• Foydali q azilma ning t uri d, mm
  • Mavzu: Cho‘ktirish mashinalarining texnik xarakteristikasi




    Download 4,83 Mb.
    bet210/241
    Sana25.01.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #145433
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   241
    Bog'liq
    UMK FQB amaliyot

    Mavzu: Cho‘ktirish mashinalarining texnik xarakteristikasi
    Reja:
    1. Cho‘ktirishmashinalarining asosiy parametrlariva ishlash tartibi
    2. Cho‘ktirish usuli bilan boyitish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar
    3. Cho‘ktirish mashinalarining afzalligi va kamchiliklar

    Mexanik usul bilan ishlaydigan (masalan: porshenli, diafragmali) cho‘ktirish mashinalarida sikl aniq o‘tkaziladi. Moslashish oson. Havo yordamida pulsatsiyalanadigan mashinalarda siklni moslash qiyinroq, chunki havoda siqiluvchanlik xossasibor.


    Porshenli cho‘ktirish mashinalarida suvning harakat tezligi porshen harakat tezligidan farq qiladi, sababi porshen bilan devororasidagi (zazor) oraliq orqali bir qismsuv tashqariga chiqib turadi. Bu farq koeffitsienti orqali hisobga olinadi.ni qiymati 7–jadvalda keltirilgan. Bundan tashqari, porshen yuzasibilan panjarayuzalarini nisbatlari koeffitsientK orqali hisobga olinadi.
    7-jadval



    Porshen
    harakati amlitudasi,
    mm

    Panjara teshiklari o‘lchami, mm

    1

    2

    3

    4

    10

    16

    5

    0,50

    0,56

    0,60

    0,75

    0,84

    0,94

    10

    0,52

    0,57

    0,66

    0,78

    0,89

    0,95

    15

    0,55

    0,59

    0,68

    0,80

    0,94

    0,96

    20

    0,60

    0,65

    0,70

    0,85

    0,97

    0,98

    30

    0,73

    0,79

    0,84

    0,89

    0,98

    0,99

    50

    0,88

    0,92

    0,95

    0,97

    0,99

    0,99

    100

    0,90

    0,93

    0,96

    0,97

    0,99

    0,99

     ni qiymatini porshen harakat amplitudasi va panjara teshiklari o‘lchamiga bog‘liqligi quyidagicha hisoblanadi.


    yoki (31)
    ; (32)
    Texnologiya parametrlari
    Cho‘ktirish jarayoniga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

    1. Boyitilayotgan ruda xossasi (yirikligi, granulometrik, fraksion tarkibi, shakli, qattiqliligi) unumdorligi.

    2. Gidrodinamik (suvning sarfi, t:j; suv bosimi, zichligi, qovushqoqligi va boshqalar)

    3. Aerogidrodinamik (cho‘ktirish sikli, chastota, amplituda)

    4. Konstruktiv – panjara yuzasi, pulsatsiya hosil qilishi usuli, qattiq moddalarni mashinadan chiqarish usuli.

    8-jadval
    Cho‘ktirish mashinalari amplitudasi va chastotasi

    Foydali qazilmaning
    turi

    d, mm

    L

    1 daqiqadagi tebranishlar soni

    Mashina turi

    Temir rudasi

    -50+8

    -12
    -6


    -1

    20

    16
    10-14


    4-6

    55

    180
    250-300


    260

    Porshensiz
    harakatlanuvchi konusli
    -//-
    -//-

    Marganets rudasi

    -60+3

    -20+8
    -8+3


    -3
    -1

    200 gacha

    40-50
    18-40


    10-15
    4-5



    67

    120-128
    140-200


    225
    350

    Porshensiz
    Porshenli
    -//-
    -//-

    Harakatlanuvchi konusli



    Sochma oltin rudasi

    -1

    15-30

    125-180

    Diafragmali

    Jarayonni moslash uchun opyerativ va noopyerativ faktorlardan foydalaniladi. Nooperativ faktorlarga konstruktiv va ruda xossalari hamda suv va havo bosimi kiradi. Cho‘ktirish usuli bilan boyitish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilib chiqamiz.



    1. Boyitalayotgan ruda zarrachalarini o‘lchamini kichiklashishi ajralish zichligini (∆r) oshiradi, o‘rtacha ehtimollik farqini (E) ozaytiradi. Ajralish zichligini oshishiga sabab, mayda zarrachalarni ko‘payishi muhitni og‘irlashtiradi. Ikkinchisiga sabab, muhitning reologikxossalarini yomonlashuvi va taglikdamayda zarrachalar harakat tezligini saqlashdir. Masalan: ko‘mirni boyitishda d=6mmbo‘lsa, E=100kg/m3, ∆r= 14001500kg/m3, d=-3+1mm bo‘lsa E=180-190 kg/m3, ∆r=1700-1900 kg/m3 bo‘ladi.

    Cho‘ktirish usulidan oldinrudalarni shlamlardan tozalash kerak.

    1. Rudani fraksion tarkibiboyitishgakatta ta’sir qiladi. Boyitilishi qiyin rudalardamahsulotlartoza chiqmaydi.

    2. Mexanik mustahkamligi kichik bo‘lsa, shlam hosil bo‘lishi mumkin.

    3. Ruda zarrachasini yalpoq bo‘lishi taglikxossalarini yomonlashtiradi.

    4. Yukni kattalashishi cho‘ktirish mashinasidamateriallar harakat tezligini oshirishga, mashinadabo‘lish vaqtni ozaytirishga, ajralish aniqliginikamayishiga olib keladi. Yukni ozayishi esa og‘ir mahsulotni engil zarrachalar bilan ifloslanishiga olib keladi.

    6. Tebranishlar chastotasi (pulsatsiya) kam bo‘lsa oqimniyuqoriga harakatlanishtezligini oshirish mumkin, tebranishlar amplitudasi katta bo‘ladi, taglik ko‘tarilishi maksimal darajaga etadi. Taglikni bo‘shoqligioshadi, ammo marom turg‘un bo‘lmaydi.
    Tebranishlar chastotasi katta bo‘lsa, maromni turg‘unligi yuqori bo‘ladi, ammo taglikningbo‘shoqlik darajasi kamayadi.
    7. Havo bosimini oshishi mutanosibravishdaoqimniyuqorigava pastga harakatlanish tezliklarini, tebranishlar amplitudasini, taglikni ko‘tarilishinioshiradi.
    8. Panjara ostigasuv berish yo‘li bilan cho‘ktirish mashinalarining ish faoliyatiniyaxshilashga (moslashga) osonroq yerishiladi.
    Panjara ostiga beriladigan suv sarfi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
    V=qoS, l/s (33)
    Bu yerda q – koeffitsient (0,180,25);
    o– eng katta zarrachani yerkin tushish tezligi, mm/s;
    S – panjara yuzasi, m2.
    Jarayonni unumdorliginihisoblash uchun quyidagitenglamadan foydalaniladi:
    t/soat (34)
    Bu yerda:ur – zarrachalarni o‘rtacha zichligi, t/m3 ;
    S – cho‘ktirish yuzasi, m2;
    Ntaglik balandligi;
    K – taglikni qatlamlanish tezligi, 1/s
     - koffitsient.
    ajralish mezoni.
    Bu yerda: - boyitmadagi yot fraksiyalar yig‘indisi, dastlabki material hisobiga nisbatan, %.
    =5,29,6 tasniflangan materiallar uchun.
    =12,7-32,7 tasniflanmaganlari uchun.
    Dastgoh unumdorligi qancha kattabo‘lsa, ning qiymatishuncha yuqoribo‘ladi.
     ning qiymati 1,6 dan 2,9 gacha.
    K ning qiymati 0,01 dan 0,51/s gacha bo‘ladi.
    Agar =6,18 bo‘lsa


    bo‘ladi.

    Cho‘ktirishmashinalarining asosiy parametrlariva ishlash tartibi


    Cho‘ktirishsamaradorligikonstruksion xususiyatlari va bir qator texnologik va gidrodinamikparametrlarga bog‘liq.
    CHo‘ktirish mashinalarining asosiy parametrlari: solishtirma ishlab chiqarish quvvati;diafragmaning tebranish chastotasi yoki yurishi; taglik turi, panjara ostisarfi.
    Cho‘ktirish mashinalarining solishtirma ishlab chiqarish har xil turdagi foydali qazilmani boyitishda keng chegarada o‘zgaribturadi. Masalan:ko‘mirni boyitish 5dan 30 t/m2 soat gacha bo‘lsa (zarra o‘lchamiga qarab), temirli va marganetsli rudalarni boyitish 5dan 15 t/m2soat gacha, oltin va volframli rudalarni boyitish 3 dan 20 t/m3soat ni tashkil kiladi. Mahsulotning yirikligidan tashqari cho‘ktirish mashinasining me’yoriy solishtirma ishlab chiqarish quvvatini tanlashga boyitilayotgan mahsulotning zichligi va fraksiya tarkibi, cho‘ktirish mashinasining konstruksion xususiyati va shuningdek cho‘ktirish mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablar ta’sir qiladi.
    Solishtirma quvvati meyordan chiqib ketsa, cho‘ktirish samaradorligi pasayadi. Solishtirma ishlab chiqarish quvvati juda katta bo‘lsa, boyitilayotgan mahsulotning mashinada bo‘lish vaqti kamayib, mahsulot etarli darajada qavatlanishga ulgurmaydi va uning sifati yomonlashadi.
    Xuddi shuningdek, solishtirma ishlab chiqarish quvvati kamayib ketsa, qavatlangan mahsulot aralashib ketadi va bunda ham mahsulotning sifati yomonlashadi.
    Cho‘ktirish mashinalarining quvvati panjaraning 1m kengligi yoki 1m2 yuzasiga to‘g‘ri keladigan solishtirma ishlab chiqarish normasiga asosan aniqlanadi.
    Cho‘ktirishmashinalarining unumdorligini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:
    Q=5,6HB t/soat.
    bu yerda: N-mashina kamyerasidagi mahsulot qatlamining balandligi, m.
    V-cho‘ktirish kamyerasining kengligi, m.
     -mahsulotni kamyerada o‘rtacha bo‘ylama harakatlanish tezligi, m/sek.
    -mahsulotning zichligi, kg/m.
    -mahsulotning g‘ovaklanish darajasi, =0,5.
    CHo‘ktirish vaqtida suv oqimining tebranishlari amplitudasi va chastotasi mahsulot zichligiga qarab qavatlanishi uchun g‘ovaklanishi va muallaq holga o‘tishini muvaffaqiyatli ta’minlay olishi kerak.
    Diafragmayokiporshenningyurishi(rudazarrachalari tebrana boshlashi uchun) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    60/(2n)=h/cn
    h = 30 ct/n
    bu yerda: n – diafragma yoki porshenning tebranishlar chastotasi; min -1
    st - zarrachaning siqilib tushish oxirgi tezligi, m/s.
    Cho‘ktirish uchun yaxshi shart-sharoit suv oqimining uncha katta bo‘lmagan chastotasi va kattaroq, amplitudasida yaratiladi, chunki bu xolda mahsulot muallaq xolda uzoqroq turadi va uning tezroqqavatlanishi sodir bo‘ladi.
    Tebranishlar chastotasi kamayib ketsa cho‘ktirish beqaror bo‘lib qoladivauningborishiniyaxshilabkuzatish kerak bo‘ladi.
    Minimal tebranishlar chastotasi quyidagi tenglamadantopiladi;
    n> 27,3 st/h
    Amalda rudani zarrachalarini cho‘ktirish usulida boyitishdatebranishlar chastotasi zarracha yirikligiga qarab 50 dan 300min-1 gacha bo‘ladi.
    Cho‘ktirish mashinasidagi panjara taglikning turi ham cho‘ktirish jarayoniga ta’sir qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Agar taglikning balandligi etarli bo‘lmasa, bu uning ba’zi joylarida yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimining uzilib, qavatlashgan mahsulotning aralashib ketishiga olib keladi va aksincha, taglik juda qalin bo‘lsa, mahsulot etarli darajada g‘ovaklanmaydi va cho‘ktirish buziladi.
    Mayda mahsulotni boyitishda sun’iy taglik ishlatiladi. Sun’iy taglik zarrachalarining o‘lchami panjara teshiklari o‘lchamidan 3-4 marta katta bo‘lishi kerak.
    Magnetit, ferrosilitsiy, sulfidlar va po‘lat, cho‘yan zoldirlar klassifikatsiya­lanmagan yoki mayda rudani cho‘ktirishda ishlatiladi. Chunki mayda teshikli to‘rlar tez ishdan chiqadi va teshiklari yopilib qoladi. Sun’iy taglikyirik teshikli tur ishlatishga imkon beradi.
    Yirikmahsulotnicho‘ktirishdatabiiy taglik balandligi
    h=(5-10)d max
    tenglama bilan aniqlanadi
    d max –cho‘ktirishga tushayotgan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘lakning o‘lchami.
    Sun’iy tagliklarning qalinligi esa panjara osti mahsulotining chiqishiga karab qabul qilinadi. Sun’iy taglikning balandligi qancha katta bo‘lsa, uning o‘tkazish qobiliyati shuncha kam bo‘ladi va buning aksicha, qancha kam bo‘lsa, shuncha ko‘p mahsulot o‘tkazadi. Shuning uchun boy rudalarni cho‘ktirishda sun’iy taglik qalinligi kambag‘al rudalarni cho‘ktirishdagidan kam bo‘lishi kerak. Sun’iy taglik ustidagi mahsulotning ba­landligi boyitilayotgan ruda tarkibidagi eng katta zarra o‘lchamidan 20 marta ortiq bo‘lishi kerak.
    Cho‘ktirish jarayonida suv sarfiga alohida ahamiyat berish kerak. Suv cho‘ktirish mashinasiga ruda bilan va qo‘shimcha tarzda panjara ostiga beriladi. Panjara osti suvicho‘ktirish mashinasini boshqarishda muhim omil hisoblanadi. Panjara ostiga suv yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi tezligini oshirish va pastga harakatlanadigan suv oqimi tezligini pasaytirish uchun beriladi. Bu bilan yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi yordamida taglikni optimal g‘ovaklantirishga va pastga harakatlantiruvchi suv oqimi yordamida uni samarali qavatlanishiga sharoit yaratib beriladi. Pastga harakatlanuvchi suv oqimi tezligining kamayishi yengilzarracha­lar­ning taglik yuqori qavatidan pastga surilishini ham kamaytiradi.
    Panjara osti suvining sarfi dastlabki mahsulotningxossasiga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha har tonna ruda uchun 2,5 m3 nitashkil etadi.
    Cho‘ktirish mashinasining me’yorda ishlashini ta’minlovchi muhim shartlardan yana biri boyitilayotgan mahsulotni mashinaga sekin va bir tekis berish hisoblanadi.

    Download 4,83 Mb.
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   241




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Cho‘ktirish mashinalarining texnik xarakteristikasi

    Download 4,83 Mb.