|
Html sahifa shabloni
|
bet | 125/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)Laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish jarayonida mavjud modellar yordamida xodisalarni harakterlovchi kattaliklarning ham sifatiy, ham mikdoriy bog`lanishlarini ko`ra bilish;
Dastur yordamida murakkablikdagi topshiriqlar ustida ish olib borish, mustaqil shug`ullanish
Shuni ta’kidlash joizki, xozirda Crocodile kompaniyasi 2008 yil dekabr oyidan dasturiy ta’minotlarini Yenka nomiga o`zgartirgan. Xozirda bu dasturlar Yenka nomi bilan chiqmoqda.
Xo`sh bu dasturlarni kaerdan qanday qilib olish mumkin, dersiz? Bu dasturlarni olish juda oson!
Buning uchun siz quyidagi ko`rsatmalarni bajaring.
Internet brauzerga http://www.yenka.com saytini tering.
http://www.yenka.com sayti orqali Ro`yxatdan o`ting
Ro`yxatdan o`tganingizdan keyin o`quv muassasalari uchun uy sharoitida foydalanish bepul hisobanadi. Bunda siz uchun maxsus kod beriladi.
Saytning Downloads bandidan (http://yenka.com/file/YK/3.0.1/Yenka 3 0 1 Setup.exe) 61 M xajmdagi dasturni kompyuteringizga ko`chirib oling.
Ro`yxatdan o`tganingizdan keyin berilgan kodni terib, dasturni ishga tushiring.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan dasturlardan foydalangan holda O`qish jarayonini tashkillashtirilsa, o`quvchilarning (talabalarning) fanga qiziqish bilan yondoshadilar hamda ta’lim sifatining rivojlanishiga olib keladi.
8-BOB. ANIMATSION VA SIMULYATOR DASTURIY TA’MINOTLAR YORDAMIDA ELEKTRON O’QUV MATERIALLARI TAYYORLASH.
§8.1.Kompyuter animatsiya asoslari. Animatsion dasturlar.
§8.2.Simulyatorlar va ularni tibbiy pedagogikada qo’llanishi.
§ 8.3 Virtual borliq tushunchasi.
8-BOB. ANIMATSION VA SIMULYATOR DASTURIY TA’MINOTLAR YORDAMIDA ELEKTRON O’QUV MATERIALLARI TAYYORLASH.
§.8.1. KOMPYUTER ANIMATSIYA ASOSLARI. ANIMATSION DASTURLAR. ISPRING DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI
Multimediali elektron o`quv kurslarni yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik dasturiy vositalar ichida yuqori reytingga ega bo’lgan iSpring dasturi haqida to`xtalib o`tamiz.
iSpring Free dasturi .PPT, .PPTX, .PPS, .PPSX formatdagi fayllarni Flash (.SWF) va HTML5 formatiga konvertastiyalash imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisobanadi.
Dastur orqali foydalanuvchilar Flash-roliklar va YouTube-video resurslarni PowerPoint taqdimot slaydlariga joylashtirishlari mumkin. Xususan:
Yaratiladigan elektron o`quv kontentlarni SCORM va TinCan tizimlarga o`tkazish imkoniyatini beradi, bu esa ixtiyoriy LMS (Learning menegment system) bilan integrastiyalashtirish mumkin degani.
PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining xajmini 97% gacha siqish imkoniyati mavjud
PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining ximoyalanishini ta’minlaydi
iSpring Free dasturi mutloq tekin hisobanadi.
i Spring Free dasturidan tashkari imkoniyati ko`prok bo’lgan iSpring Suite dasturi ham mavjud bo’lib, bu dastur orqali yuqori darajada sifatli elekton o`quv kontentni yaratish mumkin. iSpring Suite asbob uskunalari orqali (QuizMaker, iSpring Visuals, iSpring DialogTrainer) elektron darsliklar, videoma’ro’zalar, QuizMaker orqali elektron nazorat testlari, so`rovnomalar, iSpring DialogTrainer -tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni va onlayn-perezentastiyalarni yaratish mumkin
ISPRING SUITE DASTURI ORSTALI YARATILGAN VIDEOMA’RUZA
Y aratilayotgan elektron kursga audio va video fayllarni qo`shish, audio va videolarni yozish, taqdimot slaydlari bilan sinxronizastiyalash, elektron kursning har xil pleerlarini tanlash, taxrirlash, SCORM va TinCan standartlarida chop etish, .mp4 videoformatida eksport qilish imkoniyatlarini beradi.
|
| |