• II.BOB.HUJJATLARNI STABILIZATSIYA VA RESTAVRATSIYA QILISH…………………………………………………………………………..21
  • Xulosa……………………………………………………………………………28 Foydalangan adabiyotlar……………………………………………………….30 Kirish.
  • I bob. Axborot kutubxona fondi tushinchasi va kutubxona fondshunosligi




    Download 72,9 Kb.
    bet1/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi72,9 Kb.
    #234075
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Axborot kutubxona muassasalarida fondni saqlash yo\'llar


    MUNDARIJA

    Kirish………………………………………………………………………………3
    I.BOB.AXBOROT KUTUBXONA FONDI TUSHINCHASI VA KUTUBXONA FONDSHUNOSLIGI……………………………………………5
    1.1.Axborot-kutubxona fondining o‘ziga xos belgi va xususiyatlari………………..5
    1.2.Axborot-kutubxona fondini shakllantirish……………………………………12
    II.BOB.HUJJATLARNI STABILIZATSIYA VA RESTAVRATSIYA QILISH…………………………………………………………………………..21
    2.1.Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish texnologiyasi……………………..21
    2.2.Axborot-kutubxona fondini modellashtirish…………………………………26
    Xulosa……………………………………………………………………………28
    Foydalangan adabiyotlar……………………………………………………….30

    Kirish.
    Respublikamizda axborot asrida yuz berayotgan o’zgarishlar, kishilarimizning dunyo axborot olamiga kirishga bo’lgan intilishlari, qiziqish va talablarning tobora ortib borishi tasirida milliy axborot tizimini shakllantirish, axborotga bo’lgan talab va ehtiyojlarni qondirish jarayonini sifat jihatdan yanada takomillashtirish borasida davlatimizning bir qator qonuniy hujjatlari e’lon qilindi va hayotga tadbiq etildi. Kutubxonachilik ishi sohasini tubdan o’zgartirishga asos bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborotkutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi Qarorining maqsadi o’sib kelayotgan yosh avlodning intellectual ehtiyojlarini qondirishga, ma’daniy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan yangi axborot-kutubxona muassasalarini barpo etish bilan aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun shart sharoitlar yaratishga qaratildi. Qarorda mavjud kutubxonalar negizida yangidan tashkil etilgan axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarining vazifalari belgilab berildi. Ta’lim muassasalarining o’quv kutubxonalari negizida tashkil topgan axborot-resurs markazlarinig vazifasi o’quvchilarning hamda aholi turli qatlamlarining muntazam ta’lim olishini va mustaqil o’qishni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko’lamda targ’ib qilish, xalqning ma’daniy tarixiy merosidan bahramand bo’lishni taminlash, yangi axborot texnologiyalari asosida yaratilgan electron malumotlar bazalari, internet resurslari bilan aholiga axborot kutubxona xizmati ko’rsatish, barcha talim tarbiya, axborot organlari bilan hamkorlikda ish olib boorish deb belgilandi. Bundan tashqari milliy kutubxonani ham yanada shakllantirish, kitoblarni, kutubxonada mavjud barcha resurslarni to’g’ri saqlash, ularni joylashtirish, fondda qulayliklar yaratish, kutubxonada mavjud resurslarni belgilagan muddatda ko’zdan kechirib ularni restavratsiya qilish kabi muammolar ham ko’rib chiqildi. Quyida kutubxonada mavjud hujjatlar(resusrslar)ni qanday saqlash, fondni to’g’ri himoya qila olish shartlarini keltirib o’tiladi. Fondni saqlashda davlatlararo standartlar belgilangan. Ushbu standartdan foydalangan holda fondni qanday saqlash kerakligi haqida ma’lumotga 4 ega bo’lamiz. Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida olinib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo‘limlar yoki bo‘laklarga bo‘linadi. Kutubxona fondi ancha qiyin tushuncha bo‘lib, uning mohiyatini kuzatish orqali bilib bo‘lmaydi, mohiyatini bilmasdan turib fondni jamg‘arish va boshqarish mumkin emas. Fondni faqatgina tuzilma sifatida o‘rganish orqali boshqarish mumkin. Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida olinib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo‘limlar yoki bo‘laklarga bo‘linadi. Kutubxona fondlari nodir ma’naviy-moddiy boylikka ega. Shuning uchun ham fondni saqlash kutubxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida to‘plangan kitob kitob boyliklarini uzoq vaqt asl holida saqlab, avlodlarga yetkazish bizning burchimiz sanaladi. Kitob boyligini saqlash jahonning barcha xalqlari uchun katta ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega. 1954-yilda YuNYeSKO tashabbusi bilan Gaaga shahrida chaqirilgan hukumatlararo konferensiyada madaniy boylikni asrash bo‘yicha konvensiya qabul qildi. Ana shu konvensiyaga muvofiq boshqa madaniy boyliklar qatori kutubxona fondlari ham ularni yo‘qotib yuborish yoki biron-bir shaklda qonunsiz o‘zlashtirish xavfi tug‘ilgan hollarda xalqaro himoyaga olinadi. Fondlarning to‘kisligiga ularni asrash, to‘gri saqlash hamda shikastlanish omillarini bartaraf qilish orqali erishiladi. Fondni asrash deganda, kutubxona fondlari profilaktikasi hamda uning to‘kisligini muhofazalashga oid tadbirlar majmui tushuniladi. To‘g‘ri saqlash – bu fondni qulay fizikaviy-ximiyaviy sharoitlar va biologik rejimda maxsus jihozlangan binoda asrash demakdir. 1962-yilda barcha kutubxonalar uchun majburiy bo‘lgan “Kitob fondlarining saqlanishi to‘g‘risida yo‘riqnoma” qabul qilindi. Shunga qaramasdan, fondlarni saqlash muammosi haligacha hal qilingani yo‘q. Shuning uchun fondlarni uzoq saqlash qoidalarini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Kutubxonalarni birinchi navbatda zamonaviy binolarga joylashtirish lozim. Shinam, keng, yorug‘, kitob saqlash uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlari mavjud maxsus binolar hozirgi kunda ko‘plab 5 kutubxonalar uchun juda zarurdir va tez kunlarda hal etilmasa kutubxona fondlariga, bilim xazinamizdan foydalanishga ko‘p zarar etishi mumkin.
    Kutubxona fondi ancha qiyin tushuncha bo‘lib, uning mohiyatini kuzatish orqali bilib bo‘lmaydi, mohiyatini bilmasdan turib fondni jamg‘arish va boshqarish mumkin emas. Fondni faqatgina tuzilma sifatida o‘rganish orqali boshqarish mumkin. Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida olinib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo'limlar yoki bo‘laklarga bolinadi.
    Agar kutubxona fondini tizim deb olsak, unda bu tizimni tashkil etuvchi elementni topish lozim. Bu element — hujjatdir. Hujjat alohida kitob, matbuot, audivizua 1 material bo‘lishi mumkin. Tizim tushunchasi xuddi element tushunchasiga o‘xshab nisbiydir. Agar alohida kutubxona fondini tizim deb olsak, shu fondning har bir bo‘limi uning kichik tizimi hisoblanadi. Mazkur kutubxona fondi boshqa kutubxonalar fondi bilan birga qo‘shib olinsa, unda super tuzilma hosil bo‘ladi (MKS). Agar shu kutubxonalarning fondini bir tuzilma deb olsak, bitta kutubxona fondini esa kichik tizim yoki element deb olish mumkin.
    Kutubxona fondlari — kutubxona deb atalgan tuzilmaning bir qismi, ya’ni kichik tizim bo‘lib hisoblanadi. Lekin avvallari biblioteka grekcha “kitob saqlanadigan joy” degan tushunchagina bo‘lgan va faqat shu vazifani bajaradi, deb o‘ylangan, 1930-yilgacha o‘rta kitob fondiga ega bo‘lgan joyni “biblioteka” deyishgan, ko‘p kitobga ega bo‘lgan kutubxonalarni esa kitob saqlanadigan joy (книгохранилище) deb atashgan.
    Bu g‘oya juda ko‘p yillar mobaynida hukmron bo‘lib, kutubxonalarni faqat kitob saqlanadigan joyga aylantirib qo‘ydi va uning asosiy vazifasi — kitobxonlarga xizmat qilishga soya soldi. “Fond” so‘zi kutubxonashunoslikda 20-yillarda paydo bo‘lib, 30-yillarda «fondlar» atamasi qollana boshlandi. 40-yilga kelib esa fond kutubxonaning bir bolagi deb tan olindi hamda kutubxona tizimining kichik bir tuzilmasi deb aniqlik kiritildi.


    Download 72,9 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 72,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. Axborot kutubxona fondi tushinchasi va kutubxona fondshunosligi

    Download 72,9 Kb.