I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o




Download 4,83 Mb.
bet204/241
Sana25.01.2024
Hajmi4,83 Mb.
#145433
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   241
Bog'liq
UMK FQB amaliyot

Mavzu: Magnit separatorlari.
Reja:
1.Magnit separatorlarining turlari
2. Magnit separatorlarining tuzilishi
3. Magnit separatorlarining ishlash prinsipi
Boyitilish usuliga qarab, bu guruhning separatorlari ikki turga bo‘linadi:
quruq boyitish uchun (muhit sifatida havo) va ho‘l usulda boyituvchi separatorlar
(muhit sifatida suv).
Rudaning harakatlanish yo‘nalishi va boyitish mahsulotlarini ishchi zonadan
chiqarish usuliga qarab, ho‘l usulda boyituvchi separatorlar quyidagilarga
bo‘linadi:
(to‘g‘ri) oqib o‘tuvchi vannali separatorlar, ularda dastlabki ruda va
nomagnit minerallar bitta yo‘nalishda harakatlanadi; magnit va nomagnit
mahsulotlar yo‘nalishlari orasidagi burchak < 900.
-qarama–qarshi oqimli vannali separatorlar; ularda ruda va nomagnit
minerallar bitta yo‘nalishda harakatlansa, magnitli mahsulot qarama-qarshi
yo‘nalishda harakatlanadi. Yo‘nalishlar orasidagi burchak >900.
-yarim qarama-qarshi oqimli vannali separatorlar-ularda mahsulot bo‘tana
shaklida pastdan bosim ostida beriladi, magnit va nomagnit minerallar bir-biriga
qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi, yo‘nalishlar orasidagi burchak >900.
Magnitli mahsulotni chiqarib oluvchi moslamaning tuzilishiga qarab
barabanli, valokli, disk (gardish)li va rolikli separatorlar mavjud. Separatorlar ikki
turda tayyorlanadi: elektromagnitli (E) va doimiy magnitli (P). Quyidagi turlarda
ishlab chiqariladi: ho‘l separatsiyalash uchun barabanli (BM), quruq
separatsiyalash uchun barabanli (BS); ho‘l separatsiyalash uchun valokli (VM);
quruq separatsiyalash uchun valokli (VS); quruq separatsiyalash uchun diskli (DS)
va h.k.
Yordamchi asbob-uskuna sifatida boyitish fabrikalarida rudani magnitlash
va magnitsizlantirish uchun apparatlar va magnitli gidroseparatorlar ishlatiladi.
8.5. Kuchli magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar
O‘lchami 70 dan 150 mm gacha bo‘lgan magnitli rudalarni quruq boyitish
uchun elektromagnit sistemali barabanli separatorlar, 40 mm gacha o‘lchamdagi
rudalarni boyitish uchun esa doimiy magnitli barabanli separatorlarni ishlatish
mumkin.Bir barabanli separatorning sxemasi
Magnit sistema o‘qqa qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan. Magnit qutblari baraban
o‘qi bo‘ylib almashadi. Sistema atrofida shu o‘qning o‘zida nomagnit materialdan
tayyorlangan baraban aylanadi. Baraban yuzasi uni siyqalanishdan asrash uchun
rezina bilan qoplangan.
Dastlabki ruda vibratsion tarnov orqali barabanga beriladi. Baraban yuzasiga
tortilgan magnitli zarrachalar magnit ustidan o‘tadi va magnit ta’siri tamom
bo‘lgan zonada baraban yuzasidan uzilib tushadi. Nomagnit zarrachalar
separatorning magnit maydoni bilan ta’sirlashmaydi, barabandan parabolik
traektoriya bo‘ylab tushirib olinadi. Barabanning ostiga magnit va nomagnit
mahsulotni qabul qilish uchun ikkita quticha o‘rnatilgan. Qutidagi to‘siq ustiga
o‘rnatilgan shiber mahsulot oqimini aniqroq ajratishga yordam beradi.
Barabanning diametri 600–900 mm, uzunligi 1000–2000 mm, magnit
maydonining kuchlanganligi baraban yuzasida 1400–1500 e. Baraban yuzasining
aylanma tezligi 1–3 m/sek. Separatorning ishlab chiqarish unumdorligi o‘lchami –
40+0 mm li mahsulotda barabanning har bir metr uzunligi uchun 60–100 t/soat.
Sanoatda bir barabanli, shuningdek, uch va to‘rt barabandan tashkil topgan
separatorlar ishlab chiqariladi. Ko‘p barabanli separatorlarda asosiy separatsiya,
chiqindilarning tozalash operatsiyalarini o‘tkazib, uchta mahsulot–boyitma, oraliq
mahsulot va chiqindilarni olish mumkin.
Agar magnit qutblari baraban uzunligi bo‘yicha galma–gal almashsa,
separatorda magnit aralashuvi bo‘lmaydi. Magnit tortishishi natijasida barabanga
yopishgan magnit zarrachalar magnit ustidan o‘tayotganda ag‘darilmaydi.
Materialning yurishi bo‘ylab qutblarning almashishi aralashishga olib keladi va
nomagnit zarrachalarni barabandagi magnit zarrachalar orasidan uzib olishga
imkon yaratadi.
Magnit sistemasi qutblar sonini aylana bo‘ylab va barabanning aylanish
tezligini oshirib, yuqori chastotali magnit maydoni hosil qilishga va jadalroq
magnit aralashuviga erishish mumkin.
Bu separatorlarda barabanning aylanish tezligi 300 ay/min. Qutblar soni 25
bo‘lsa, barabanda qutblar almashishi 300x25=7500, ya’ni maydonning chastotasi
125 gts ga teng bo‘ladi.
8.6. Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar
Kuchsiz magnitli rudalarni boyitish uchun magnit maydonining
kuchlanganligi yuqori bo‘lgan separatorlar ishlatiladi.
o‘lchami 3(6) mm yiriklikdagi kuchsiz magnitli rudalarni quruq
va ho‘l usulda boyituvchi valokli separator keltirilgan. Magnit sistemasi o‘zaklar
va ulardagi g‘altak o‘ramlari, qutb uchliklari va valoklardan iborat. Valoklarning
turtib chiqqan joylari bo‘lib, ularning qarshisidagi qutb uchliklarida maydonning
bir jinsligini kuchaytiruvchi o‘yiqlarga ega. Sepiluvchi quruq mahsulot yoki
bo‘tana yuklovchi voronka orqali valok ostidagi uchliklarga beriladi. Nomagnit
zarrachalar uchliklardagi teshiklar orqali qutining chiqindilar bo‘limiga, magnitli
minerallar esa valoklar yordamida magnit kuchlari ta’siri zonasidan chiqib ketib
qutining magnitli mahsulotlar bo‘limiga tushadi.
40–rasm. Kuchsiz magnitli rudalarni quruq va ho‘l usulda
boyituvchi separatorning sxemasi
1–ta’minlagich; 2–o‘ramlar g‘altagi; 3–o‘zak; 4–qutb uchliklari, 5–valoklar,
6–magnitli mahsulotni qabul qiluvchi idish; 7–nomagnit mahsulotni qabul qiluvchi
idish;
Separatorning xarakteristikasi: valokning o‘lchamlari: DxL=270x1000 mm,
valokning aylanish tezligi 50-90 ay/min, magnit maydonining kuchlanganligi
10000–12000e, ishlab chiqarish unumdorligi <3 mm li mahsulotda 4 t/soat gacha.
Bunday separatorlar marganetsli rudalarni ho‘l usulda boyitish uchun
kamyob metalli rudalardan ajratib olingan boyitmalarni qayta tozalash uchun
qo‘llaniladi.
Nazorat uchun savollar
1. Magnit usulida boyitishning mohiyati nimada?
2. Magnitning qanday xossalari bor?
3. Magnit usulida qanday minerallar boyitiladi?
4. Kuchli magnit seperatorlarining tuzilishi va ishlash tartibi haqida nimalarni
bilasiz?
5. Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar qanday tuzilishga va
ishlash tartibiga ega?
7. Magnit usulida boyitishga qanday omillar ta’sir qiladi?
8. Magnit usulida boyitishning qanday avfzalliklari bor?

Download 4,83 Mb.
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   241




Download 4,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o

Download 4,83 Mb.