|
I-bob. Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish
|
bet | 1/7 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 93,55 Kb. | | #107784 |
Bog'liq Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish
Mundareja: Kirish………………………………………………………………………………..2
I-BOB. Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish
1.1. Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonlik...................................4
1.2 . Uzluksiz ta`lim jarayonida boshlang`ich sinf oʻqituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligi sifatida …………………….….……….……...7
II-BOB. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kompyuterdan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish
2.1. Oʻquv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yoʻnalishlari va uni tadbiq etish………………………………………………………………………12
2.2. Boshlang`ich sinf oʻqituvchilarini me`yoriy xujjatlarini tayyorlashda word dasturidan foydalanishni oʻrgatish ……………………………………….…....26
2.3. Boshlang`ich sinflar bilan Powerpoint dasturida ishlash. ……….………30
Xulosa ……………………………………………………………………..……..34
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………......35
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Fan va texnika jadal sur‘atlar bilan rivojlanayotgan, axborot oqimlari kengayib borayotgan bu davrda ta‘limda sinf–dars tizimini qayta kо`rib chiqish va unga ishlov berishga ehtiyoj tug`ilmoqda. Xususan, darslarda axborotkommunikasiya vositalarini qо`llash va shu orqali ularning natijalarini kafolatlash lozimligi yanada yaqqol namoyon bо`lmoqda. Ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarishning bugungi yuksak taraqqiyoti о`z-о`zidan yangi ijtimoiy talablarni kun tartibiga qо`ymoqda. Boshlang`ich sinf о`qituvchisining kasbiy salohiyati va ma‘lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang`ich ta‘lim metodikasini bilishi, ta‘lim – tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq eta olishi ta‘lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu Kurs ishida bо`lajak boshlang`ich sinf о`qituvchilarining zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish, о`quv uslubiy ta‘minotini yaratish muammolari yoritilgan.
Dunyoda axborot maydonining kengayib borishi insoniyat faoliyatining barcha jabhalarida axborot texnologiyalarini qoʻllash ehtiyojining oshishiga turtki boʻlmoqda. Atrof-muhit, voqea xodisalar toʻg`risidagi ma‘lumotlarni bilishda va ular toʻg`risida axborot olishda axborotlarni tarqatishga, saqlashga va h.k ga xizmat qiluvchi mashinalar, apparatlar, oʻlchov asboblari, texnologik jarayonlarning oʻrni muhim. Xususan, boshlang`ich sinf matematika darslarida informatika fani sohasiga oid еng sodda dastlabki bilimlar beriladi. Boshlang`ich sinf oʻquvchilarini axborot texnologiyalari ta‘limiga tayyorlashga qaratilgan dasturlarning asosiy maqsadi oʻquvchilarda axborot tushunchasiga oid boshlang`ich tasavvurlarni shakllantirish va kompyuterdan foydalanishdan koʻra koʻproq axborot bilan ishlash malakalarini hosil qilishdan iborat.
|
| |