I bob. Axborot kutubxona fondi tushinchasi va kutubxona fondshunosligi




Download 72,9 Kb.
bet4/6
Sana15.05.2024
Hajmi72,9 Kb.
#234075
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axborot kutubxona muassasalarida fondni saqlash yo\'llar

II.BOB.UMUMIY QOIDALAR.
2.1.Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish texnologiyasi.
1. Hujjatlarni konservatsiya qilish saqlash tartibi, stabilizatsiya qilish, restavratsiya qilish va nusxalar tayyorlash orqali ularning butligini taminlaydi. 2. Hujjatlarning noyobligi, tarixiy-madaniy ahamiyati, holati va ulardan tez-tez foydalanishga muvofiq ustuvorligini belgilagan holda hujjatlar konservatsiya qilinadi. 3. Hujjatlar konservatsiyasini maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan shaxslar bajaradi. 7 Hujjatlarni saqlash tartibi 1. Hujjatlarni saqlash tartibi yorug’lik, harorat-namlik va sanitariya-gigiyena tartiblarining normative parametrlarini saqlashni taminlaydi. 2. Yorug’likda saqlash tartibi 3. Hujjatlar qrong’ulikda yoki tarqoq yorug’lik bilan yoritilgan holda saqlanadi. Hujjatlarni quyoshning tik nurlari bilan yoritilishuga yo’l qo’yilmaydi. 4. Saqlash chog’ida hujjatlar yuzasida yoritilganlik normasi 75 lk dan, ko’rgazmaga qo’yilganda ko’rik paytida 150 lk dan ko’p bo’lmaydi. 5. Yorug’lik manbalari to’lqin uzunligi 400 hm dank nm bo’lmagan va 760 nm dan ko’p bo’lmagan optic nurlanishni taminlashi kerak. 6. 2-5 bo’yicha normalarga rioya etish yopiq holda ishlangan yoritgichlardan foydalanish va har xil turdagi yorug’likdan himoyalovchi qurilmalarni qo’llash orqali taminlanadi 7. Yoritish uchun ultrabinafsha nurlanishdan himoyalovchi va issiqlik yutuvchi filtrli lampalar yoki optik-tolali yoritish tizimlaridan foydalanish kerak. 8. Yoritgichlardan hujjat yuzasigacha bo’lgan masofa 0.5 m dank am bo’lmaydi. 9. Yoritkichlarning konstruksiyasi yong’in jihatidan xavfsiz bo’lishi va lampaning tushib ketishi va mexanik shikastlanishdan saqlashi kerak. 10.Ko’rgazmaga qo’yilgan vaqtda yorug’lik asboblarini vitrina ichiga o’rnatishga yo’l qo’yilmaydi. Keluvchilar yo’qligida vitrinalari yorug’li o’tkazmaydigan pardalar bilan yopiladi.Ikkita yonma-yon standart kitob javonlarini yoritish uchun alohida uzgich o’rnatiladi. 11.Hujjatlar saqlanadigan xonaga kirishdan oldin barcha yoritish manbalari va elektr uskunalari o’chirilganligini ko’rsatuvchi indikatorli uzgich o’rnatiladi. 12.Harorat-namlik tarkibi Saqlanadigan joyda havo erkin aylanishi, havo oqimi to’xtab qoladigan zonalarning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik kerak. 13.Hujjatlar saqlanadigan xonalarda havo harorati 18°C,nisbiy namlik 55 foiz, pergament va teriga yozilgan hujjatlar uchun havoning nisbiy namligi 60 foiz. 8 14.Harorat-namlik tartibi havoni konditsiyalash tizimi yoki isitish-shamollatish vositalari yordamida tartibga solinadi. Bir soatda havoni almashtirish karraliligi: oqim-1,0, havoni tortib chiqarish-1,0. 15.Havoni konditsiyalash va kiruvchi chiquvchi shamollatish tizimlari bilan jihozlanmagan, omborxona uchun mo’ljallangan xonalarda havo harorati va namligi ratsional ravishda shamollatish, isitish va nazorat-o’lchov asboblarining ko’rsatkichlariga amal qilinib, texnik vositalarni qo’llagan holda normaga keltiriladi. 16.Havoning harorati va anmligi haftada ikki-uch martta kecha kunduzning bir vaqtida, tartib buzilgan hollarda –har kuni nazorat qilinadi va qayd etiladi. 17.O’lchov asboblari har bir xonaning asosiy yo’lagida joylashtiriladi.va har bir tarafida isitish va shamollatish tizimlaridan uzoqda, poldan (1,4±0,1) m masofada joylashtiriladi. 18.Hujjatlar saqlanadigan yopiq javonlar va seyflar haftada kamida bir martta shamollatiladi. 19.Bir xonadan harorat va namlik parametrlar bilan farqlanadigan boshqa xonaga joylashtiriladigan hujjatlar iqlimga moslashtiriladi 20.O’lchov asboblari ularda qo’yiladigan texnik talablarga muvofiq qiyoslanadi. 21.Sanitariya gigiyena tartibi. 22.Hujjatlar saqlanadigan xonadagi havoning sifati muntazam ravishda tekshiriladi. Hujjatlar saqlanadigan xonaning havosi tarkibida zararli aralashmalar miqdorini baholash metodlari ГОСТ 12.1.014ga muvofiq. 23.Hujjatlar saqlanadigan xonalarga hujjatlar bilan ishlashga taalluqli bo’lmagan predmetlarning bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. 24.Yangi kelib tushgan hujjatlar tekshiriladi va zarur bo’lsa gigiyenik va (yoki) dezinfeksiya ishlovi beriladi. 25.Shikastlangan hujjatlar izolyatsiya qilingan xonada tekshiruvdan o’tkaziladi, tozalanadi va vaqtincha saqlanadi. 26.Bir-ikki yilda kamida bir martta gigiyenik ishlov beriladi. 27.Mikrologik va entomologik nazorat fondlarni bir yilda ikki martta, zarurat bo’lsa tez-tez tekshiruvdan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. 28.Shikastlangan hujjatlar izolyatsiya qilinadi, maxsus xonada dezinfeksiya va (yoki) dezinfeksiyasi o’tkaziladi. 29.Fondning dezinfeksiyasi va (yoki) dezinfeksiyasi hujjatlarning ommaviy biologic zararlanganda va (yoki) interyer predmetlari va xonaning konstruksiya elementlari shikastlanganda o’tkaziladi. Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish 10 Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish shikastlanish xarakteri va darajasini inobatga olgan, hujjatlarning asillik belgilarini maksimal ravishda saqlagan holda va foydalanish uchun qiyinchiliklar yuzaga keltirmasdan amalga oshiriladi. Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish bo’yicha ishlar to’g’risidagi ma’lumotlar restavratsita passporti yoki texnologik daftarda qayd etiladi. Stabilizatsiya va restavratsiya qilishda qo’llaniladigan metodlar va materiallar hujjatlar uchun zararsiz bo’lishi, jarayonlarning ortga qaytarilishi, hujjatlar foydalanish xususiyatlarining saqlanishini ta’minlashi kerak. Materiallar pH ning quydagi qiymatiga ega bo’lishi kerak: qog’oz-0,6-8,5; teri-4,5-6,0; pergament-7,0-8,0; boshqa materiallar-6,0-8,0; Hujjatlarni stabilizatsiya qilish Hujjatlarni qog’ozda fizik-kimyoviy, biologik va mexanik omillarga nisbatan stabilizatsiya qilish metall ionlarini kompleks hosil qiluvchi birikmalar bilan blokirovka qilish va matn (tasvir) yozish uchun foydalanilgan material xususiyatiga ko’ra kislotalikni 6,0-8,5 pH gacha suyuq va gaz fazasidagi kuchsiz ishqor kompozitsiyalar bilan neytrallash orqali (1,0-3,0) foizli ishqor rezerv hosil qilgan holda amalga oshiriladi.zamburug’ bilan shikastlangan hujjatlarga nisbatan stabilizatsiya qilish zamburug’ga qarshi birikmalardan foydalanib amalga oshiriladi va 10,0 foizdan ko’p bo’lmagan namlik hajmini taminlaydigan ishlov beriladi. Fizik-kimyoviy, biologik va mexanik omillarga nisbatan teri va pergamentdagi hujjatlarni stabilizatsiya qilish individual metodlar bilan amalga oshiriladi. Bunday mexanik omillarga nisbatan teridagi hujjatlarni stabilizatsiya qilish yengil ishqorli kompozitsiyalar (suyuq muhitda), metallar ionlarini kompleks hosil qiluvchi birikmalar bilan 4,5-6,5 pH gacha blokirovka qilish, nam yutishlikni 5-6 foizgacha va namlik chiqarishni 4-5 foizgacha kamaytirish uchun yog’ kompozitsiyalari bilan ishlov berish orqali kislotalilikni neytrallash bajariladi. Fizik-kimyoviy va mexanik omillarga nisbatan pergamentdagi hujjatlarni stabilizatsiya qilish uzoqdan namlantirish va yog’ emulsiyasi bilan ishlov berish orqali namlik hamda yog’ tarkibini oshirgan holda amalga oshiriladi. Zamburug’lar bilan 11 shikastlanishga nisbatan hujjatlarni stabilizatsiya qilish zamburug’ga qarshi birikmalardan foydalangan holda bajariladi. Mexanik omillarga nisbatan hujjatlarni stabilizatsiya qilish yuqoridagilar bo’yicha oldindan ishlov berilgan holda fazali saqlash, inkapsulyatsiya va montaj qilish orqali amalga oshiriladi. Hujjatlarni restavratsiya qilish Hujjatlash dastlabki shaklini qayta tiklash, tozalash va zaruriylik va yetarlilik prinsiplariga rioya qilgan holda, mustahkamlash orqali restavratsiya qilinadi. Kiritmalar tashqi belgilari va materialiga ko’ra axborot eltuvchiga mos kelishi, shunigdek hujjatning uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlashi kerak. laminatsiya metodi orqali restavratsiya qilishdan oldin yuqoridagilarga muvofiq hujjatni stabilizatsiya qilish shart. Pergamentdagi hujjatlar uzoqdan namlantirish metodi orqali uning namlik metodini tiklash orqali restavratsiya qilinadi. Hujjatlarni nusxalarini tayyorlash Hujjatlar nusxalarini tayyorlash foto-, mikro-, kseronusxa qilish metodlari orqali hamda electron texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Nusxalarning ekzemplyarlar soni ГОСТ 7.65 ga muvofiq. Foto-, mikro-, kseronusxa metodlari orqali hujjatlarning nusxalarini tayyorlash bir marttadan oshmasligi kerak. keyin nusxa olish nusxadan amalga oshiriladi. Nusxa olishda hujjatlarning mexanik shikastlanishiga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlarni saqlash uchun xonalar Kutubxonalarning yangi binolarini qurish uchun joy, ularni jihozlash, eski binolarni rekonstruksiya qilish usuli va jihozlash amaldagi qurilish nomlariga muvofiq tanlanadi. Hujjatlar saqlanadigan bino va xonalarning rejasi- oldindan ta’mirlash tartibi belgilangan qoidalarga mos kelishi kerak. Hujjatlar saqlanadigan xonalar(HSX) maishiy, ishlab chiqarish, ombor, labaratoriya xonalaridan izolyatsiya qilingan hamda ular bilan umumiy shamollatish yo’li bo’lmasligi kerak. HSXda suv ta’minoti, kanalizatsiya, 12 shuningdek suvni texnologik chiqarish quvurlari bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlar saqlanadigan xonalar ustida, tagida va ular bilan tutash bo’lgan, ventilyatsiya uskunasini o’rnatish uchun mo’ljallangan xonalar, vibratsiya manbalari hisoblangan nasos qurilmali boyler, compressor, sovutuvchi va boshqa mashinalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlar ularni saqlash tartibini taminlovchi texnik vositalar bilan jihozlangan xonalarda saqlanadi. Hujjatlarni qabul qilish, vaqtincha saqlash, iqlimga moslashtirish va dezinfeksiya qilish uchun izolyatsiya qilingan maxsus xonalardan foydalaniladi. Bino va xonalar favqulodda vaziyatlar yuzaga keladigan xonalarda ГОСТ 12.1.004 bo’yicha maxsus vositalar bilan jihozlanadi. Hujjatlar saqlanadigan har bir xonada favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda xodimlar va hujjatlarni tezkor evakuatsiya qilish rejasi bo’lishi lozim. Hujjatlar saqlanadigan xona va binolar yong’in va qo’riqlash signalizatsiyasi hamda yong’in o’chirish tizimi bilan jihozlanadi. Yong’in xavfsizligini taminlash uchun oqimlitortuvchi shamollatish, havoni konditiyalash tizimini avtomat tarzda o’chishi va tugun chiqarib tashlash tizimining ulanishi nazarda tutilishi kerak. avariya chiqish yo’llari ichkarida oson ochilishi kerak. Hujjatlar saqlanadigan xonaning har bir bo’limi aloqa vositalari bilan jihozlanadi. Hujjatlar saqlanadigan xonalar metall va yog’och statsionar va ko’chma yong’inga qarshi biologik himoyalangan stellajlar, javon hamda seyflar bilan jihozlanadi. Hujjatlar saqlanadigan kutubxona uskunasi zararsiz qoplamaga ega bo’lishi kerak. stellyajlar deraza o’rnatiladigan joy va issiqlik tizimi elementlari bo’lgan devorlarga nisbatan perpendikulyar ravishda deraza va issiqlik manbalaridan 0,6 m dan kam bo’lmagan masofada o’rnatiladi. Xonalar konstruksiyasi stellaj va elementlari yo’laklar bilan bo’linadi. Yo’lak quyidagi kenglikdan kam bo’masligi kerak: Stellajlar orasi-0,75 m; Stellajlar qirralari orasi (asosiy yo’lak)-1,20 m; Devor va devorga parallel stellaj orasi-0,75m; Devor va stellaj orasi -0,45m; Poldan stellajning pastki tochkasigacha bo’lgan masofa 0,15 m.dan kam, sokol qavatlarda 0,30 m dank am bo’lmasligi kerak. Hujjatlarni joylashtirish Hujjatlar tokchadan oson olinadigan qilib joylashtiriladi. Erkin joylashtirishda kitob ushlab turuvchi moslamalardan foydalaniladi. Fazali saqlashda joylashtirish va to’ldirish zichligi konteynerlarning erkin harakatlanishi ni ta’minlashi kerak. Hujjatlardan tokchagacha bo’lgan masofa 0.02 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Hujjatlar stellajlarda, javonlarda va seyflarda gorizontal yoki verktikal holatda saqlanadi. Xalqaro standartga muvofiq muqovalangan hujjatlar pastki qismda verktikal holatda saqlanadi. ГОСТ 9254 ga muvofiq o'lchamdagi gazetalar va balandligi bo’yicha 0.41 metrdan oshib ketuvchi nostandart o’lchamdagi hujjatlar gorizontal holatda saqlanadi. Uyum balandligi 0.20 metrdan ko’p bo’lmasligi kerak. Hujjatlar stellaj tokchasi chegarasidan chiqib turmasligi kerak. Ko’chma stellajlarda ixcham saqlanadiganhujjatlar format bo’yicha joylashtiriladi. Hujjatning kengligi bir tomonlama joylashtirishda 0.20m.dan oshmasligi va ikki tomonlama joylashtirishda -0.42 m.dan oshmasligi kerak. Kichik hajm va (yoki) formatdagi hujjatlar, shuningdek o’ramlar, tikilishi shart bo’lmagan hujjatlar, nodir, pergament qo’lyozmalar turli ko’rinish, shakl va o’lchamdagi konteynerlarda saqlanadi. Hujjatlar saqlanadigan konteynerlar zararsiz materiallardan tayyorlanadi. Hujjatlarni transport qilinadigan idishda, shtabellarda saqlash, polga, deraza oldida, zina maydonchasiga va ushbu maqsadlar uchun mo’ljallanmagan boshqa joylarga taxlash mumkin emas. Favqulodda vaziyatlar holatida xatti-harakatlarini rejalashtirish. Favqulodda vaziyatlar holatida xatti-harakatlarning rejasini tarkibiga kutubxona direksiyasi va asosiy xizmatlar vakillari, fond boshliqlari kiradigan maxsus tuzilgan ishchi guruh tuzadi. Rejani kutubxona direktori tasdiqlaydi. Reja muntazam ravishda kuzatib 14 turiladi. Rejani tuzishda kutubxona joylashgan rayon xususiyatlari, kutubxona binosining holati va konstruksiyasining xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan favqulodda vaziyatlarning mumkun bo’lgan sabablari inobatga olinadi. Rejani tuzishda kutubxonaning favqulodda vaziyatlarini mustaqil uddalay olish va chetdan yordam olish imkoniyatlari belgilanadi. Rejada quyidagi xatti-harakatlar nazarda tutiladi: favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini tugatish davrida profilaktik, tayyorgarlik (real falokat xavfi bo’lganda). Reja aniq hatti-harakatlarning ijrochilari va mas’ul shaxslarning ro’yxati, ularning manzili va telefon raqamlarini o’z ichiga oladi. Rejaning ilovasida ishlarni tashkil etish bo’yicha yo’riqnoma; kutubxona binosining birinchi navbatda qutqariladigan hujjatlarning joylashgan o’rni ko’rsatilgan qavatlar rejasi; fondni qutqarishda zarur bo’ladigan material va uskunalar ro’yxati; falokat yuzaga kelganda chetdan jalb etiladigan tashkilot va shaxslar ro’yxati, ularning manzili va telefon raqamlari bo’lishi zarur.
Наг xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda umumiy xususiyatlar mavjud. To‘ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan shart-sharoitlari, turi va usullari hamma kutubxonalar uchun umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fondini to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qilinadi. Kutubxona fondini to‘ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi(turi) dan kelib chiqiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. Masalan: universal kutubxonalarda ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, darsliklar, texnika adabiyotlari bo‘lsa, ilmiy kutubxonalar fondida monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar mavjud bo‘ladi. Har xil tip va turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun kitoblar tanlashda ham farq qiladi. Tanlab to‘ldirish fonddan foydalanish darajasini oshiradi. Masalan, respublika kutubxonalari yerli xalq tilidagi kitoblarni, viloyat kutubxonalari o‘lkashunoslik adabiyotlarini, tibbiyot kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni to'liq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va turdagi kutubxonalar turli tashkiliy-uslubiy usullarni qo‘llaydilar. Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Ilmiy kutubxonalar takroriy tanlashni amalga oshira borib kitoblarni uzoqroq saqlashni hisobga olsa, universal kutubxonalar takroriy saralash orqali fondini tezroq yangilashga harakat qiladi. Ilmiy kutubxona o‘qilmaydigan kitoblarni depozitar kutubxonaga topshirsa, universal kutubxona uni tezroq hisobdan chiqarishga harakat qiladi. Fondni toidirish manbalari jihatidan ham ancha farq seziladi. Yirik ilmiy kutubxonalar uchun majburiy nusxa (pullik yoki bepul) asosiy manba bo‘lib hisoblansa, boshqa kutubxonalar kollektor yoki kitob do‘konidan oladilar. Hujjatlarni dezinfeksiya qilish Qog’ozdagi hujjatlarni dezinfeksiya qilish quyidagicha amalgam oshiriladi: -foydalanishga ruxsat etilgan biotsidlar bilan germetizatsiya qilingan kamerada fumigatsiya yordamida; -yuqori chastotali toklar bilan elektromagnit maydonga ishlov berish; -GT metatinning, PSПC -82 asimasaydning, poligeksametilenguanidin hosilalarining suvdagi eritmalari bilan qo’lda ishlov berish. 18 Teridagi hujjatlarni dezinfeksiya qilish GT metatinning suvdagi eritmasi yoki timolning spirtli eritmasi bilan; pergamentdagi hujjatlarni dezinfeksiya qilish –timolning spirtli eritmasi bilan qo’lda amalgam oshiriladi. Xonalar va kutubxona jihozlarini dezinfeksiya qilish poligeksametilenguanidin yoki katamin hosilalarining suvdagi eritmalari bilan bajariladi. Hujjatlarni dezinfeksiya qilish quyidagicha amalga oshiriladi: -mexanik usul bilan tozalash vositasida ; -germetizatsiya qilingan kamerada paradixlorbenzol bilan fumigatsiya kimyoviy usul yordamida . Xonalarni dezinfeksiya qilish quyidagicha amalgam oshiriladi: -changyutgich bilan tozalash vositasida, yolg’on va tuzoqlardan foydalanish usuli orqali; -turar joy xonalarida foydalanish uchun ruxsat etilgan sintetik piretroidlar klassidagi insektisidlar yoki boshqa preparatlar bilan ishlov berish vositasida kimyoviy usul orqali. Izoh-Hujjatlar insektisidlar bilan bevosita aloqada bo’lmasligi kerak. Xavfsizlik texnikasi Individual himoya va xavfsizlik vositalari ГОСТ 12.1.008, ГОСТ12.4.028, ГОСТ12.4.041 bo'y’cha. Hujjatlarni dezinfeksiya va dezinsektsiya qilish bo’yicha ishlar tartibi tayyorlovchi-korxonaning tasdiqlangan yo’riqnomalariga muvofiq. Fondlarning umrini uzaytirish qator omillar bilan belgilanadi.Ulardan muhimlari – tabiiy va kutubxona fondi turadigan tashqi muhit vujudga keltiradigan sun’iy 19 omillardir. Tashqi muhitning asosiy ko‘rsatkichi bu havo va uning fizik xossalari (namlik, harorat) qismlarning doimiy ximiyaviy tarkibi va tashqi gaz, mexanikaviy aralashmalar (chang, tutun,qurum), mavjud bakteriyalar bilan ifloslanishdir. Bu xususiyatlarning fondlar saqlanishiga doir qulay ko‘rsatkichlari quyidagilardir: 16, 18-daraja eng yaxshi harorat sanaladi. Uning keskin o‘zgarishi axbnorot tashuvchilar fizikaviy- ximiyaviy xossalariga noqulay ta’sir ko‘rsatadi. Haddan tashqari yuqori harorat ta’sirida ularning shakli buziladi, nozikligi, egiluvchanligi yo‘qoladi. Havo haroratining pasayishi, uning namligi ta’sirida fond moddiy asoslarida ham, jihozlarning yog‘och qismida ham mog‘or zamburug‘i tez ko‘payadi. Barcha turdagi nashrlar uchun 50-60: 5% namlik eng qulaydir. Ikki baravardan ko‘proq past namligini talab qiladigan mikrofilmlar bundan mustasno. Havoning namligi gidrometr yoki elektr nam o‘lchagich bilan o‘lchanadi. Kutubxonada nisbiy namlikni o‘lchash uchun ko‘pincha avgust psixometridan foydalaniladi. Namlik Asman aspiratsion asbobi bilan ham o‘lchanishi mumkin. Namlikni oshirish uchun turli xil havo namlagichlardan, shuningdek, fondxona ichidagi gullardan foydalaniladi. O‘simliklar faqat havo namligini oshirmay, balki shu bilan birga uni changdan tozalaydi, kislorodni ko‘paytiradi. Havoning harakat darajasi fonddagi turli havo muhitining muhim omili hisoblanadi. Bino tashqi muhit o‘rtasida havo mutassil aylanib turishi kerak. Havo butun fondxona bo‘ylab bir tekisda aylanib turmog‘i lozim. Uning harakat tezligi – 0.3 m/sek.dir. Bu tezlikni inson sezmaydi. Uning harakati 0.5m/sek bo‘lsagina elvizak hosil bo‘ladi. Havo harakati tezligi shamollatgichlar, havo yo‘llarining ochiq kesmalarida hamda fondxonalarning nur o‘tkazgich teshiklarida o‘lchanadi. Havo harakati tezligi EA-2M termometri bilan o‘lchanadi. Havo harakatining zarur tizimi binoni konditsionlashtirish va shamollatish orqali ta’minlanadi. Fondxonaning havosi fond uchun zararli bo‘lgan ximiyaviy va mexanik moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Havoda ko‘pincha gazlar – sulfidlar , serovodorod, uglerod oksidi, azot va xlor oksidi, xlorid va nitrat kislotalarining 20 bug‘lari, shuningdek, smolali moddalar uchraydi. Binoning gazlanish darajasi unga kelayotgan havoni filtrlash orqali, ayniqsa shamollatish orqali kam aytiriladi. Butun fondni obdon changdan tozalash changitgichlar yordamida yiliga 2-3 marta qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari kutubxona har oyda changdan tozalanadi. Fondning buzilish darajasi unga tushadigan nur oqimining kuchi va davomiyligiga ham bevosita bog‘liq. Shuning uchun bino fondda odamlar bo‘lgan paytdagina yoritilishi kerak. Fondxonada yoritishning ikki turi mavjud: tabiiy va sun’iy. Tabiiysi – quyosh nuri yoki kunduz yorug‘ligi. Fond iloji boricha quyosh nuri tushishidan himoyalanishi lozim. Quyosh nuri radiatsiyasi axborot tashuvchilarning moddiy asoslarida qaytarib bo‘lmaydigan optik, mexanik, ximiyaviy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Nashrlarni ta’mirlash va qarab ehtiyot qilish. Vaqtlar o‘tishi bilan havo va yorug‘lik ta’siri ostida nashrlar fizikaviy, ximiyaviy o‘zgarishlarga uchraydi. Bu jarayon tabiiy eskirish deyiladi. Bundan tashqari ko‘p foydalanilganligi uchun mexanik mustahkamligini yo‘qotadi. Kitob hasharotlar ta’sirida zararlanadi. Xususiyatini yo‘qotgan nashrlar zudlik bilan ta’mirlanadi. Mayda ta’mir – shikastlangan joylarni ta’mirlash odatda kutubxonachi rahbarligida jamoatchilar kuchi bilan amalga oshiriladi. Ta’mirlash-tiklash bu nashrni dastlabki holga yoki shunga yaqin holga keltirishdir. Katta kutubxonalarda ta’mirlash ishlarini olib boradigan laboratoriyalar bor. Tabiiy eskirish jarayonini to‘xtatish uchun eng qimmatli usul doimiy saqlashga mo‘ljallangan nashrlarni o‘rab, ehtiyot qilishdir. Ana shu maqsadda saqlash va muhofaza rejimiga rioya etish lozim. Kutubxona fondini yong‘indan saqlash. Agar kutubxona o‘z fondini yong‘in xavfidan saqlamasa, fondni ta’mirlashga doir yuqoridagi tadbirlar samara bermaydi. Yong‘in moddiy va ma’naviy boyliklarni yo‘q qilmasdan, balki unda ishlab turdan kishilar hayotiga ham xavf solishi mumkin. Kutubxona fondi – yong‘in xavfi ortib borishi uchun doimiy manba. Yong‘in yonadigan, oksidlovchi va o‘t chiqaruvchi 21 manbalardan paydo bo‘ladi. Kutubxonadagi pol, tom, mebel, qog‘oz yonishi mumkin. Oksidlovchi havo kislorodi binoning hamma joyida bor. Elektr o‘tkazgich tizimidan noto‘g‘ri foydalanish, fondxonada chekish yomon oqibatlarni keltirib chiqaradi. Yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra, uning oldini olish ma’qulroq. Kutubxona binolarini to‘g‘ri loyihalash va qurish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish zarur. Kutubxonalarda ma’lum darajada elektr yo‘llarini to‘g‘ri joylashtirish va undan to‘g‘ri foydalanish kerak. Elektr toki yo‘llarini loyihalashda barcha tip va turdagi kutubxonalarning elektr sig‘imi muttasil oshib borishi jarayonini nazarda tutmoq muhim – buni tobora ko‘payib borayotgan texnika vositalarini qo‘llash ko‘rsatib turibdi. Kutubxonalarda ishdan keyin elektr uskunalari tokdan o‘chirilishi uchun ajratgichlar o‘rnatilishi shart. Fondni saqlash uchun stelajlar yonmaydigan materiallardan yasaladi. Yog‘och stelajlardan foydalanilgan holda ularga yong‘inga qarshi ishlov berish kerak. Fond saqlanadigan binoni yonmaydigan to‘siqlar bilan ajratib qo‘yish ma’qul. Kutubxonada yong‘inga qarshi signalizatsiya bo‘lishi shart. Yong‘in chiqishiga qarshi kurash qanchalik erta boshlansa, yong‘inni o‘chirish shunchalik oson bo‘ladi. Yong‘inni o‘chirishda eng samarali vosita yonmaydigan gaz korbanat angidrid va azotdir. Shu sababli suvdan foydalanish kitoblarga zarar yetkazishi mumkin. 1,2 million hisob birligi hajmidagi fondxonalar avtomat tarzda o‘chiradigan qurilmalar bilan jihozlanishi kerak. Fondxonada bir kishi ishlata oladigan yong‘inni o‘chirish vositalari bo‘lishi lozim. Ichki yong‘in kranlari, kigiz, qum shunday vositalar jumlasiga kiradi. Fonxona karbonat angidrit, brom etinli o‘t o‘chirgich vositasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Yong‘inga qarshi ishlar uchun javobgarlik kutubxona direktoriga yuklangan. U yong‘inni aniqlaydigan va o‘chiradigan avtomat vositalar, suv quvurlari tarmoqlari, tutun chiqadigan tuynuklar va boshqa uskunalarning soz holda turishini ta’minlaydigan javobgar shaxslarni tayinlaydi. Kutubxonaning barcha xodimlari yong‘in javobgarligi qoidalarini yaxshi bilishi loz’im. Ana shinday qoidalarga amal qilinganda kutubxonalarimizda yong‘in chiqmaydi va kitob 22 fondlarimiz uzoq-uzoq vaqtlar yaxshi saqlanib, butun ilm ahliga beminnat xizmat qilaveradi. Fondni asrash haqida g‘amxo‘rlik qilganda, fond saqlovchining ish sharoitini unutmaslik kerak. Fondni saqlashning fizikaviy, ximiyaviy, biologik rejimining buzilishi kutubxonachi uchun kasb kasalligini keltirib chiqaradi. Fondxonadagi chang, yorug‘likning yetishmasligi namlikning ortiq va kamligi sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun davlat tomonidan sanitariya-gigena tadbirlari ko‘zda tutilgan. Fond saqlash binosining yoritilish darajasi, harorat va namlik normasi insonning fiziologik ehtiyojlarini hisobga oladi. Ish jadvali yoxud yer osti binolarida joylashgan fondxonalarda ishlovchilar uchun ushbu qoidalar asosida belgilangan ish vaqti to‘rt soatdan oshmasligi kerak. Zararli binolarda – simobli, azot, fosfor kislotalari bilan ishlaydigan xodimlarga bepul sut mahsulotlari berilishi kerak. Fond gigenasi kishilar salomatligini saqlashga yordam beradi, kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalar kitoblarga zarar yetkazmaydi, ammo inson ushun yuqumli kasalliklar keltirib chiqaradigan manba hisoblanadi. Kutubxona fondining sanitariya-gigena holatini obdon kuzatib bormoq zarur, ya’ni changning muttasil ravishda yo‘qolishi, fondxona va o‘quv zali yaqinida qushlarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, binoni dezinfeksiya qilishni muntazam ravishda amalga oshirish lozim. Bolalarga xizmat ko‘rsatadigan kutubxonalarda gigena qoidalariga qattiq rioya qilish zarur. Fondni saqlash deb qulay fizikaviy, ximiyaviy va biologik rejim sharoitida maxsus jihozlangan binolarda asrash tushuniladi. Saqlash bo‘limi asosiy ombordagi fondning ahvoliga javobgargina bo‘lib qolmay, balki kutubxonaga qarashli barcha kichik fondlar uchun javob beradi. Saqlash jarayonida quyidagilar ta’minlanishi lozim: a) kitoblar buyurtmasini olish hamda talab qilingan nashrlar bilan tanishishni tezkor bajarish; b) fondni joylashtirishda binoning foydali kubometridan to‘liq foydalanish; c) kutubxona fondini saqlash; d) fondni saqlovchilar ishlashlari uchun sog‘lom sharoitni yaratish. 23 Matbuot asarlari va axborotning boshqa manbalarini shunday joylashtirish kerakki, ularni topish, javondan olish va joyiga qaytarib qo‘yishga juda kam vaqt ketsin va qiyinchilik tug‘dirmasin. Kitob saqlash bo‘limi qator vazifalarni bajaradi. Ulardan birinchisi, yangi olingan kitoblarni qabul qilish va ularni kutubxona bo‘limlari orasida taqsimlash. Kutubxona fondini saqlashni, ya’ni fondda mavjud bo‘lgan har bir nashrning butun va normal fizik holatda bo‘lishining ta’minlanishi muhim vazifa sanaladi. Saqlash bo‘limining xodimlari fondlarni asrab, binolarda qulay sharoit yaratish uchun javob beradilar. Nashrlarning o‘z vaqtida tamirlanishi, muqovalanishi va shu ishlarning ijro qilinishini kuzatib boradi, fondning biologik barqarorligi va yong‘in xavfining oldini oladi, fondda nashrlarning mavjudligini tekshiradi. Yuqoridagi mugim omillarga qattiq rioya qilingandagina bilimlar xazinasi bo‘lgan kitoblarimizni asrab, avlodlarga bekamu ko‘st yetkazib berishimiz mumkin.
Yuqoridagilardan ma’lumki, badiiy kitoblar fondning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi, ularni ham tanlab, saralab kitobxon qiziqishiga mos keladiganini olish ma’qul. Kasaba kengashining kutubxonalari, bolalar kutubxonalarini to‘ldirishda shu kutubxonalarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Kasaba kengashi kutubxonasi, odatda biron-bir korxona, tashkilotga, alohida soha kishilariga xizmat qiladi. Ushbu kutubxonada ham nashrlarni ko‘p qismi badiiy adabiyot bo‘lib qolishi bilan birga, ushbu korxonaning profiliga oid kitoblar bo‘lishi mumkin. Kitob olishda ular boshqa kutubxonalar bilan muvofiqlashib, kelishib olishlari lozim.
Ilmiy kutubxonalar o‘z fondini butlashning xilma-xil yo‘llaridan foydalanadi. Yirik ilmiy kutubxonalar majburiy nusxa olish bilan birga qo‘shimcha ravishda o‘zi ham kitob xarid qiladi. Sohasiga qarab xorijiy kitoblarni oladi. Ayniqsa vaqtli, davom etadigan va ko‘p tomli nashrlarni to‘liq to‘plashi lozim.
Universal ilmiy kutubxonalar o‘zlarining murakkab tuzilishiga qarab kitob, jurnal, gazeta, xilma-xil atlaslar, kartalar, chizmalar va hokazolarni oladi. Strukturali bo‘limlar kitob taqsimlashning aniq rejasiga rioya qiladi. Bu kutubxonalar faqatgina yangi adabiyotlar olmasdan kitobxon talabiga ko‘ra ilgari nashr qilingan kitoblarga ham ko‘proq ahamiyat beradi.
Maxsus ilmiy kutubxonalar tipiga ko‘p sohali akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-texnika kutubxonalari kiradi. Ular fantexnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy axborot berish markazlari bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p sohali ilmiy kutubxonalar fondini butlashning xususiyatlaridan biri— har bir mavzu bo'yicha kerakli kitoblarni olishdir. Chunki mazkur kutubxonalar mana shu sohadagi kitobxonlarga axborot markazi sifatida xizmat qiladi. Masalan: Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi yoki Kibernetika instituti kutubxonasi va hokazo. Bunday kutubxonalar nafaqat axborot beradi, balki faktografik ma’lumotlar ham berishga qodir. Natijada bu kutubxonalar mutaxassislar uchun katta axborot tizimiga ega bo‘lgan oz tirajli buyurtmali va bepul nashrlarga ham alohida ahamiyat beradilar. Shunga muvofiq kitob va jurnal fondidan tashqari ko‘p sohali kutubxonalar maxsus sanoat kataloglarini, xorijiy ilmiy va ilmiy-texnika adabiyotlar tarjimalarining, idoraviy adabiyotlarning, algoritmlar hamda dasturiy mahsulotlarning, ba’zan e’lon qilinmaydigan materiallarning kam nusxali fondlarini ham tashkil etadilar. Oz nusxali majburiy nusxalar (pullik va bepul) ko‘p sohali kutubxonalarni butlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi kutubxonalarni butlash xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, bu tarmoq bir necha o‘n yilliklar davomida markazlashgan sharoitda ishlamoqda. Akademiya muassasalari barcha fan va bilim sohalarini qamrab oladi va bu unga kiradigan kutubxonalardan olinadigan kitoblar mavzusini puxta chegaralab olishni talab qiladi. Fanlar akademiyasi institutlari har bir kutubxonasining o‘z butlash sohasi bo'lib, u olimlarning faol ishtirokida ishlab chiqiladi. Butlashning bunday takomiliga boshqa kutubxonalar erishgan emas. Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi fondida umumiy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar, ayniqsa asl manbalar, ilmiy konferensiya, kengashlar materiallari, ma’lumot va noyob nashrlar, qo‘lyozmalar jamlanadi. Alohida institutlarning kutubxonalari esa markaziy kutubxonadan farq qilib, o‘z sohasiga oid va ma’lumot xarakteridagi adabiyotlarni oladi.Akademiya kutubxonalari tizimi xorijiy nashrlar bilan butlashda qator o‘ziga xoslikka ega. Bu ancha murakkab jarayon, chunki juda katta miqdordagi jahon bosma adabiyotlari bilan ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, vaqtli bosma nashrlarni sotib olish butlashda katta qiyinchiliklar tug'diradi. Xorijda har yili hamma sohalarga oid 150—200 yangi nomda jurnallar paydo bo‘ladi, ularning ichidan keragini tanlab olish ancha mushkul.
Oliy o‘quv yurti kutubxonalarining fondlarini butlashda mazkur kutubxonalarning o‘ziga xos vazifalari o‘quv-tarbiya jarayoni, talaba va o‘qituvchilarni zarur kitoblar bilan ta’minlash zarurati bilan belgilanadi. Bundan tashqari mazkur kutubxonalar talabani komil inson va yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun ham qayg‘uradi. Mazkur kutubxona fondida shu o‘quv yurtining sohasi bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazmali manbalar ham to‘planadi. Bundan tashqari mazkur kutubxona maxsus, ilmiy, texnika, badiiy hamda m a’lumot nashrlarini ham oladi. Keyingi yillarda bu kutubxona fondlari sezilarli ravishda o‘zgarmoqda, ya’ni mazkur sohaga oid ilmiy nashrlar bilan birgalikda axborot vositalari ham olinmoqda. Ayniqsa, o‘quv adabiyotlariga katta ahamiyat berilmoqda. Odatda, har bir talabaga o‘quv predmeti bo‘yicha bittadan (1:1) kitob, qo‘shimcha adabiyotlar (1:2) bo‘lishi lozim.


Download 72,9 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 72,9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Axborot kutubxona fondi tushinchasi va kutubxona fondshunosligi

Download 72,9 Kb.