|
B u dasturdan o`rta-maxsus va oliy o`quv yurtlarida kimyo fanini o’qitishda keng foydalanish mumkin
|
bet | 123/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)B u dasturdan o`rta-maxsus va oliy o`quv yurtlarida kimyo fanini o’qitishda keng foydalanish mumkin.
Dastur orqali ixtiyoriy shakldagi idishlardan foydalanib, turli reaktivlarni o’zaro aralashtirib kimyoviy reakstiyani ko`zatish mumkin. Kimyoviy reakstiya vaqtida reaktivlarning rangi, moddalar ulushini, kimyoviy reakstiya formulalarni maxsus oynada ko`rish imkoniyati dasturning kuchli pedagogik qurol sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.Crocodile ICT dasturi. Crocodile ICT dasturi, Yevropa mamlakatlarida Informatika fanini o’qitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytgandaalgoritmlash bo’limini o’quvchiga yetkazib berish mumkin. Ob’ektga yo`laltirilgan dasturlashni o’qitishda juda qo’l keladigan Crocodile ICT ning oddiy interfeysi va blok sxemalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animastiya ko`rinishda tasvirlash mumkin.
Bundan tashqari, blok sxemalarda biror bir shart bajarilganda odam personajlariga 30 dan ortiq harakat turlarini (qarsak chalish, ungga yoki chapga harakatlanishi, ularning yuzlarida emostional o`zgarishlarni, ma’lum bir so’zlarni gapirishlari va hokazo) bajartirish mumkin. Dasturning bunday imkoniyati o`quvchining (talabaning) darsdan zerikishining, e’tibori pasayishining oldini oladi. Bu esa ma’lum ma’noda ta’lim samaradorligiga o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi.
Yenka Electricity and Magnetism dasturi. Yenka Electricity and Magnetism dasturi simulyator bo’lib, fizikaviy jarayonlarni modellashtirish va fizikaning elektrodinamika va magnetizm bo’limlariga oid tajribalar yaratish va ko`zatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Ulardan tashqari quyida ko`rsatilgan dasturiy paketlar ham mavjud:
Electronics
PCB design
PIC programming
Mechanisms
Light and Sound
Force and Motion
Inorganic & physical chemistry
Bu dasturlardan mashg`ulotlarda interfaol elektron doskadan (Whitboard) va grafik planshet (Wacom) dan foydalanish mumkin. Bu dastur fizikaviy xodisalarni 3D ko`rinishda kuzatish, tajribalar o`tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi.
Yenka Electricity and Magnetism dasturi fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisobash imkoniyatini beradi, fizikaviy xodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o`rtasidagi grafikli bog`lanishni xosil qilish, yaratilgan modellarni saklash va qog`ozga chop etish mumkin.
|
| |