) sahifalarida qo`llanilishi bilan farqlanadi.
Informatsion sayt-mijozlarning virtual uyushmasini tuzish to`g`risidagi qarorni qabulqilishda "informatsion to`siq" ni olib tashlash uchun tashrif buyuruvchilarni mahsulot va xizmat turlari to`g`risidagi ma’lumotlar bilan to`la-to`kis boxabar etish uchun xizmat qiladi. Sahifalartashqiko`rinishining ko`rkamligi (ixchamligi) bilan ajratib turadi, chunki bu Web- saytdagi barcha elementlar kerakligi axborotlarni tez va qulay usulda qidirib topish uchun xizmat qiladi.
Biznes-sayt-kompaniyaning alohidatashqi biznes-jarayonlarni tashkil qilish uchun xizmat qiladi, (masalan, ta’minotchi va dilerlarning ombordagi mahsulotlar; mahsulot yoki xizmatlarga ega bo’lishdagi buyurtmalari, xizmatchi va dilerlarni o’qitish; suxbatlar olib borish jarayonlari to`g`risida). Biznesjarayonlarni tashkil etish uchun datsuriy modullar (internet-ilova) mavjudligi bilan farqlanadi.
Korporativ portal kompaniya ichki va tashqi biznes- jarayonlarining servislarini o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ portal tarkibiga kompaniyaning turli xil bo’limlari o`rtasida axborot almashuvi, buxgalteriya ilovalari, ombor, kadrlar bo’limi, tsatistik va analitik axborotlar, spravochnik, o’quv axborotlari; ta’minotlar, dilerlar, itse’molchilar bilan ishlash uchun avtomatlashtirilgan vositalar va b.q. kiradi. Biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun internet- ilova, kompaniya (buxgalteriyasi, ombor, rejalashtiruvchilar va b.q.) da foydalaniladigan amaliy dasturlarga kirish uchun interfeyslar mavjudligi bilan farqlanadi.
Ta’lim va tarbiyaga bagishlangan saytlar. Bunday saytlar asosan ta’lim muassasasi haqida ma’lumotlar keng ommaga tanishtirish, ta’lim muassasasida faoliyat olib boruvchilar hamda o’quvchilarni ta’lim muassasasi bilan doimiy aloqasini ta’minlab turish maqsadida yaratiladi. Shuningdek ta’lim va tarbiyaga bag`ishlangan bir necha saytlar mazmunan va mantiqan birlashtirilib ta’limiy portalni tashkilqilishi mumkin.
Yuqoridagidan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, o’quv muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar ayniqsa, informatika o’qituvchilari hamda o’quv muassasasi o’quvchilari orasida qiziqishi katta bo’lgan o’quvchilar birgalikda ushbu o’quv muassasasining saytini yaratish, mazmunini yangilab borishda muhim ishtirokchilar hisoblanadilar
O`quv muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ahamiyati
Internet texnologiyalarining imkoniyatlari kengligi va sodda ekanligi internetdan foydalanuvchilarning daqiqa sayin ortib borishiga olib kelmoqda. Bu foydalanuvchilar orasida ko`pchilik qismini albatta, talabalar, o’quvchilar, ilmiy izlanish bilan band bo’lgan xodimlar tashkilqiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida Internet texnologiyalaridan, xususan o’quv muassasalariga bag`ishlangan web - saytlardan foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini sezilarli darajada yuqori bosqichga olib chiqishga yordam beradi.
Yangi axborot texnologiyalar vositalari takomillashib va rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda o’quv muassasasida tahsil olayotgan o’quvchi yoshlarning (umuman harqandaysohada faoliyat ko`rsatuvchilarning) zarur axborotlarni Internet tizimidan mustaqil ravishda topa olishi, ular duch keladigan mavjud mutaxassisligiga oid muammolarni to`la va to`g`rihal qila olishidagi muhim sharoitlardan biriga aylanib bormoqda.
Ta’lim jarayonida Internet saytlaridan foydalanish imkoniyatlarini, uning samaradorligini aniqlashda avval Internet xizmatining turlari va ularning harakterini aniqlab olish nihoyatda muhimdir. Aynan ana shu aniqlangan ma’lumotlar Internet tarmog`ida ishlashning tashkiliy jixatdan shakli va usullarini ajratib olishga yordam beradi. Klassifikatsiyalashga asos qilib internetning ishlash uslubini olish mumkin. Bu holda Internet server xizmatlarini ikkiga: axborotli va kommunikatsion xizmat turlariga ajratish kerak.
Axborotli xizmatga WWW (ma’lumotlar majmuasi) va FTR(datsurlar majmuasi) lar kiritiladi.
Kommunikatsion xizmatni esa ikkiga: bevosita (PC, chat) va bilvosita muloqot (elektron pochta, forum, telekonferensiya) turlariga ajratish mumkin.
Internetdagi barcha "o’quv muassasa uchun yaratilgan sayt" larni o`z navbatida bir necha turga ajratish mumkin:
o`rgatuvchiinternetmanbalari;
maslahatberuvchiinternetmanbalari;
axborotliinternetmanbalari;
baholovchiinternetmanbalari;
Taqdimotliinternetmanbalari;
Quyida ularning har biriga alohidato`xtalib o`tamiz.
|
| |