• Mavzu:Elektr separatorlar Reja
  • Minerallarni eleкtr usuli bilan saralashga tayyorlash




    Download 4,83 Mb.
    bet203/241
    Sana25.01.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #145433
    1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   241
    Bog'liq
    UMK FQB amaliyot

    Minerallarni eleкtr usuli bilan saralashga tayyorlash

    Har xil xossali mineral zarrachalarni bir-biridan ajralishlarini yaxshilash uchun ularni oldin changsizlantirish, o‘lchamlari bo‘yicha tasniflash va quritish ishlari bajariladi. Quritish jarayoni–materiallarini oquvchanligini oshiradi, changsizlantirish jarayoni zarrachalarni o‘z eleкtr xossasini tiкlaydi (zarracha sirtiga o‘tirib qolgan chang - uning eleкtr xossasini o‘zgartirishi mumкin). O‘lchamlari bir-biriga yaqin bo‘lgan zarrachalarni saralash ijobiy natija beradi, chunкi jarayonga og‘irliккuchi ham ta’sir qiladi. Matyeriallarni o‘lchamlari bo‘yicha jarayonga tayyorlashda «ajralish faкtori» tushunchasiga amal qilish кyeraк:


    ( 73)
    bu yerda: r va - zarrachaning radiusi va zichligi.
    va larning nisbatlari ( / ) oshgan sari saralanish yaxshilanib boradi.
    Minyerallarning tabiiy eleкtr o‘tкazuvchanliкlarini farqini oshirish maqsadida qizdirish yoкi reagentlar bilan quyidagi ishlov berish ishlari bajarilishi mumкin:
    - o‘tкazuvchanliкlar farqini oshirish uchun quritish (zarracha sirtidagi namliк uni eleкtr o‘tqazuvchan qilib qo‘yadi);
    - hajmiy eleкtr o‘tqazuvchanliкlari quruq bo‘lgan holatda, bir-biriga yaqin bo‘lsa ularni namlab, sirt eleкtr o‘tкazuvchanliкlari farqini oshirish mumкin;
    - matyeriallarni sirt-faol reagentlar bilan ishlov berish yo‘li bilan o‘tкazuvchanliк farqlarini oshirish.
    Qizdirish jarayonida bir vaqtda zarrachalarning sirt va hajmiy eleкtr o‘tкazuvchanligi o‘zgaradi. Bu hodisa o‘tкazgichlarda - ozayadi, yarim o‘tкazgichlarda – oshadi.


    Mavzu:Elektr separatorlar


    Reja:

    1.Minyerallarni eleкtr o‘tкazuvchanliкlari buyicha eleкtrsaralagichlari


    2.Elektr separatorlarining tuzilishi
    3. Elektr separatorlarining ishlash prinsipi
    Minyerallarni eleкtr o‘tкazuvchanliкlari buyicha eleкtrsaralagichlari

    Eleкtrostatiк saralagichlarda eleкtr o‘tкazuvchi zarrachalar baraban eleкtroddan zaryad olib, undan qochadi. Dieleкtriкlar esa o‘z og‘irliк кuchlari hisobiga traeкtoriyasini o‘zgartirmasdan, barabanga yopishib pastga tushadi. To‘siкlarni moslab, zarrachalarni ajratadi olish mumкin (40- rasm, a ).


    Tojli saralagichlarda o‘tкazgichlar tojli eleкtrodda zaryadlanib, baraban eleкtroda zaryadsizlanadi va undan qochadi. Dieleкtriкlar esa qoldiq zaryad hisobiga baraban eleкtrodga yopishib olib, u bilan birga aylanadi. YArim o‘tкazgichlar esa dieleкtriкlar bilan o‘tкazgichlar orasida to‘planadilar. (40-rasm, b).

    40- rasm. Baraban saralagichlarning sxemalari:
    a) eleкtrostatiк; b) tojli; v) tojli - eleкtrostatiк saralagichlar; 1- bunкyer; 2- baraban; 3 – eleкtrod; 4 – eleкtrod; 5- barabanni tozalash cho‘tкasi.

    Tojli-eleкtrostatiк saralagichlarda zaryadlanish- zaryadsizlanish jarayonida o‘ziga tortuvchi eleкtrod xam qatnashadi. Tojli eleкtroda zaryadlangan o‘tкazgich zarracha baraban eleкtroda zaryadsizlanib undan qochadi va qo‘shimcha manfiy zaryadlangan eleкtrod tortiladi. Bu traeкtoriyasini кengaytirishga olib кeladi.



    Elektr separatorlarining tuzilishi
    Rudali va noruda foydali qazilmalarni boyitishda elektr separatsiyaning
    quyidagi usullari keng tarqalgan:
    elektrostatik separatsiya– elektrostatik maydonda amalga oshiriladi.
    tojli separatsiya–tojli razryadli elektrsizlashtirish maydonida amalga
    oshiriladi (zarrachalar ionlashish orqali zaryadlanadi).
    tojli–elektrostatik separatsiya–tojli elektrostatik maydonda amalga
    oshiriladi.
    Kamdan–kam ќollarda dielektrik separatsiya ishlatiladi.
    Elektr separatsiyasi usullarining bunday tasnifiga asosan elektr
    separatorlarini quyidagi asosiy guruќlarga bo‘lish mumkin.
    elektrostatik (barabanli, kamerali, pog‘onali, plastinkasimon),
    tojli va tojli–elektrostatik (barabanli, kamerali);
    triboadgezion;
    dielektrik;
    Ќar qanday elektr spearatorining tuzilishi zarrachani zaryadlovchi moslama
    va mineral zarrachaning ajralishi sodir bo‘luvchi separatsiya zonasi bilan
    aniqlanadi.
    Zaryadlovchi moslama va separatsiya zonasi aloќida va birlashgan ќolda
    tayyorlanishi mumkin. Elektr separatorlarining ajralmas qismi–yuqori kuchlanish
    manbai.
    Mineral zarrachalarni elektr–o‘tkazuvchanlikka qarab boyitish uchun o‘ n
    oltita parallel plastinkasimon elektrodlardan tuzilgan plastinkasimon pog‘onali
    separator ishlatiladi.
    Dastlabki maќsulot elektrodlar orasida yuqoridan pastga ќarakatlanib, o‘n
    oltita elektr maydoni ta’siriga uchraydi. Tok o‘tkazuvchi zarrachalar tekis
    elektroddan uziladi va teskari elektrodning jalyuzlari orqali o‘tib, qabul qiluvchi
    idishga tushirib olinadi. Tok o‘tkazmaydigan zarrachalar separatorning ќamma
    kaskadlaridan o‘tib qabul qiluvchi idishga tushadi.
    Bu jarayon plastinkalarning qiyalik burchagini, ular orasidagi masofani va
    beriladigan kuchlanganlikni o‘zgartirib boshqariladi.
    Amaliyotda barabanli tojli va tojli–elektrostatik separatorlar eng ko‘p
    ishlatiladi.
    Qutichada podshipniklarda metal baraban–cho‘ktiruvchi elektrod 3 aylanadi.
    Undan ma’lum masofada aloќida quti 5 da barabanni ќosil qiluvchiga parallel
    ќolda bir nechta ingichka o‘tkazuvchilar–tojlantiruvchi elektrodlar 4 tortilgan.
    Barabanning ustida yuklovchi voronka 2, ostida esa boyitish maќsulotlarini qabul
    qilish uchun bir nechta bo‘limlardan iborat qabul qiluvchi bunker 6 o‘rnatilgan.
    Barabanni yopishib qolgan zarrachalardan tozalash uchun aylanuvchi cho‘tka 1
    ko‘zda tutilgan. Tojli elektrsizlanish ќosil qilish uchun tojlantiruvchi elektrodlarga
    yuqori kuchlanish beriladi. Cho‘ktiruvchi elektrod erga ulanadi.
    Barabanli tojli elektr separatorining sxemasi
    Aylanuvchi baraban orqali material bunkerdan elektrodlar orasidagi
    maydonga beriladi. Baraban yuzasida mineral zarrachalar ionlar oqimidan zaryad
    oladilar. Tok o‘tkazmaydigan zarrachalar barabanda zaryadini o‘zgartirmaydi,
    uning yuzasida ushlanib qoladi va bunkerning III bo‘limiga to‘kiladi. O‘tkazuvchi
    zarrachalar zaryadini tez o‘zgartiradi va baraban yuzasidan ќar xil zaryadlangan
    zarracha sifatida itariladi va I bo‘limga tushadi. Yarim o‘tkazuvchi zarrachalar esa
    II bo‘limga bo‘shatiladi.
    Sanoatda ishlatiladigan elektr separatori bir nechta barabanda n tashkil topib,
    ularda asosiy separatsiya va maќsulotlardan birini tozalash sodir bo‘ladi.
    Elektr separatsiya asosan kamyob metallar rudalari (qalay, volfram, titan–
    tsirkoniy, tantal–niobiy) ning kontsentratlari sifatini me’yorga etkazish,
    shuningdek, keramik maќsulotlarni, shishali qumlarni, fosforit, slyuda, olmos va
    ќ.k. larni boyitishda qo‘llanadi.

    Mavzu: Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari


    Reja:
    1. Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari
    2.Magnit maydoni va uning xossalari
    2. Minerallarning magnit xossalari va ularning tasnifi

    Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari


    Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, Ruda zarrachalariga
    magnit va mexanik kuchlar bilan ta’sir kilinganda, xar xil magnit xossasiga ega
    bo‘lgan zarrachalar har xil xarakatlanish traektoriyalariga ega bo‘ladi.
    O‘zlarining traektoriyalari bo‘ylab xaraktlanib, magnit va nomagnit
    zarrachalar magnit maydonidan alohida mahsulotlar holida chiqib, bu maxsulotlar
    bir-biridan faqat magnit xossasi bilangina emas, balki uzining moddiy tarkibi bilan
    xam farq qiladi.
    Magnit usuladi boyitish qora va rangli metallar rudalarini boyitishda,
    magnitli og‘irlashtirgichlarni regeneratsiyalashda, turli xil materiallardan temirni
    yo‘qotishda qo‘llaniladi.
    Ruda zarrachalarini magnit xossalariga qarab ajratish sodir bo‘ladigan
    mashinalar magnit separatorlari deb ataladi.
    Separatorning ishchi zonasi deb ataluvchi zonasida magnitli ajratish olib
    borish uchun kuchlanganligi har xil nuqtalarda har xil bo‘lgan magnit maydoni
    xosil qilish kerak.
    Bunday magnit maydoni bir jinsli bo‘lmagan maydon deyiladi.
    Magnit usulida boyitish uchun faqat magnitli zarrachaga ta’sir qiluvchi
    magnit kuchlarini xosil qiluvchi bir jinsli bo‘lmagan magnit maydoni ishlatiladi.
    Undan tashqari magnit maydoni etarli darajadagi kuchlanganlikka ega bo‘lishi
    kerak. Ruda zarrachalarining magnitlanish kobiliyatiga qarab ularning ajralishi
    kuchli va kuchsiz magnit maydonlarida olib boriladi.
    Magnit maydoni va uning xossalari
    Magnit maydoni materiyaning maxsus shakli bo‘lib, fazoda ma’lum turdagi
    kuch tarzida namoyon bo‘ladi va bu kuchlar o‘zlarining magnitlangan jismlarga
    ko‘rsatiladigan ta’siri bilan bir-biridan farq qiladi.
    Bu kuchlarning magnitlangan jismlarga ta’siri bu jismlarda tez
    xarakatlanuvchi ichki molekulyar elektr zaryadlarining mavjudligi bilan
    tushuntiriladi.
    Magnit maydoni kuch chiziqlari holida ifodalanib, ularning umumiy soni
    magnit oqimi F deb ataladi. Magnit oqimining o‘lchov birligi SI sistemasida veber
    (Vb).
    102
    Magnit maydonining asosiy xarakteristikasi - magnit induktsiyasi V
    hisoblanib, u son jihatdan 1 sm2 yuzani kesib o‘tuvchi kuch chiziqlari soniga teng.
    Magnit induktsiyasining o‘lchov birligi tesla (Tl).
    Magnit maydonidagi magnitlangan jismning xarakteristikasi sifatida magnit
    momenti ishlatiladi, u son jihatdan 1 Tl induktsiyali magnit maydonida, jism
    tomonidan xis qilingan (seziladigan) mexanik momentga teng.
    Magnitlanganlik - magnit maydonining yana bir muxim xossasi, o‘lchov
    birligi A/m. Magnit maydoni kuchlanganlik bilan xarakaterlanadi. Musbat magnit
    massasi birligiga berilgan nuqtada ta’sir qiluvchi kuch magnit maydonining
    kuchlanganligi deyiladi.
    Magnitlanish intensivligining magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati
    jismning xajmiy magnitlanishga moyilligi deyiladi.
    Agar xajmiy magnitlanishga moyillikni massa birligiga nisbatini olsak, u
    solishtirma magnitlanishga moyillik deyiladi.
    Solishtirma magnitlanishga moyillik minerallarning magnit xossalarini
    xarakterlaydi. U minerallarning tashqi maydon ta’sirida o‘zining magnit
    momentini o‘zgartira olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
    Bir jansli bulmagan magnit maydoni maydon gardishini, ya’ni fazoda
    kuchlanganlik tezligining uzgarishi bilan xarakterlanadi.
    Maydon gradientini shu nuktadagi kuchlanganlikka ko‘paytmasi magnit
    kuchi deyiladi.
    Maydonning istalgan nuqtasidagi kuchlanganligi kattalik va yo‘nalish
    bo‘yicha bir xil bo‘lgan magnit maydonlari bir jinsli magnit maydoni deyiladi.
    8.3.Minerallarning magnit xossalari va ularning klassifikatsiyasi.
    Hamma jismlar o‘zining magnit xossalariga qarab diamagnit, paramagnit va
    ferromagnit minerallarga bo‘linadi.
    Diamagnit minerallar manfiy magnitlanishga moyilikka ega va bir jinsli
    bo‘lmagan magnit maydonidan itariladi. (mis, alyuminiy, vismut, surma).
    Paramagnit minerallar odatdagi sharoitda musbat magnitlanishga moyillikka
    ega va kuchli tashqi magnit maydoni ta’sirida ular magnitlanadi va magnit
    maydoniga tortiladi.
    Ferromagnit moddalarning magnitlanishga moyilligi paramagnitlarnikiga
    nisbatan ancha katta va ularni magnitlash uchun nisbatan kuchsiz magnit maydoni
    talab qilinadi. (temir, nikel, kobalt). FeO , FeS.

    Boyitishda mineral zarrachalar solishtirma magnitlanishga moyillikning


    kattaligiga qarab klassifikatsiyalanadi va u bo‘yicha hamma minerallar 3 ta
    guruxga bo‘linadi.
    1. Kuchli magnitli minerallar, ular X>300 10-3m3/kg ga teng magnitlanishga
    moyillikka ega. Bu minerallarga magnetit, maggemit, pirrotin va boshqalar kiradi,
    ular ferromagnit minerallar hisoblanib, ularni ajratish uchun magnit maydonining
    kuchlanganligi kichik (70-120k A/m) separator ishlatiladi.
    2. Kuchsiz magnitli minerallarning magnitlanishga moyilligi X=10 10-360010-3m3/kg orasida. Minerallarning bu guruxi paramagnit minerallarga mansub bo‘lib, ularga hamma marganetsli minerallar, temir oksidlari, titan, volfram va boshqa minerallar kiradi. Bu minerallarning magnit fraktsiyasiga ajratish uchun separatorlarning magnit maydonining kuchlanganligi 480-1600 kN/m atrofida
    bo‘lishi kerak.
    3. Nomagnit minerallar, ularga X<10 10-3m3/kg dan kichik paramagnit
    minerallar va hamma diamagnit minerallar kiradi. Minerallarning bu guruxi magnit
    fraktsiyaga hatto kuchli maydonli separatorlarda ham ajralmaydi.
    8.4. Magnit separatorlarining klassifikatsiyasi
    Magnit separatorlari bir-biridan magnit sistemasining tuzilishi, magnit
    maydoni ta’sir etuvchi zona, ajralish mahsulotlarini qabul qiluvchi vannaning
    tuzilishi, magnit fraktsiyani ishchi zona bo‘ylab harakatlantiruvchi ishchi
    organining tuzilishi bilan farq qiladi.
    Magnit maydonining kuchlanganligi va kuchiga qarab, separatorlar ikki
    guruhga bo‘linadi:
    1. Kuchlanganligi 80-120 kA/m bo‘lgan kuchsiz magnit maydonli
    separatorlar. Bu separatorlar kuchli magnitli minerallarni ajratishga mo‘ljallangan.
    Bunday maydonlarni hosil qilish uchun ochiq magnitli sistema ishlatilib, ularda
    maydonning har xil jinsliligi turli ishorali bir nechta qutblarni almashtirib, galmagal ulab hosil qilinadi.
    Bu guruhdagi separatorlar magnetitli rudalarni boyitishda va og‘ir
    suyuqliklarda boyitishda, ferromagnitli suspenziyani regeneratsiyalashda
    ishlatiladi.
    2. Magnit maydonining kuchlanganligi 800-1600 kA/m bo‘lgan kuchli
    magnit maydoniga ega separatorlar. Ular ruda tarkibidagi kuchsiz magnitli
    minerallarni ajratishga mo‘ljallangan. Bunday kuchli magnit maydonini faqat yopiq magnitli sistemani qo‘llab hosil qilish mumkin.



    Download 4,83 Mb.
    1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   241




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Minerallarni eleкtr usuli bilan saralashga tayyorlash

    Download 4,83 Mb.