Oltin oksidi quyidagi reaksiya bilan olinishi mumkin: 2AuCl3+3Mg(OH)2→Au2O3+3MgCl2+3H2O (2.7)
Mavzu: Oltin minerallari. Tarkibida oltin bo’lgan rudalarni qayta ishlash sxemalari.
Reja:
1 Oltin minerallari. Oltin tarkibli rudalarni boyitishga tayyorlovchi jarayonlar.
2. Oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashga tayyorlovchi jarayonning asosiy dastgohlari.
3. Tarkibida oltin bo’lgan rudalarni qayta ishlash sxemalari
Oltinning asosiy minerallari
Guruh
|
Mineral
|
Kimyoviy
formula
|
Kimyoviy ta tarkibi
|
Mahalliy oltin va uning qattiq
eritmalari
|
A Mahalliy oltin…………
Elektrum………………
Kupoaurid……………..
Аmalgama……………..
B Bismutoaurid………….
|
Au
Au, Ag
Au, Cu
Hg, Au
Au, Bi
|
1 15% gacha Ag 1 15—50 %Ag
20%gacha Cu
34% gacha Au
4% gacha Bi
|
Tellurli oltin qoplamalar
|
Kalaverit………………
Silvinit………………...
Petsit ………………….
N Nagiagit ………………
|
AuTe2
( ( AuAg)Te2
(AuAg)2Te
Au(Pb,Sb, Fe)8
(S, Te)11
|
Kimyoviy
Tarkibi o’zgaruvchan
|
Oltin bilan platina guruhli metallar
|
Krennerit…………….
Platinli oltin………….
Rodit…………………
Porpetsit……………
Аurosmirit……………
|
Au,Te2
AuPt
Au, Rh
Au, Pd
Au, Ir, Os
|
10% gacha Pt
30-40% Rh
5- 11% Pd
5 5%gacha Os va 7 7 % gacha Ir
|
Erkin oltin ruda tarkibida turli xildagi noto’g’ri shakllarda joylashgan bo’ladi: ilmoqsimon, simsimon, taram tomirli, g’ovak, tangachali, tarmoqlangan, donador va boshqalar. Erkin oltin bo’laklarining o’lchami keng ko’lamda o’zgaruvchan bo’lib-mikraskopda ham ko’rinmaydigan maydaligdan to 10-100kg li kata samarodkalarga bo’linadi. Oxirgi holat kamdan kam hollarda kuzatiladi. Aksariyat oltin miqdori ruda tarkibida mayin 0,5-1,0mm holda uchraydi. Oltinningb yirikligi-uning muhim texnologok xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Oltin bo’laklarining yirikligiga ko’ra quyidagi texnalogik guruhlarga bo’lishimiz mumkin: a) yirik olitin – bo’laklar yirikligi 0,1 mm(> 100 mkm), solishtirganda yanchish natijasida ruda minerallaridan oson ajraladi va gravitatsiya usulida boyitiladi(juda yirik: 1-5mm; sof yoxud tug’ma oltin 5mm dan yirik); b) mayin oltin – Bo’laklar o’lchami 0,1dan 0,001mm(100dan 1mkm)gacha – yanchish natijasida qisman ajraladi va yaxshi flotatsiyalanadi, sianidda yaxshi eriydi ammo gravitatsiyada qiyin ajraladi; v) mayin zarrali — bo’laklar o’lchami 0,001 mm ( < 1 mkm); g) juda kichik oltin — bo’laklar o’lchami 0, 1 mkm dan kichik.
Tug’ma oltin konlari O’zbekistonning Zarafshon va Uchkuduqda - Muruntov, Daugiz tog’, Amantay tog’, Marjonbuloq, Toshkent viloyatidagi Qovuldi, Qizil Olma, Namangan viloyatidagi Pirmirob, Uzoqsoy kabi konlarda uchraydi.
Reja: 1. Oltin tarkibli rudalarni boyitishga tayyorlovchi jarayonlar. 2. Oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashga tayyorlovchi jarayonning asosiy dastgohlari. 3. Yirik ruda bo’laklarini saralash va dastlabki boyitish.
Oltinli rudalardan oltin va turli qimmatbaho metallarni ajratib olishda turli xil boyitish, gidrometallurgik va pirometallurgik usullar ishlatiladi: saralash, gravitatsiya usulida boyitish, flotatsiyalash, amalgamatsiyalash, sianlash, eritish. Ko’p hollarda bu jarayonlar bir biri bilan qo’shilgan holda birlashtirilgan sxemada amalga oshiriladi. Boyitish usulini tanlashda ruda bo’laklarini o’lchamlariga, mineralogik tarkibiga bog’liq. Boyitishga tayyorlash jarayonlari quyidagilardan iborat: maydalash, yanchish, tasniflash, g’alvirlash, kuydirish. Ko’pchilik zamonaviy oltin qazib oluvchi fabrikalarda maydalash jarayoni ikki yoki uch bosqichda amalga oshiriladi. Konlardan olingan rudalar yirik bo’lib(500mm dan 1500mm gacha), avvalo ularni oltin yuzasini oshish uchun maydalash va yanchish kerak.
Maydalash va yanchish. Bu jarayonlarning asosiy vazifalari erkin(sof) oltin yuzalarini qisman yoki to’liq ochish va keyingi boyitish hamda gidrometallurgik jarayonlarga tayyorlab berishdir. Maydalash va yanchish jarayonlari elektr energiyani ko’p talab qiluvchi jarayonlardan bo’lib umumiy sarf xarajatlarning katta ulushini egallaydi (40-60%). Modomiki ko’pchilik rudalardan oltin va kumushni ajratib olishning asosiy jarayoni gidrometallurgik usul bo’lsa, unda yanchish darajasi oltin va kumush minerallarini eritmalar bilan yaxshi ta’sirlashini ta’minlashi kerak. Rudalarni yanchish bosqichlarini aniqlab olish uchun ular avval tajriba sharoitida tadqiq qilib ko’riladi. Agar oltin ruda tarkibida mayin holatda joylashgan bo’lsa, shuncha mayin yanchish kerak. Ruda tarkibida oltin yirik holatda bo’lsa, yanchish jarayoni ham yirikroq holda (0,4mm 90%) amalga oshiriladi. Ko’pchilik rudalar tarkibida yirik oltin bilan birga mayda oltin uchraydi va bunday rudalar juda mayin holda yanchiladi(0,074 mm). Ba’zi hollarda rudalarni undanda mayda holda yanchishga to’g’ri keladi(0,044mm). Boyitish darajasini tanlashda iqtisodiy unumdorlikka erishishda quyidagi omillarni inobatga olish maqsadga muvofiqdir: 1. rudadan oltinni ajralish darajasi; 2. tezkor yanchishda reagentlar sarfining oshishi; 3.belgilangan o’lchamdagi rudani olish uchun qo’shimcha yanchishga ketadigan xarajatlar; 4. mayin zarrali rudalarning quyultirish va filtirlash jarayonidagi qiyinlashuvi va qo’shimcha xarajatlarni talab qilishi. Maydalash va yanchish jarayonlari ruda tarkibi fizik xossalariga asoslanib tanlanadi va o’zgartiriladi. Ruda avvaliga jag’li va konusli maydalagichlarda yirik va o’rta maydalashga jo’natiladi, so’ngra elanadi, ba’zida mayin maydalash uchun uchinchi bosqich maydalashga yuboriladi. Ikki bosqichli maydalashdan so’ng yirikligi 20 mm bo’lgan mahsulot olinadi, uch bosqichli maydalashdan so’ng esa 6mm li mahsulot olinadi. Maydalash jarayoni deb, kelayotgan ruda o‘lchamini kichraytirish jarayoniga aytiladi. Boyitish va metallurgiya korxonalariga kelayotgan tog‘ jinslari turli o‘lchamda bo‘lib, ularda qimmatli minerallar va keraksiz jins bir-biri bilan yopishib monolit massa hosil qilgan. Rudaning 15-120 mm kattalikdagi parchalanish jarayonini maydalanish deyish mumkin. Maydalashdan so‘ng rudaning ko‘p qismi 5 mm dan katta bo‘ladi. Minerallar yuzasini ochish va jinslarni bir-biridan mexanik ajratish uchun ularni maydalash kerak. Monolit jins bo‘lakchalarining o‘zaro bir-birini tortish kuchini o‘zish, ezish,zarba, ishqalanish yoki shu usullarning jamlanmasi bilan amalga oshiriladi. Maydalash usuli va maydalagich turini tanlash rudaning fizik-mexanik xususiyatlariga va talab etilgan o‘lchamga bog‘liq bo‘ladi. Korxonalarda rudalarni va boshqa yirik bo‘lakli mahsulotni maydalash uchun jag‘li, konusli,valli, bolg‘ali maydalagichlar ishlatiladi. Rudani quruq holda maydalash kerak. Har zamonda maydalash jarayonida suv ham ishlatilib turadi (changib ketganda va loyqani yuvishda). Maydalash jarayonida asosiy texnologik ko‘rsatkich bu maydalash darajasidir . i = Dmax/dmax Dmax - maydalashdan oldingi rudaning o‘lchami. dmax - maydalashdan so‘ng rudaning o‘lchami.
Asosiy agregatlarning ishlatilishi D max dmax Yirik 300-1500 100-300 3-6 Jag‘li, konusli,bolg‘ali maydalagich O‘rta 100-300 10-50 3-8 Jag‘li, konusli maydalagich Kichik 10-50 3-10 3-8 Qisqa konusli, valli maydalagich
Maydalashning turlari: A) bolg‘ali maydalash. B) ezg‘alab maydalash. V) zarba ta'sirida maydalash. G) ishqalanish ta'sirida maydalash.
Jag‘li maydalagich - parchalanish jarayonlari qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan jag‘lar orasida rudaning maydalanish hisobiga oladi. Maydalagichlarning tishlari silliq va mayda tishli bo‘lishi mumkin. Konusli maydalagich - ikki konus o‘rtasida ruda to‘xtovsiz maydalanadi. Ichki konus maydalagichning tuzilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda 2-40 burchak ostida o‘rnatilgan o‘zining vali atrofida aylanadi. Valli maydalagich - o‘rta va mayda maydalash uchun ishlatiladi. Yuklanayotgan material aylanayotgan vallar yordamida qabul qilinib maydalaniladi va maydalagich ostida bo‘shatiladi. Bolg‘ali maydalagich - ruda bo‘laklarini aylanayotgan bolg‘alar yordamida maydalashga asoslangan. Jag‘li maydalagich 4 xil bo‘ladi: 1. Vertikal shaklli osma jag‘li maydalagich. 2. Gorizontal shaklli osma jag‘li maydalagich. 3. Murakkab harakatiga ega bo‘lgan osma jag‘li, ya'ni ekssentrik valli maydalagich. 4. Konussimon maydalagich . Konusli maydalagichlar boyitish fabrikalarida va metallurgiyada eng keng ishlatiladigan maydalagich turi hisoblanadi. Bu maydalagich yirik ( KKD ), o‘rta(KSD ) mayda(KMD) maydalagich turlariga bo‘linadi. Bu maydalagich jag‘li maydalagichlariga nisbatan qo‘yidagi afzalliklarga ega: Tegirmonni tanlash dastlabki mahsulotni yirikligi va fizik xossalari (qattiqligi, qovushqoqligi, zichligi ). Kerakli yanchish darajasi va yuzasini ochish, yanchilgan mahsulotning granulometrik tarkibi kerakli ishlab chiqarish unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Yanchish darajasi quyidagi asosiy faktorlarga bog‘liq:yanchish uchun sarflangan qo‘shimcha xarajat, asosiy metallni ajratib olish darajasi, reagent sarfining oshib borishi. Xom ashyoni yanchish ko‘pgina sanoat tarmoqlarida keng tarqatilgan texnologik jarayon hisoblanadi. Rangli metallurgiyada flotatsiya va gravitatsiya usullarida boyitish uchun rudani tayyorlash bosqichi sifatida ishlatiladi. Yanchish jarayonlari mahsulotning xossasi va yanchish darajasiga bog’liq holda u yoki bu konstruksiyali tegirmon tanlanadi. Tegirmonning asosiy turlari: barabanli, titrama, halqasimon. Barabanli ko‘rinishdagi tegirmon keng qo‘llaniladi. Foydali qazilmalarni yanchish jarayonlarini boyitish fabrikalarida bir yoki bir nechta bosqichda bo‘ladi. Yanchish jarayoni ochiq va yopiq shaklda borishi mumkin. Bu jarayon tegirmonlarda amalga oshiriladi. Yanchish jarayoni qattiq materiallarga fizikaviy ta'sir ettirib uni ezish yanchishdan iboratdir. Yanchish jarayonlarining maydalash jarayonlaridan farqi shundaki bunda material 5mm dan katta bo‘lmagan o‘lchamda chiqadi. Yopiq shaklda ishlagan tegirmonning samaradorligi yuqori bo‘ladi va yanchilgan mahsulotning bir xil o‘lchamga chiqishiga yordam beradi. Tegirmonlarning samaradorligi aylanma yuklamaga bog‘liq. Aylanma yuklama yopiq shaklli jarayon bu tegirmonlarning unumdorligini oshiradi. Tegirmonlar ikki xil bo‘ladi. 1. Mexanik tegirmonlar . 2. Aerodinamik tegirmonlar. Tegirmon ichida materialni ezadigan jismlar bo‘lsa, buni mexanik tegirmon deyiladi va aksincha tegirmon ichida materialni ezadigan jism bo‘lmasa, buni aerodinamik tegirmon deyiladi.Materialni ezadigan jismlarga metall sterjenlar, sharlar, toshlar va boshqalar kiradi.Tegirmon - har xil xom ashyolarning kattaligini 5mm gacha kichik o‘lchamga maydalovchi mashina-mexanizimlardir. Tegirmonlarning shakli va yanchish usullariga karab shartli ravishda 5 turga bo‘lish mumkin. 1. Baraban ( soqqali, sterjenli, toshli, o‘ziyanchar ). 2. G‘altak, juvali,halkasimon, fraksion soqqali. 3. Bolg‘ali. 4. Korpusi qo’zg‘almas titrama. 5. Aerodinamik tizilama. Barabanli tegirmonlarning texnik va iqtisodiy samarali ishlashi yanchish rejimiga bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda butana zichligi va tegirmonning to‘ldirilishi darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tegirmonni ishlashiga yanchayotgan materialning xususiyati tegirmonning himoya qatlamini dastlabki va oxirgi yanchilayotgan mahsulotning o‘lchami uning yanchilishi, tegirmonning konstruktiv xususiyatlari ham jiddiy ta'sir etadi. Yanchayotgan material sifatida po‘lat sharlar, sterjen va ruda bo‘laklari ishlatiladi. Tegirmonni ichki katlamini yemirilishdan saqlash uchun himoya qatlami olinadi. Yanchayotgan materialning turiga qarab soqqali, sterjenli, o‘zi yanchar va yarim o‘zi yanchar tegirmonlari ishlatiladi. Yanchish ko‘p hollarda ikki bosqichda olib boriladi. 1-bosqich. O‘zi yanchar tegirmonlar. 2-bosqich. Soqqali yoki sterjenli tegirmonlar ishlatiladi. Yanchish rejimi 3 xil bo‘ladi: Kaskadli, sharsharasimon, aralash. Tegirmonlarning ishlash unumdorligi qo‘yidagi omillarga bog‘liq: 1. Dastlabki rudaning qattikligi va yirikligiga. 2. Butananing zichligi. 3. Tegirmonning to‘ldirilish darajasi. 4. Soqqalarning o‘lchami va ularning sifati, miqdori. 5. Barabanning ichki hajmi va chiqarish tuynuklari o‘lchami. Rudaning yirikligi va qattiqligi oshgan sari tegirmonning zo‘riqishiga va ishlab chiqarish unumdorligining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun tegirmonni ruda va yanchish materiallari bilan to‘ldirilish darajasi 35-40% dan oshmasligi kerak. Maydalangan ruda suvli muhitda ishlovchi sharli va sterjinli tegirmonlarga tushadi. Rudalar asosan ikki bosqichda yanchiladi. Hozirgi vaqtda MDH va chet el oltin ishlab chiqaruvchi zavodlari ham rudalarni tayyorlashda o’zi yanchar tegirmonlardan keng foydalanilmoqda. Rudalarni yanchish havoda va suvli muhitda maxsus tegirmonlarda amalga oshiriladi. Bo’laklarning yanchilish darajasi sharli tegirmonlarga qaraganda pastroq, tegirmonning o’zi yanchilish diametri 5,5-10m.
Quruq muhitda yanchish uchun Aerofol tegirmonlar qo’llaniladi. Unda poydevorga o’rnatilgan qisqa baraban -1 mavjud. Baraban ichida bir biridan ma’lum masofada joylashgan to’sin balkalar bo’lib ular baraban aylanish vaqtida rudalarni ko’tarishga ixtisoslashgan. Ruda yuqoridan to’kilishi bilan astdagi rudani ezadi shuningdek tushish vaqtida polkaga urilib eziladi va yirik rudalar chayqalib urilib eziladi. Yon tomonda qopqoqlar 3 mavjud, ular uchburchak aylanalarga – 4 mustahkamlangan bo’lib rudalarni markazga yo’naltirishga mo’ljallangan. Tegirmonning aylanish tezligining eng yuqori ko’rsatgichi 80-85% ni tashkil qiladi. Aerofol tegirmonlarda rudani yanchish sharli tegirmonga qaragan olingan mahsulotning bir xil bo’lishida ko’proq afzallikka ega. Aerofol tegirmonda yanchilgan ruda oson filtirlanadi va oson cho’kadi. Bu tegirmonlarda yanchilgan rudaning gidrometallurgik uslubda qayta ishalnishi natijasida sian reagenlar sarfi 35%ga qisqaradi, oltinni ajratib olish esa 4% ga o’sadi. Ammo bu uchun ruda juda quruq bo’lmag’I agar namlik 1,5-2%dan oshsa jarayonning samaradorligi pasayadi. Shuningdek bu jarayonda kata miqdorda chang chiqishi ishni murakkablashtiradi, shu sababli yanchishning suvli muhitda olib borilishi kengroq tarqalgan. 4.1. Suvli muhitda o’zi yanchar tegirmonlar. Bu tegirmonlar qisqa barabanli, konussimon qopqoqqa ega, Barabanlari sapfa qurilmasi orqali podshipniklar asosida aylanadi. Yanchilgan ruda tegirmondan setkalar yordamida bo’shatiladi. Tegirmon «Kaskad» mexanizmi- yopiq siklda ishlab klassifikator yoki gidrosiklon bilan birga o’rnatilgan. Ruda shag’alli o’ziyanchar jarayon suvli muhitda amalga oshiriladi. Bunda ruda setkadan beriladi. Yirik tosh,ruda bo’laklari yanchuvchi vsita bo’lib xizmat qiladi va shu orqali yanchish bosqichi aniqlanadi.
Birinchi bosqich yanchishga o’lchami 300+100mm bo’lgan toshlar qo’llaniladi, ikkinchi bosqichga -100+25mm li tosh ishlatilib, elesh jarayonida g’alvirlardan foydalanamiz. Tegirmonlarning ish unumdorligini oshirish va ruda shag’al chiqindilarini yo’qotish uchun ko’p hollarda qo’shimcha shar (7-8% ) qo’shishdan foydalaniladi. Oltin tarkibli rudalarni qayta ishalshda odatiy usullarga qaraganda o’zi yanchar tegirmonlarda qayta ishlash bir qancha afzalliklarga ega: 1. Rudalarni o’rta va mayin maydalashga hojat qolmaydi. 2. Yanchishga sarflanadigan po’lat(sharlar, sterjinlar) sarfi kamayadi. 3. Bu usulda yanchish natijasida keying jarayonlarda reagentlar sarfi kamayadi. 4. Elektr energiya sarfi kamayadi. 5. Mehnat unumdorligi oshadi. 6. Oltin ajatib olish darajasi oshadi. 3. Yanchilgan mahsulotlarni sinflarga ajratuvchi qurulmalar zavodlarda ko’p joyni egallaydi. So’nggi vaqtlarda ko’pchilik oltin ishlab chiqaruvchi fabrikalarda sinflarga ajratuvchi qurulmalar sifatida qo’llaniladigan spiralli, reykali, kosali klassifikatorlar o’rniga turli konstruksiyadagi gidrosiklonlarni qo’llash keng tarqaldi.
Oltinli rudalar gidrometallurgik qayta ishlashdan yoki flatatsiyalashdan oldin shlam oltinga birlashtiriladi(обесшламливание), agar shlamda oltin kam bo’lsa texnologik jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Oltinli zarralarni, minerallarni shlamlarni birlashtirish uchun gidrasiklon yoki quyultirgichlar ishaltilatiladi.
|