Mavzu: Gravitatsion usulda boyitishning nazariy asoslari




Download 4,83 Mb.
bet208/241
Sana25.01.2024
Hajmi4,83 Mb.
#145433
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   241
Bog'liq
UMK FQB amaliyot

Mavzu: Gravitatsion usulda boyitishning nazariy asoslari
Reja:
1. Foydali qazilmalarni gravitatsiya usulida boyitish texnologiyasi

2. Qattiq jism va muhitning xossalari


3. Minerallarning zichliklari



Foydali qazilmalarni gravitatsiya usulida boyitish texnologiyasi
Gravitatsiya usuli bilan boyitish(saralash) asosan zarrachalarning og‘irlik kuchi ta’sirida ma’lum muhitda har xil tezlik bilan harakatlanishga asoslangan.
Bu usul boyitish usullari ichida eng qadimgisi hisoblanadi.
Odamzot birinchi bo‘lib daryo qumlaridan oltinni yuvib olishni o‘rganganlar.Bu gravitatsiya usuliga kiradi. Gravitatsion boyitishning prinsiplari(tamoyillari) odamlarga 2 ming yil oldin ma’lum bo‘lgan va birinchi bo‘lib Pliniy, keyinroq Agrikol tomonidan yozma ravishda bayon etilgan. Vaqt o‘tishi bilan bu usul takomillashib borgan, unumdorlikni oshirish uchun har xil moslamalar, qurilmalar ixtiro qilingan. Eramizdan avvalgi V asrlardayoq (Gerodot zamonida) sochma konlarni boyitishda shlyuzlar, butanalar ishlatilgan.
Gravitatsion boyitishning eng rivojlanish davri XIX asr oxiri va XX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda hozirgi zamon gravitatsiya usulini nazariyasi shakllanadi, juda ko‘p yangi apparatlar yaratiladi. Hozirgi vaqtda gravitatsiya usulidan dunyoning barcha boyitish fabrika­larida foydalaniladi. Bunga sabab, usulning soddaligi, kamharjligi, unumdorligining yuqoriligidir.
Gravitatsiya usulda boyitish foydali qazilmalarni boyitishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri.
Bu usul o‘zining soddaligi, yuqori samaradorligi, arzonligi tufayli boshqa usullarga nisbatan ko‘proq ishlatiladi.
Gravitatsiya usulning mohiyati mineral zarrachalarning og‘irlik uchi yoki muhitning qarshilik kuchi ta’sirida tushish tezligidagi farqqa asoslangan.
Mineral zarrachalarning ajralishini amalga oshiruvchi muhit sifatida suv,havo, og‘ir suspenziyalar va og‘ir suyukliklar ishlatilishi mumkin.
Barcha gravitatsion jarayonlarni bir-biridan tubdan fark kiluvchi
kategoriyaga bulish mumkin: gidrostatik va gidrodinamik.
Gidrostatik jarayon turli zichlikka ega mineral zarrachalarni oairlashtirgich qo‘shib og‘irlashtirilgan suv, tuzlar eritmasi va o g‘ir suyukliklarda qalqib chiqishi va cho‘kishiga asoslangan .
Gidrodinamik jarayon esa turli zichlikka ega mineral zarrachalarning
yukoriga ko‘tariluvchi suv oqimi yordamida ajralishiga asoslangan. Gravitatsion usulda boyitishga quyidagilar kiradi:
1. Cho‘ktirish mashinalarida boyitish.
2.Kontsentratsion stolda boyitish.
3.Vintli va konusli separatorlarda boyitish.
4.Shlyuzlarda boyitish.
5.Og‘ir muhitli apparatlarda boyitish.
Yuqorida aytilganidek, gravitatsiya usuli ajralayotgan zarrachalar zichliklarning farqiga asoslangan.
Gravitatsiya usuli bilan boyitishda ma’lum kattalikdagi har xil zichlikka ega bo‘lgan zarrachalar muhitda (havoli, suvli) harakat qiladilar. Zarrachalarning muhitda harakatlanish qonuniyatlarini mexanika, gidrav­lika, fizika qonunlari hamda gidrodinamika va aerodinamika­larning asosiy nazariyalari orqali tushuntiriladi. Ba’zi bir xollarda statistik fizika va ehtimollar nazariyalaridan foydalaniladi.
Gravitatsion boyitish usullarini yagona bir sistemaga birlashtirish, klassifikatsiyalash(tasniflash) qiyin. Ko‘pincha, ishlatiladigan dastgohlar turiga qarab, muhitga va boshqa tamoyillarga asoslanib sinflarga ajratish mumkin, masalan:
1. Gravitatsion boyitish muhitida qatlamlanish quyidagicha bo‘ladi: gidravlik, pnevmatik, og‘ir suyuqlik, elektrolit muhitlarda.
2. Qiya tekislikda harakatlanayotgan suyuqlikda ajratish: novda, shlyuzda, boyitish stolda, burama saralagichda boyitish va hokazo.



Download 4,83 Mb.
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   241




Download 4,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Gravitatsion usulda boyitishning nazariy asoslari

Download 4,83 Mb.