|
Mavzu: Magnit separatorlarining texnik xarakteristikasi
|
bet | 205/241 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #145433 |
Bog'liq UMK FQB amaliyotMavzu: Magnit separatorlarining texnik xarakteristikasi
Reja:
1.Magnit separatorlarining texnik xarakteristikasi
2.Magnit separatorlarining afzalliklari
3.Magnit separatorlarining kamchiliklari
Kuchli magnit seperatorlar. Barabanning diametri 600–900 mm, uzunligi 1000–2000 mm, magnit maydonining kuchlanganligi baraban yuzasida 1400–1500 e. Baraban yuzasining aylanma tezligi 1–3 m/sek. Separatorning ishlab chiqarish unumdorligi o‘lchami –40+0 mm li mahsulotda barabanning har bir metr uzunligi uchun 60–100 t/soat.
Bu separatorlarda barabanning aylanish tezligi 300 ay/min. Qutblar soni 25
bo‘lsa, barabanda qutblar almashishi 300x25=7500, ya’ni maydonning chastotasi 125 gts ga teng bo‘ladi.
. Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar
Kuchsiz magnitli rudalarni boyitish uchun magnit maydonining
kuchlanganligi yuqori bo‘lgan separatorlar ishlatiladi.
o‘lchami 3(6) mm yiriklikdagi kuchsiz magnitli rudalarni quruq
va ho‘l usulda boyituvchi valokli separator keltirilgan. Magnit sistemasi o‘zaklar
va ulardagi g‘altak o‘ramlari, qutb uchliklari va valoklardan iborat. Valoklarning
turtib chiqqan joylari bo‘lib, ularning qarshisidagi qutb uchliklarida maydonning
bir jinsligini kuchaytiruvchi o‘yiqlarga ega. Sepiluvchi quruq mahsulot yoki
bo‘tana yuklovchi voronka orqali valok ostidagi uchliklarga beriladi. Nomagnit
zarrachalar uchliklardagi teshiklar orqali qutining chiqindilar bo‘limiga, magnitli
minerallar esa valoklar yordamida magnit kuchlari ta’siri zonasidan chiqib ketib
qutining magnitli mahsulotlar bo‘limiga tushadi.
40–rasm. Kuchsiz magnitli rudalarni quruq va ho‘l usulda
boyituvchi separatorning sxemasi
1–ta’minlagich; 2–o‘ramlar g‘altagi; 3–o‘zak; 4–qutb uchliklari, 5–valoklar,
6–magnitli mahsulotni qabul qiluvchi idish; 7–nomagnit mahsulotni qabul qiluvchi
idish;
Separatorning xarakteristikasi: valokning o‘lchamlari: DxL=270x1000 mm,
valokning aylanish tezligi 50-90 ay/min, magnit maydonining kuchlanganligi
10000–12000e, ishlab chiqarish unumdorligi <3 mm li mahsulotda 4 t/soat gacha.
Bunday separatorlar marganetsli rudalarni ho‘l usulda boyitish uchun
kamyob metalli rudalardan ajratib olingan boyitmalarni qayta tozalash uchun
qo‘llaniladi.
Nazorat uchun savollar
1. Magnit usulida boyitishning mohiyati nimada?
2. Magnitning qanday xossalari bor?
3. Magnit usulida qanday minerallar boyitiladi?
4. Kuchli magnit seperatorlarining tuzilishi va ishlash tartibi haqida nimalarni
bilasiz?
5. Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar qanday tuzilishga va
ishlash tartibiga ega?
7. Magnit usulida boyitishga qanday omillar ta’sir qiladi?
8. Magnit usulida boyitishning qanday avfzalliklari
3>
|
| |