|
Html sahifa shabloni
|
bet | 128/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)BASTOLASH TESTI
Talabani bilimini tekshirishning eng sodda va sifatli usuli - bu baholash testi hisobanadi. iSpring dasturining тесты qismida новыйтест tanlaniladi.
iSpring dasturi yordamida quyidagi turdagi test savollarni yaratish mumkin:
верно/неверно. Tasdiqni to`g`riligini baholash.
Одиночнийвыбор. Eng to`g`ri javob variantini tanlash (Bir tanlovli test).
Множественныйвыбор. Bir nechta javob variantini tanlash (Ko`p tanlovli test).
Вводстроки. Maxsus maydonga savol javobini kiritish (Satrni kiriting).
Соответствие. Mos elementlarni kiyoslash (Kiyoslash).
Порядок. Berilgan variantlarni to`g`ri ketma-ketlikda joylashtirish (Tartiblash).
Вводчисла. To`g`ri javob variantini sonli formada kiritish (Sonni kiriting).
Пропуски. Matn tarkibida bush qolgan urinlarni mos javoblar bilan to`ldiring.
Вложенныеответы. Ochiluvchi ro`yxatdan to`quvri javob variantini tanlang.
Банкслов. Bush qolgan urinlarni «banka slov» tarkibidagi variantlar yordamida to`ldiring.
Активнаяобласть. Tasvirdagi to`quvri maydonni ko`rsating.
§8.2.SIMULYATORLAR VA ULARNI TIBBIY PEDAGOGIKADA QO’LLANISHI. VIRTUAL BORLIQ TUSHUNCHASI.
Elektron ta’lim muxitida laboratoriya ishlarini tashkillashtirishning o`ziga xos muammolari mavjud
Aynan bu muammoni virtual laboratoriya ishlaridan foydalangan holda tashkillashtirish mumkin. Bu o`quv modulimizda aynan yuqorida keltirilgan muammoni hal qilishga harakat qilamiz.
Bu modulda keltirilgan pedagogik dasturiy vositalar Toshkent axborot texnologiyalari universitetining fizika kafedrasida 2005 yildan buyon keng qo`llanilib kelinmoqda va o`quv jarayonida talabalarning fanni o`zlashtirishini ijobiy natijalarga olib keldi.
Pedagogik dasturiy vositalardan (biror bir jarayonni vizulallashtirish imkoniyati beruvchi pedagogik dasturiy vosita- simulyator) foydalanish jarayonida talabalar ma’ro’za vaqtida o`rgangan nazariiy bilimlarini virtual bo’lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustaxkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda xayotiy tadqiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qo`shadilar. Bundan tashqari o`sha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy xayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o’z xissalarini qo`shishlari mumkin. Bu o’z o’rnida talabalarni faqatgina "tinglovchi" vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi va talabalarda tadqiqotlarga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi.
Hozirgi kunda fan-texnikaning katta sur’atlarda rivojlanishi real- xayotiy tadqiqot uskunalarini ushbu rivojlanish bilan bir qatorda ketishida qiyinchilik tug`diradi. Xususan, simulyatorlarda esa bunday to`siqlar mavjud emas va hatto ushbu "virtual tadqiqotxonalar" fan-texnika rivojlanish tezligiga qo`shimcha tezlik qo`shadi.
Albatta har soxada bo’lgani kabi simulyatorlardan foydalanishga nisbatan ham qarshi fikrlar mavjud. Ulardan eng birinchisi simulyatorlarning haqikiy ob’ekt va jarayonlarni to`la-to`kis ifoda eta olmasliklaridir. Bu simulyatorlar yordamida olingan natijalar bilan xayotiy tajribalardan xosil bo’lgan natijalar o`rtasida tafovutlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ba’zi simulyatorlar esa o`yin shaklida yasalgan, masalan, uchuvchilik simulyatorlari. Ular foydalanuvchilarda doimiy ishqibozlik kelib chikishiga olib keladi va natijada tadqiqotdan ko`ra ko`prok o`yin tarafi ustun keladi. Shunga qaramasdan simulyatorlardan foydalanishning salbiy tomonlari ijobiy tomonlariga nisbatan ancha kuchsiz hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Shuning uchun ular simulyatorlardan foydalanishning qandaydir ma’noda cheklanishiga asosiy sabab bo’la olmaydi.
|
| |