Uzluksiz ta`lim jarayonida boshlang`ich sinf oʻqituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligi sifatida




Download 93,55 Kb.
bet3/7
Sana29.11.2023
Hajmi93,55 Kb.
#107784
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish

1.2 . Uzluksiz ta`lim jarayonida boshlang`ich sinf oʻqituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligi sifatida. Oʻquvchida doimiy mustaqil ta‘lim olish ehtiyojini tarbiyalash, mustaqillik, faollik, sub‘ektivlik kabi shaxs sifatlarini shakllantirishga imkon beradigan oʻqitishning yangi shakllari va metodlari zarurdir. Bu vazifa boshlang`ich ta‘lim bosqichidanoq qoʻyiladi, chunki oʻqituvchilarning boshlang`ich ta‘lim davrida oʻquvchilarda shakllantiriladigan koʻnikma va malakalari butun hayot davomida foydalaniladi. Boshlang`ich sinfda bola ilk bor ta‘limda mustaqillikni namoyon eta boshlaydi va u faol fikrlash faoliyatiga hamda mustaqillikka qanchalik oʻrganishiga uning umumta‘lim bosqichidagi ta‘limining muvaffaqiyati bog`liq boʻladi. Mazkur muammoni hal etishni koʻpgina tadqiqotchilar yangi axborot texnologiyalaridan ta‘limda keng foydalanishda, ya‘ni oʻquv-tarbiya jarayonini eng yangi texnologik vositalar, birinchi navbatda kompyuter texnikasi va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish bilan tashkil etishda koʻradilar. Bolaga nafaqat kompyuter bilan oson va erkin muloqot qilishga, balki ―hamkorlikdagi‖ faoliyatning barcha natijalari uchun shunchaki insonning irodasini, rejasini bajaradigan mashina emas, insonning oʻzi mas‘uliyatga ega boʻlishini tushunishiga imkon berishi zarur. Shu tariqa, bolada oʻzining hattiharakatlari uchun shaxsiy mas‘uliyat hissi rivojlanadi.
Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib oʻquv jarayonini tashkil etishning samaradorligi asosan ikki omillar bilan belgilanadi:
- pedagogik dasturiy vositalarning sifati bilan,
- oʻqituvchiga mazkur vositalarning sifatini va uning kasbiy faoliyati doirasidagi muayyan aniq vaziyatda ularning qoʻllanilishini baholashga imkon beruvchi oʻqituvchining maxsus axborot kompetentligi bilan. Chorak asr davomida tadqiqotchilar boshlang‗ich ta‘limda pedagogik dasturiy vositalarni qoʻllashning turli jihatlarini oʻrganganlar:
- ta‘limiy, trenajer va nazorat dasturlaridan foydalanish masalalari.
- kompyuterli dars metodikasini shakllantirish, tegishli metodik majmualarni takomillashtirish va yangilarini yaratish.
Pedagogik faoliyatlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi oʻqituvchilar axborot texnologiyalardan foydalanish bilan darslarni oʻtkazishi oʻquv jarayonini takomillashtirish va faollashtirishga; oʻquvchilarda aqliy va amaliy hatti-harakatlarni bajarishga ijobiy motivatsiyani yaratishga; turli analizatorlarga ta‘sir etish hisobiga bilimlarni oʻzlashtirish jarayonini ahamiyatli oshirishga; qoʻlning mayda motorikasini, diqqatni va taktil xotirani rivojlantirishga yordam berishga; darsda vaqtdan optimal foydalanishga va hokazolarga imkoniyatlarga erishgan. Boshlang`ich ta‘lim oʻquv jarayonida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish maqsadi avvalo quyudagilardan iborat:
- oʻrganilayotgan hodisa va jarayonlarni namoyish etish uchun; - yangi materialni oʻrganish va mustahkamlash uchun;
- oʻrganilgan materialni mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni hosil qilish uchun;
- bilim, koʻnikma va malakalarni tekshirish va baholash uchun; Amaliyotning koʻrsatishicha, axborot kompetentlikka ega oʻqituvchi tomonidan darsda sifatli pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishi boshlang`ich ta‘limda oʻqish jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. Tadqiqotchilar pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish bilan oʻqish jarayonining samaradorligini oshirishning quyidagi tashkil etuvchilarini ajratadilar:
- doimiy qayta aloqani tashkil etish.
Oʻquvchilarda zaruriy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish jarayonini muvaffaqiyatli boshqarish uchun oʻqituvchi pedagogik ta‘sir koʻrsatishning natijalari qandayligi toʻg`risidagi ma‘lumotga ega boʻlishi, ya‘ni doimiy qayta aloqaga ega boʻlishi kerak. Qayta aloqali tizim oʻz ichiga bevosita aloqa, qayta aloqa va bevosita aloqani korreksiyalashni kiritadi. Har bir darsda qayta aloqa joriy nazorat shaklida amalga oshiriladi. Undan tizimli foydalanish oʻqituvchiga avvalgi material qanday oʻzlashtirilganligini, bolalar dars davomida oʻquv materialining mazmunini qanday oʻzlashtirayotganliklarini tekshirish, oʻquvchilarning bilimlaridagi boʻshliqlarni aniqlash va mazkur boʻshliqlarni bartaraf etish yoki kamaytirishga qaratilgan tegishli korreksiyani amalga oshirish imkonini beradi. Ammo sinf bilan ishlashda oʻqituvchi har bir oʻquvchining oʻquv faoliyatining alohida doimiy operativ nazoratini amalga oshirish imkoniga ega boʻlmaydi. Bu ayniqsa boshlang`ich ta‘limda oʻtkir muammoli masala hisoblanadi. kichik yoshdagi oʻquvchilar oʻqishda еtarli tajribaga va bilimlarga ega boʻlmay, mazmunida va bajarish metodlarida koʻpgina xatoliklarga yoʻl qoʻyishlari mumkin. Vaqtida toʻg`rilanmagan xatoliklar esa bartaraf etish qiyin boʻladigan oʻzlashtiriladigan bilimlar sohasidagi notoʻg`ri tasavvurlarni mustahkamlaydilar. Boshlang`ich ta‘limda joriy nazoratning eng keng tarqalgan shakli soʻrov hisoblanadi. Individual soʻrov oʻqituvchiga oʻzlashtirish darajasi toʻg`risida toʻliq va aniq ma‘lumotlarni olishga imkon beradi, ammo koʻp vaqtni talab etadi, oʻquvchilarning diqqatlarini tarqatib yuboradi. Bunda soʻralganlarning tanlovi faqatgina bir necha oʻquvchilarni tashkil etadi va bu umuman butun sinfning materialni oʻzlashtirganligi toʻg`risidagi tasavvurga ega boʻlish imkonini bermaydi. Natijada oʻqituvchi oʻqitish korreksiyasini еtarlicha samarali amalga oshira olmaydi.
Frontal soʻrov bir vaqtda barcha oʻquvchilarni qamrab oladi, ammo bilimlarni oʻzlashtirishning koʻproq yuzaki tavsirini hosil qiladi. Bundan tashqari, agar soʻrov tezkor sur‘atda amalga oshirilsa, fikrlashning sustlashgan turiga ega oʻquvchilar oʻqituvchining bergan savollarini anglashga ulgurmaydilar va oʻzlarini passiv tutib, darsda yuz berayotganlarga qiziqishlarini yoʻqotadilar. Agar soʻrov sust ta‘sirlanishga ega oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan boʻlsa, unda faol ta‘sirli oʻquvchilarning darsga qiziqishlari yoʻqoladi. Og`zaki soʻrovning mazkur kamchiliklarini yozma ishlar ahamiyatli darajada bartaraf etadi. Ammo bunda ham oʻz kamchiliklari mavjuddir. Masalan, nazoratning ob‘ektivligi darajasini tashqi yordam pasaytiradi. Yozma ishlar oʻqituvchining darsdan tashqari koʻp vaqtini talab etadi va oʻquvchilar oʻz ishlarining natijalarini faqatgina keyingi haftada yoki undan ham kech bilishlari mumkin boʻladi. Shunga koʻra, ommaviy amaliyotda oʻqituvchi tomonidan uning boshqaruvchi ta‘sirlarining natijalari toʻg`risida joriy axborotni operativ olishi sodir boʻlmaydi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan oʻqitishni tashkil etish doimiy toʻliq nazoratni amalga oshirishga imkon beradi va bunda nafaqat oʻzlashtirish natijalarini, balki jarayonning oʻzini nazorat qilish mumkin boʻladi.
Oʻquvchi bajariladigan topshiriqlarning natijasini va yoʻl qoʻyilgan xatolarning sonini dastur bilan ishlash vaqtida va ish yakunlanishi bilan yakuniy natijani koʻradi. Qayta aloqani bunday qurish ma‘lumotni oʻzlashtirishning toʻg`riligini ta‘minlaydi, ta‘lim oluvchiga u amalga oshiradigan faoliyatning har bir bosqichini anglashga imkon beradi, kichik maktab yoshidagi bolalarda shakllanganlik darajasi еtarli boʻlmagan, uning oʻz-oʻzini nazorat qilishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga ishonchini hosil qiladi. Bolada refleksiya – oʻz faoliyati usullari, hattiharakatlari prinsiplarini anglash shakllanadi. Kompyuter oʻquvchilarning javoblari toʻg`risidagi ma‘lumotlarni jamlab borishi mumkinligi sababli, oʻqituvchi har bir oʻquvchining materialni oʻzlashtirishining barcha bosqichlarining nazoratini amalga oshirish imkoniga ega boʻladi. Dasturning nafaqat xatoni, balki uning xususiyatini ham aniqlashi, oʻquvchi duch keladigan qiyinchiliklarni yanada aniqroq belgilashga va eng erta bosqichlardan korreksion ishlarni yanada toʻg`ri oʻtkazishga imkon beradi. Qayta aloqaning bunday xususiyati oʻqituvchiga ta‘lim oluvchiga individual yondashuv boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga, ta‘lim oluvchilarning faoliyatlariga tuzatishlar kiritishga sharoit yaratadi. Bunda oʻqituvchining yozma ishlarga sarflanadigan koʻpgina vaqti tejaladi. Individuallashtirish asosida oʻqitishni faollashtirish. An‘anaviy oʻqitish metodikasida barcha oʻquvchilarning bilishga iod faolliklarini katta qiyinchilik bilan ta‘minlashga erishiladi. Mavjud amaliyot natijasida butun sinf oʻquvchilari uchun yagona pedagogik maqsadlar qoʻyiladi va ular bir xil yoʻllar bilan oʻquv vaqtining bir xil hajmida erishiladi. Bunda xotira turi, idrok. tafakkur, diqqat, qobiliyatlar, tayyorgarlik darajasi, shaxs sifatlarining individual xususiyatlari doim ham inobatga olinmaydi. Natijada koʻpgina oʻquvchilar kuchlari va imkoniyatlari toʻliq ishga sola olmaydilar: ba‘zilari material ularga tanish boʻlganligi yoki topshiriqlar juda sodda boʻlganligi uchun, boshqalari, ularga tushunarli boʻlmaganligi va ular qanchalik urinsalar ham belgilangan vaqtda oʻquv topshirig‗ini bajara olmasliklari, uchinchilari esa xayollari chalg‗iganligi sababli fikrlash izchilligini yoʻqotganliklari sababli.
Oʻqituvchi ―oʻrtacha oʻquvchiga yoʻnaltirilganligi vaziyatida intellektual tengsizlik yana ham murakkablashadi, zaif oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarning ongida notoʻliqlik hissiyoti shakllanadi, ―kuchlilar oʻz qobiliyatlarini toʻliq maromda ishga solish imkoniga ega boʻlmaydilar. Sinf-dars tizimi sharoitlarida ta‘limiy dasturlardan foydalanishda qiyinchiliklar darajasining turli yoʻnalishlari boʻyicha bosqichma-bosqich ilgarilash hisobiga muayyan fandan ma‘lumotlilik va qobiliyatlilik darajasi bilan ajralib turadigan oʻquvchilarning tabaqalashtirilgan ishlarini tashkil etish mumkin boʻladi.
Ta‘limiy dasturlar doimiy qayta aloqa evaziga zarur boʻlganda oʻquv materialining ixtiyoriy qismiga qaytib har bir oʻquvchiga oʻz bilimlarini tuzatishga yordam beradi. Shunga koʻra, pedagogik dasturiy vositalar an‘anaviy sinf-dars tizimini buzmasdan oʻganiladigan material boʻyicha individual ilgarilash uchun sharoitlar yaratadi. Oʻqish motivatsiyasini oshirish. Koʻp sonli tajriba-sinovlar ma‘lumotlariga koʻra boshlang‗ich ta‘lim oʻquv jarayonida kompyuterlardan foydalanishda oʻqitish motivatsiyasining oshishi kuzatiladi. Jumladan, oʻquvchilarning kompyuter dasturlari bilan qoʻllabquvvatlanadigan fanga qiziqishlarini ahamiyatli oshirish kuzatilgan. Agar 6 yoshli bolalarda yangilik, oʻyin motivi yorqin ifodalangan boʻlsa, unda kattaroq yoshdagi oʻquvchilar kompyuterni darsga kiritish ta‘lim olishning intensivligini oshirishini tushunadilar: yozish operatsiyalarini bajarish zarurati yoʻqoladi, zaruriy mashq qilish hajmini oshirish imkoni paydo boʻladi, diqqat topshiriqning mohiyatiga jamlanadi. Oʻqitishning qulayligini oshirish. Tadqiqotchilarning fikrlariga koʻra, oʻquvchiga oʻquv maqsadlariga erishishda muvaffaqiyat hissini boshdan kechirishga imkon beruvchi muhitni yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan kichik maktab yoshida bolada maktabga nisbatan muayyan munosabat, oʻqish istagi yoki istamaslik holadi yuzaga keladi, bu davrda oʻz-oʻzini baholash katta oʻzgaruvchanlikka ega boʻladi.

Download 93,55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 93,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzluksiz ta`lim jarayonida boshlang`ich sinf oʻqituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligi sifatida

Download 93,55 Kb.