|
ISPRING SUITE DASTURI ORSTALI YARATILGAN ELEKTRON NAZORAT TESTLARI
|
bet | 126/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)ISPRING SUITE DASTURI ORSTALI YARATILGAN ELEKTRON NAZORAT TESTLARI
S hu bilan bir qatorda iSpring Visuals orqali 3D kitoblar, vaqt shkalasi, glossariylar yaratish imkoniyati ham mavjud.
iSpring Visual orqali 3D kitob
iSpring dasturi orqali yaratilgan kurslarni LMSlar bilan integrastiyalash imkoniyati mavjud.
SCORM paketlari. SCORM (angl. Sharable Content Object Reference Model birgalikda foydalanish uchun ob’ekt tarkibidagi namunali model).
Bu o`quv materiallari orqali bilim oluvchining o`rganilayotgan o`quv kontent ustida bajaradigan harakatlarini o’qitishni boshqaruvchi tizim (LMS, bizning misolimizda Moodle) ga hisobot ko`rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo’lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni talaba qancha vaqt davomida o`rganganligini, bu standartda (ya’niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o`quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) ko`pchiligi yaratiladigan o`quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti ko`rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta’lim resurslarini aynan SCORM, TinCan API yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi.
Kengaytirilgan iSpring Suite 7 paketi o`zida quyidagi imkoniyatlarni jamlagan:
PowerPoint muxitida o`quv kurslari va Flash-taqdimotlarni yaratish (iSpring Pro);
interaktiv testlar, so`rovnomalar va anketalarni ishlab chikish (iSpring QuizMaker);
elektron kurslarni illyustrativ imkoniyatlarini oshirish uchun interaktiv elementlarni yaratish (iSpring Kinetics)
3D - kitob yaratish
I nteraktivnosti qismida 4 turdagi interaktiv elementlarni yaratish mumkin: kitob (Kniga), glossariy yoki katalog (Katalog), savol-javob (Vopros- otvet), vaqt shkalasi (Vremennaya shkala). Interaktiv elementlar yordamida ixtiyoriy matnli yoki grafik axborotlarni osonlik bilan tizimlashtirish mumkin. Interaktiv kitob yaratish uchun Interaktivnosti bo’limida Kniga tanlaniladi
|
| |