• Qattiq zarrachaning xossalari
  • 5-j adval Minerallarning zichliklari
  • Mineral Kimyoviy ifodasi
  • Foydali moddaning mi q dori, %
  • Mavzu:Cho’ktirish mashinalari
  • Qattiq jism va muhitning xossalari




    Download 4,83 Mb.
    bet209/241
    Sana25.01.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #145433
    1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   241
    Bog'liq
    UMK FQB amaliyot

    Qattiq jism va muhitning xossalari
    Hozirgi vaqtda tabiatda uch mingga yaqin minerall borligi ma’lum bo‘lib, shulardan 250 tasi gravitatsiya usuli bilan boyitiladi. Gravitatsiya zarrachalarining zichligi, shakli va o‘lchamlari turli bo‘lib, muhitda har xil tezlik bilan harakatlanishi qonuniyatiga asoslangan boyitish usulidir.
    Qattiq zarrachaning xossalari
    Zarrachaning zichligi deb, uning massasini(m) hajmiga nisbatiga aytiladi va  -harfi bilan belgilanadi:
    kg/m3 (26)
    Buyerda: m –zarrachaningmassasi, kg;
    V –zarrachaning hajmi, m3.
    Zarrachalarningkattaligiuninggeometrik o‘lchami bilanbelgilanadi. Hisob-kitoblarni soddalashtirish uchun zarra shaklini inobatga olmagan holda, «ekvivalent diametr» degan tushuncha kiritilgan.
    (27)
    (28)
    Minerallarning zichliklari 1300-19300 kg/m3 atrofida bo‘ladi (5-jadval).


    5-jadval
    Minerallarning zichliklari

    Mineral



    Kimyoviy ifodasi

    Zichligi, kg/m3

    Foydali modda

    Foydali moddaning miqdori, %

    Oltin

    Au

    19,300

    Oltin

    100

    Galenit

    PbS

    7400-7600

    Qo‘rg‘oshin

    86,6

    Molibdenit

    MoS2

    4300-5000

    Molibden

    59,94

    Magnetit

    Fe3S2

    4500-5300

    Temir

    72,4

    Pirit

    FeS2

    4900-5200

    Temir

    46,55

    Kvars

    SiO2

    2650

    Kremniy

    46,7

    Kalsiy

    CaCO3

    2700

    SaO

    56

    Magnezit

    MgCO3

    3000

    MgO

    47,6

    Ko‘mir

    C

    1300-1800

    Uglerod

    -

    Zarracha shakli har xilbo‘lib, umineralning tabiatiga bog‘liq. Hisoblashlar uchunshakl koeffitsienti degan tushunchakiritilgan:
    (29)
    Bu yerda: -shaklkoeffitsienti
    Sm – sharningyuzasi
    S –noto‘g‘rishakllizarrachayuzasi
    Quyidashaklkoeffitsientining qiymatikeltirilgan:
    Sharsimon - 1,0
    Yumaloqroq - 0,8 -0,9
    Burchakli - 0,7-0,8
    Yalpoq- 0,6-0,7
    Mavzu:Cho’ktirish mashinalari
    Reja:
    1.Cho‘ktirish usulida boyitish asoslari
    2. Cho’ktirish mashinalari va ularning turlari
    3. Cho‘ktirishmashinalarining tuzilishi va ishlash tartibi

    Cho‘ktirish deb mineral zarrachalarning vertikal suv oqimi yuordamida


    goh ko‘tarilib, goh pasayuvchi suv oqimi xarakatlanadi. Bunday suv
    oqimlarining muntazam xarakati tufayli mahsulot turli zichlikdagi qatlamlarga
    ajraladi. Pastki qatla mda katta zichlikka ega, yuqori qatlamlarda esa kichik
    zichlikka ega mahsulot yiailadi. Cho‘ktirish mashinalarining porshenli,
    diafragmali, porshensiz, va xarakatlanuvchi panjarali turlari mavjud.
    Porshenli cho‘ktirish mashinasi kameradan iborat bo‘lib, u tagiga
    etmaydigan to‘siq orqali 2 ta bo‘limga bo‘lingan: cho‘ktirish va porshenli
    bo‘limlar. Cho‘ktirish bo‘limida panjara o‘rnatilgan bo‘lib, uning ustida mineral
    zarrachalar ajratiladi. Porshenli bo‘limda porshen bo‘lib, unga ekstsentrik val
    qaytarma-ilgarilama xarakat beradi.
    66
    Mashina ishlash vaqtida kamera suv bilan to‘ldiriladi. Boyituvchi mahsulot
    panjara ustiga beriladi. Porshen yordamida Cho‘ktirish bo‘linishda panjara ustidagi
    mahsulotga muntazam ta’sir qiluvchi goh ko‘tarilib, gox pasayuvchi suv oqimi
    hosil qilinadi. Yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi ta’sirida mineral zarrachalar
    aralashmasi (og`ir va engil minerallar) ko‘tariladi va g`ovaklanadi.
    Yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimining tezligi porshen pastga xarakatlanishi bilan
    asta-sekin ortgani uchun avval aralashmadan engil minerallarning mayda
    zarrachalari ko‘tarila boshlaydi. Yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimining tezligi
    ortishi bilan engil minerallarning yirik zarrachalari, shuningdek, og‘ir
    minerallarning mayda va keyin yirik zarrachalari ko‘tariladi.
    Yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimining tezligi kamayganda o g‘ir minerallarning
    yirik zarrachalari avval muallaq holda jaylashib, keyin sekin pastga tushadi, bu
    paytda engil minerallar muallaq holda bo‘ladi (yirikroqlari) yoki maydaroqlari
    yuqoriga ko‘tarilishini davom ettiradi.
    Shunday qilib, yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi ta’siri vaqtida har xil
    o‘lcham va zichlikka ega bo‘lgan zarrachalar panjara ustida har xil balandlikka
    ko‘tariladi; og`ir va yirik zarrachalarning bir qismi panjara ustida qoladi.


    Cho'ktirish mashinalarining asosiy turlari:
    a–porshenli; b–diafragmali; v–porshensiz; e–qo'zg`aluvchi panjarali.
    1-panjara; 2-porshen; 3-ekstsentirk val; 4-kamera; 5-to'siq; 6-rezinali diafragma
    Porshen yuqoriga xarakatlanganda pastga xarakatlanuvchi suv oqimi hosil
    bo‘lib, bunda og‘ir minerallarning yirik zarrachalari eng katta tezlik bilan
    panjaraga yo‘naladi, engil minerallarning mayda zarrachalari eng kichik tezlik
    bilan panjara tomon xarakatlanadi.
    Bu paytda panjara ustidagi mineral zarrachalar qatlami zichlashadi.
    g‘ovaklanish va zichlanish tsikllarining qayta-qayta takrorlanishi natijasida mineral
    zarrachalarning birlamchi qatlami ikkilamchi qatlamiga bo‘linadi: yuqori qatlamda
    minerallarning nisbatan engil zarrachalari, pastgi qatlamda esa nisbatan oairlari
    joylashadi.
    67
    Cho‘ktirish muntazam g‘ovaklanib va zichlashib turuvchi mahsulot
    qatlamida siqilib tushish sharoitida amalga oshiriladi. Bunda Cho‘ktirish
    mashinasining panjarasida hamma vaqt o‘rindik deb ataluvchi qatlam bo‘ladi. Bu
    o‘rindik tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Agar o‘rindiq boyitilayotgan
    mahsulotning yirik va og‘ir zarrachalaridan tashkil topgan bo‘lsa - tabiiy o‘rindik,
    boshqa mahsulot zarrachalardan tuzilgan bo‘lsa, sun’iy o‘rindiq deyiladi. Sun’iy
    o‘rindik sifatida dala shpati, magnetit, metal-zoldirlar ishlatilishi mumkin.
    Mineral zarrachalar ham govaklangan holatida bo‘lganda va pastga
    xarakatlanuvchi suv oqimi ta’sir eta boshlaganda og‘ir minerallarning mayda
    zarrachalari pastga xarakatlanuvchi suv oqimining suruvchi ta’siri natijasida yirik
    og‘ir zarrachalar kanallari orasidan o‘tib ketadi. Og‘ir mayda zarrachalarning bir
    qismi panjara teshiklari orasidan Cho‘ktirish mashinasining kamerasiga o‘tib
    ketadi, qolganlari esa yirik og‘ir zarrachalar qatlami ostida panjara bo‘ylab
    xarakatlanadi.
    Xuddi shunga o‘xshab, engil minerallarning mayda zarrachalari yirik engil
    zarrachalar orasidan o‘tib, yiriklaridan pastda bo‘lib qoladi. Birozdan keyin
    mineral zarrachalar qatlami zichlashishi engil minerallar mayda zarrachalari og‘ir
    minerallarning zarrachalari orasidagi kanallardan o‘tib ketishga ulgurmaydi va
    keyingi yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi bilan yuqoriga ko‘tariladi.
    Zarrachalarning yirikligi va zichligiga qarab bunday qayta taqsimlanishiga
    mahsulotning segregatsiyasi sabab bo‘ladi va u mineral zarrachalar qatlamining
    muntazam takrorlanuvchi tebranishlari natijasida ќosil bo‘ladi.
    Segregatsiya - mahsulotni o‘lchami va zichligiga qarab tabiiy ravishda qayta
    taqsimlanishi.

    Cho‘ktirish usulini qo‘llanilishi



    Foydali qazilma
    Asosiy mineral

    Asosiy mineralning zichligi kg/m3

    Zarrachalarning yiriklik chegarasi

    Qora metallar rudalari:
    Ko‘ngir temir rudasi
    Magnetit
    Pirolyuzit
    Xromit
    Magnetito-gematitli

    3500
    4300


    4820
    440
    5200

    50-3
    50-0,2


    50-0,2
    10-0,2
    1-0,2

    Tosh ko‘mir
    Tosh ko‘mir
    Antratsit
    Yonuvchi slanetslar

    1500 gacha
    1500 gacha
    2000 gacha
    2200

    100(250)-10(13)
    10(13)-0,5
    100(250)-10(13)
    150-25

    Sochma kon rudalari:
    Kassityerit, volframit,
    Tantalit va boshqalar
    Titan-sirkonli

    6000-8000
    4200-5200

    25-0,05
    25-0,05

    Tug‘makonlar:
    Kassityerit,
    Volframitlar

    6950-7350



    6-0,3


    Demak, taglikning bo‘shoqligi, balandligi, zarrachalarning zichligi va yirikliligi hamda muhitning tebranishlar chastotasi va amplitudasigabog‘liq bo‘lar ekan. Taglik qalinligi oshgan sayin uning bo‘shoqliligi ozayadi. Muhitga pulsatsiyalanuvchi gorizontal oqimlar ta’siri natijasi cho‘ktirish mashinasi tagligida hamma ajratilayotganzarrachalar zichliklari va yirikliligi bo‘yicha qiya qatlam bo‘lib joylashadilar. Qiyalik bo‘tana berilgan tomondan chiqib ketish tomonga yo‘nalgan bo‘lib to‘lqin (veyer) shaklida bo‘ladi. Zarrachalarni qatlam­lanishiga sun’iy taglik katta ta’sir qiladi. U o‘zidan og‘ir zarrachalarni pastga o‘tkazib yuboradi, engil zarrachalarni ushlab qoladi. Shuning uchun taglik parametrlarini o‘zgartirish orqali texnologik jarayonni boshqarish mumkin.



    18- rasm. Cho‘ktirish mashinasi tagligida zarrachalarni harakatlanish sxemasi:1-yengil; 2- o‘rtacha; 3- og‘ir zarrachalar

    19- rasm. Cho‘ktirish mashinasida mahsulotlarning taqsimlanishi.
    1-yengil; 2- yengilroq; 3-4 – og‘irroq; 5- og‘ir fraksiyalar;
    6- dastlabki material.

    Taglik orqali o‘tayotgan og‘ir zarrachaning o‘tish tezligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.


    ,m/s (30)
    Bu yerda: q – vaqt birligi ichida taglik orqali o‘tgan zarrachalar miqdori;
    δk – taglik orqali o‘tgan zarrachalar zichligi, kg/m3;
    Ftaglikning yuzasi, m2;
    ur– taglikning o‘rtacha bo‘shoqlik koeffitsienti.
    Demak, taglik orqali zarrachalarni o‘tish tezligi, zarrachalarning o‘lchami, zichligi shakliga va taglikning balandligiga bog‘liq ekan. Taglikni zichligi va balandligi oshgan sari zarrachalarni taglikdan o‘tish tezligi sekinlashib boradi.
    Porshensiz cho‘ktirish mashinalarini sikli «havo berish», «sokinlik» va «havoni chiqarish» davrlari nisbatlari bilan tavsiflanadi. Masalan: 30-10-60 bo‘lsa bir siklningumumiy vaqtdan 30% kamyeraga havo berish, 10% «sokinlik», 60% vaqt havo chiqarish uchun sarflanadi. Zarrachalarni saralanishiga sikl katta ta’sir ko’rsatadi. Boyitilayotgan rudaning fizik va mexanik xossalariga qarab sikl tanlanadi.
    Kvars – oltin. Ajratilayotgan zarrachalarning zichliklari farqi katta. Sikl-oqimni yuqoriga qarab harakatlanishi va qisqa muddatli «sokinlik».
    Kvars - pirolyuzit. Zichliklar farqi kichik, sikl-oqimni pastga qarab harakatlanishi, qisqa muddatli «sokinlik».
    Ko‘mirni boyitish amaliyotida 40-60 va 40-10-50 sikli keng tarqalgan.
    Panjara ostidan suv berish ma’lum ahamiyatga ega. Boyitma tozaroq olinadi. Siklda oqimni pastga qarab harakatlanish tezligi sekinlashadi.

    Download 4,83 Mb.
    1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   241




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qattiq jism va muhitning xossalari

    Download 4,83 Mb.