Mavzu: Flotatsiya sxemalarini tuzish prinsiplari




Download 4,83 Mb.
bet199/241
Sana25.01.2024
Hajmi4,83 Mb.
#145433
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   241
Bog'liq
UMK FQB amaliyot

Mavzu: Flotatsiya sxemalarini tuzish prinsiplari
Reja

1.Flotatsiya sxemalari


2.Flotatsion sxemani tanlash
3.Asosiy flotatsiya, tozalash flotatsiyasi va nazorat flotatsiyasi

Foydali qazilmalarni flotatsiyalash jarayonida turli - tuman texnologik sxemalar qo‘llaniladi. Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahsulotning flotatsion xossasiga, boyitmaning sifatiga qo‘yilayotgan talabga va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga bo liq. Ko‘p hollarda bitta flotatsiya operatsiyasi natijasida oxirgi boyitma va tashlab yuboriladigan chiqindi olishga erishilmaydi. Shuning uchun, flotatsiya sxemalari bir nechta flotatsiya operatsiyalaridan tashkil topadi: asosiy flotatsiya, tozalash flotatsiyasi va nazorat flotatsiyasi.


Asosiy flotatsiya – flotatsion boyitishning birinchi operatsiyasi hisoblanib, qimmatbaho komponentni puch tog` jinslaridan ajratish maqsadida o‘tkaziladi. Natijada xomaki boyitma va chiqindi olinadi.
Tozalash flotatsiyasi – o‘zidan oldingi operatsiyalarda olingan xomaki boyitmaning sifatini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladigan flotatsiya operatsiyasi.
Nazorat flotatsiyasi – asosiy flotatsiya natijasida olingan chiqindi tarkibidagi qimmatbaќo komponentni yana bir bor ajratib olish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiya.
Flotatsion sxemalar – flotatsiya bosqichi va tsikllarining soni bilan bir– biridan farq qiladi.
Flotatsiya bosqichi deb, mahsulotni ma’lum yiriklikkacha yanchib, keyin flotatsiyalash operatsiyasini o‘z ichiga olgan texnologik sxemaning bir qismiga aytiladi. Foydali mineralning xossasi va undagi mineral zarrachalarning o‘lchamiga qarab bir yoki ko‘p bosqichli flotatsion sxemalar ishlatiladi.
Flotatsiya tsikli deb, qaytadan flotatsiyalanmaydigan bir yoki bir nechta tayyor mahsulotlar olinadigan flotatsiya operatsiyalarining guruhiga aytiladi.
Qimmatbaho komponentlarning ajralish ketma–ketligiga qarab, polimetal rudalarni boyitishda kollektiv, selektiv va kollektiv–selektiv flotatsiya sxemalari mavjud bœladi. Agar oxirgi boyitmaga bira-to‘la bir nechta mineral (masalan, mis va nikel sulfidlari, mis-molibden, qo‘rg‘oshin–ruh) ajralsa, bunday flotatsiya kollektiv flotatsiya deyiladi. Agar rudadan qimmatba o komponentlar ketma-ket ajratib olinsa, bunday flotatsiya selektiv flotatsiya deyiladi. Kollektiv-selektiv flotatsiyada hamma qimmatbaho komponentlar avval kollektiv boyitmaga ajraladi, keyin esa undan alohida minerallar flotatsiyalanadi. Bir bosqichli flotatsiya sxemalari bo‘yicha sheelitli,flyuoritli, baritli ,spodumenli rudalar boyitiladi. Bu rudalarni boyitish sxemalarida tozalash va nazorat flotatsiyalarining soni turlicha buladi.
Nazorat uchun savollar

1. Flotatsiya usullari boyitishning mohiyati nimada?


2. Flotatsiyaning nechta usuli bor?
3. Flotatsiya jarayonining qanaqa sxemalari mavjud?
4. Mexanik flotomashinalarning tuzilishi va ishlash tartibi haqida nimalarni bilasiz? 5. Pnevmatik flotomashinalar qanday tuzilishga va ishlash tartibiga ega?
6. Pnevmomexanik flotomashinalar qanday tuzilishga va ishlash tartibiga ega?
7. Flotatsiya jarayoniga qanday omillar ta’sir qiladi?
8. Flotatsiya usullari boyitishning qanday avfzalliklari bor?
9. Flotasiya jarayonida qanday reagentlar ishlatiladi?
10. To`plovchi va ko`pik hosil qiluvchi reagentlar nima maqsadda ishlatiladi?
11. Aktivatorlar va so`ndiruvchi reagentlarning vazifasi nimalardan iborat?
12. Muhit hosil qiluvchi reagentlar nima maqsadda ishlatiladi?



Download 4,83 Mb.
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   241




Download 4,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Flotatsiya sxemalarini tuzish prinsiplari

Download 4,83 Mb.