|
II-BOB. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kompyuterdan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish
|
bet | 4/7 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 93,55 Kb. | | #107784 |
Bog'liq Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonligini shakllantirishII-BOB. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kompyuterdan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish
2.1. Oʻquv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yoʻnalishlari va uni tadbiq etish. Oʻzbekistonda axborotlashtirish jarayonida uning ham jamiyat, ham shaxsning oʻrni beqiyosdir. Axborotlashtirish har bir istagan sohasini tubdan oʻzgartirish qobiliyatiga ega. Bunday sharoitda jamiyatdagi har bir shaxsning barkamollik sari intilishlari roʻyobga chiqadi. Chunki kerakli axborotlarni oʻz vaqtida olish bilan birga ulardan toʻg‗ri foydalana olish insonni ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga sabab boʻladi. Axborot texnologiyalari qoʻllanadigan darslarning qulayligi shundaki, unda oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, oʻzini - oʻzi boshqarish, yangi bilimlarni oʻzlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda oʻquvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.
Axborot texnologiyalarining ta‘lim jarayoniga kirib kelishi bilan ―Inson va kompyuter muammosi markaziy muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Ta‘lim jarayoni - axborot, ayniqsa, uning oliy shakli boʻlmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonidir. Bu jarayonning toʻg`ri, maqsadli tamonga qaratilgan yoʻnalish, imkoniyatlarini topishga toʻg`ri keladi. Ta‘lim tizimi oldida keng oʻquvchilar ommasini axborot olish va qayta ishlash madaniyatini oʻstirish va shakllantirishdek vazifalar turibdi. Pedagog bolalarga axborot uzatish jarayonida ularga ta‘limiy va tarbiyaviy ta‘sir etib boradi. Bu jarayonning muvaffaqqiyatli kechishida oʻqituvchining oʻzi tobora maslahatchiga, yoʻl–yoʻriq koʻrsatuvchiga, oʻquv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi. Oʻqituvchi axborot egasi, tarqatuvchi funksiyalarni axborot texnologiyalari zimmasiga yuklab boradi. Bunda bosh masala bilimlar olarniga kirish, u bu olamning resurslaridan qanday foydalana olish va oʻzlashtira olishiga bog`liq boʻlib qoladi.
Oʻquvchi axborot ummonida yangicha qoidalarni oʻrganishi, barcha oʻquv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur boʻladi. Ta‘limda oʻqitishning va bilimlarni oʻzlashtirishrishning nutq, soʻz, tovush bilan bog`langan usullari ikkinchi navbatga oʻtib, oʻqitishning tasavvurlar, shakllar, rang, tasviriy koʻrsatuvlar bilan bog`liq usullari birinchi oʻringa oʻta boshlaydi. Global kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi kishilar muloqotining kitob, gazeta va televideniedan farq qiluvchi yangi oʻziga xos usul va shakllarini vujudga keltirmoqda. Bu usullar endi kishilik munosabatlarining yangi shakllari, faoliyatlarining yangicha turlari, tafakkur qilish va oʻzini – oʻzi anglashning oʻzgacha tarzi bilan xarakterlanadi. Axborotlar ustida ish olib borish, ularni uzatish va foydalanuvchiga axborotlarni еtkazish axborot – kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshiriladi. Bunda kompyuter va inson oʻrtasida oʻzro kommunikatsiya oʻrnatiladi. Shuni ta‘kidlab oʻtish lozimki, pedagogik jarayonda kommunikatsiya ushbu jarayonning eng muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Ba‘zi hollarda muloqot va kommunikatsiya oʻzoro sinonim tarzida qoʻllanilib kelinadi. Ba‘zi adabiyotlarda ular quyidagicha farqlanadi.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasida axborot ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (oʻzaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi. Kommunikatsiya – jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar oʻrtasida axborot almashinuvini anglatadi. Insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi bu - kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar oʻrtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda boʻlish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot – odamlar oʻrtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‗lanishlar rivojlanishining koʻp qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasida axborot ayiraboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunday axborot ayirboshlash munosabatining kommunikativ shakli sifatida ta‘riflanadi. Odamlar muloqotga kirishayotganda ular tildan foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi jihati – muloqotga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati – nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki, xatti – harakatlar bilan ham bir – birini tushunishdan iborat. Ta‘lim jarayoni – bu avvalo axborot almashinish jarayonidir. Oʻqituvchi oʻquvchiga bilimlarni ma‘lum qiladi (tegishli axborot beradi) va oʻz navbatida teskari aloqa tarzida undan bayon qilingan bilimlar qanday oʻzlashtirilganligi haqida tasavvur hosil qiladigan axborot oladi. Bu axborot oʻquvchilarning diqqat bilan oʻtirishlarida, oʻqituvchiga qarab turishlarida, yuz ifodalarida oʻz aksini topadi. Agar teskari aloqa boʻlmaganda edi, oʻqituvchi bergan axborotining oʻquvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini bilmagan boʻlar edi. Teskari aloqa oʻqituvchiga oʻz nutqini davom ettirish yoki toʻxtatish, ish turini oʻzgartirish, umuman, faoliyatini korrektura qilish imkonini beradi. Xuddi shu kabi kompyuter va ta‘lim oluvchi oʻrtasida kommunikatsiyanining samaradorligini belgilovchi va natijalarini kafolatlovchi oʻqituvchi hisoblanadi. Kommunikatsiya (lot communikatio) – informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladigan kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondashiladigan kommunikatsiya aloqa ham deb ataladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy kommunikatsiya turi bor:
Inson – inson;
Inson – mashina;
Mashina – inson;
Mashina – mashina.
Texnikaviy darajadagi kommunikatsiya jarayonlarida turli xil sun‘iy tillardan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiya guruh yoki tashkilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida aloqa almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi kommunikatsiya asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi katta ahamiyatga ega. Guruh ichidagi kommunikatsiya uchun shu guruh yoki a‘zolari oʻrtasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli . Ta‘lim jarayoni kommunikatsiya va qaytar aloqa singari oʻzaro ta‘sir jarayonlaridan iborat. Bu jarayon muvaffaqiyatli boʻlishi uchun u albatta qayta aloqaga ega boʻlishi - sub‘ekt oʻzaro ta‘sir natijalari haqida axborot olishi kerak.
Kommunikator oʻzi uzatgan axborotni retsipient (qabul qiluvchi) qanday qabul qilishini va qanday munosabatda boʻlayotganligini qayta axborot ma‘lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish birbirini tushunishning asosiy shartidir. Agar oʻqituvchi oʻquvchilari uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa, pedagogik munosabat samarali natija bermaydi. Ta‘lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamon talabidir. Oʻqitishning zamonaviy usullari va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllamasdan turib, oʻqituvchi oʻz kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta‘limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini toʻg`ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Axborotlar oqimining ortib borishi va ta‘lim metodlarining murakkablashishi bilan ta‘limni asosan an‘anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari oʻquv jarayonida alohida ahamiyatga ega boʻlib, ta‘lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlarni taqdim qiladi:
- differensial va individual oʻqitish jarayonini tashkil qilishi;
- teskari aloqa bog‗lashi: oʻquvchilarning oʻzini-oʻzi nazorat qilish va tuzatib borishi; darslarda animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanilishi;
- oʻquvchilarga fanni oʻzlashtirish uchun koʻnikmalar hosil qilishi va hokazo. Bilishning asosini amaliyot tashkil etadi. Axborot texnologiyalari esa ana shu jihatdan ham oʻz ustunligiga ega. Oʻrganilgan nazariy bilimlarning texnik vositalar asosida amaliy jihatdan ham yoritib berish imkoniyatining mavjudligi oʻquvchilarning ta‘lim jarayonida yanada faol ishtirok etishini ta‘minlaydi. Axborotni qabul qilish va oʻzlashtirish, ikki tomonlama muloqot (oʻqituvchi va oʻquvchi, oʻquvchi va oʻquvchi oʻrtasida)ni samarali tashkil etish oʻquvchilar faolligining yuqori boʻlishini talab etadi. Oʻquv-tarbiya jarayonida axborotmetodik ta‘minotini amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning bajaradigan asosiy vazifasi - ikki tomonlama muloqotni ta‘minlashdir. Teskari aloqasiz, oʻqituvchi va oʻquvchi orasidagi doimiy muloqotsiz oʻqitish mumkin emas. Bu jarayonning samarali tashkil etilishida oʻquv-biluv motivlari alohida oʻrin kasb etadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa oʻz navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, koʻrgazmaliligi, ya‘ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta‘lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish oʻquvchilarda ta‘limga boʻlgan qiziqishni va bilim olishga boʻlgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni oʻstirishga, uni qoʻya bilishni oʻrgatishdan iborat. Axborotlashtirish axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui boʻlib, tegishli texnik, bazani yaratish, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy islohotlar qilishni oʻz ichiga oluvchi jarayon boʻlib, u ta‘limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Insoniyatning axborot ishlab chiqarish boʻyicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlanishini ta‘minlaydi. Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat koʻrsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma‘qul yoʻllarini ta‘minlab beradi: - manba va unda kechadigan jarayon toʻg`risidagi ma‘lumotlarni qayta ishlash; - jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma‘lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish.
Oʻqitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, oʻquvchiga oʻqituvchi va (yoki) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar qilinadigan bilimlarni oʻzlashtirishni hamda ta‘lim oluvchining oʻrganilgan materialni qayta yaratish, uni oʻxshash (analogik) vaziyatlarda qoʻllashga oid faoliyatini tashkil qilishni koʻzda tutadi. Mazkur metodni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan qoʻllash ta‘lim jarayonini tashkil qilish sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersa-da, biroq oʻquv jarayonini an‘anaviy qoʻllanadigan sxemadan (axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan oʻzgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan muammoli xamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish koʻproq oʻzini oqlaydi. Oʻqitishning muammoli metodi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining oʻquv jarayonini qandaydir muammoni qoʻyish va uni hal qilish еchimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta‘lim oluvchilarning bilish faolligini oshirishga maksimal darajada koʻmaklashishdan iborat. Ta‘lim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning еchilishi, shuningdek, qoʻyilgan muammoni hal qilish uchun zarur boʻladigan qator qoʻshimcha bilimlarni olish va tahlil koʻzda tutiladi. Bunda axborotni toʻplash, tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid koʻnikmalarni egallashga alohida e‘tibor karatiladi. Eng soʻnggi texnik yutuqlar koʻpincha ta‘lim jarayonida oʻzining munosib oʻrnini egallagan, bu ma‘noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas. Oʻquv jarayonida kompyuterlardan foydalanish boʻyicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta‘lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda oʻqituvchining har bir ta‘lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini ta‘minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soʻz, raqam, tasvir, tovush va boshqa koʻrinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan bog`liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) imkoni mavjudligidir. Oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur koʻnikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yoʻllarini ochib beradi, ta‘limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari dars va mustaqil mashg`ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, oʻrganiladigan axborotning katta oqimini oson oʻzlashtiriladigan qilish imkonini beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta‘limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta‘limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta‘lim oluvchining xattiharakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta‘lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag`ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televidenie va kinofilmlardan farqli oʻlaroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta‘lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta‘lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega boʻlgan ta‘lim oluvchilar uchun yanada murakkab va oʻta murakkab materialga oʻtish imkoniyatini ta‘minlaydi. Bunda individual sur‘atlarda oʻqitish oson va tabiiy tarzda amalga oshiriladi. Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta‘limni asosan an‘anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda.
Murakkab muammolarni tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi dastlabki ma‘lumotlarni foydali umumlashtira olish qobiliyati - bularning hammasi katta ahamiyat kasb etib, oʻquvchilardan yanada faol boʻlishni talab etadi. Aynan, shu nuqtai nazardan kompyuter ta‘lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar taqdim qiladi. Oʻqitish (mustaqil oʻqishdan farqli oʻlaroq) ta‘rifiga muvofiq muloqotli hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarning samarali oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻquv faoliyatining keng jabhali turlarini salohiyati, axborotni qabul qilish va oʻzlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog`liq boʻlmoqda. Elektron resurslarining afzalliklari qatoriga axborotlarning jamlanganligi, koʻrgazmaliligi, ya‘ni turli xil taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi, animatsiyalardan foydalanganligi, ta‘lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish jihatlarini kiritish mumkin. Bu oʻquvchilarda ijodiy fikrlashni, tarbiyaviy koʻnikma va malakalarni rivojlantirish orqali resurslarni har tomonlama chuqur oʻzlashtirilishiga imkoniyatning mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta‘lim-tarbiya jarayonlariga axborot texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
• yangi axborot texnologiyalarini ta‘lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish;
• ta‘lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini loyihalash va qoʻllash;
• foydalanuvchilarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va koʻnikmalarini shakllantirish;
• zamonaviy texnologiyalar negizida ta‘lim va tarbiya jarayonlaridagi samaradorlikni kafolatlash.
Axborot ta‟lim muhiti (ATM) – bu oʻrganuvchi, oʻrgatuvchi (oʻqituvchi) va axborot texnologiyalari vositalari oʻrtasidagi oʻquv axborotli xatti – harakatlar jarayoni paydo boʻlishi va rivojlanishiga imkon beruvchi shart – sharoitlari majmuasi hamda muayyan oʻquv kursi boʻyicha predmetli mazmuni muhiti komponentlari (kompyuterga ulashuvchi turli xil oʻquv, namoyish qiluvchi jihozlar, dasturiy vositalar va tizimlar, oʻquv koʻrgazmali va boshqalar) jamlangan sharoitda oʻrganuvchining (oʻrgatuvchining ham) faol bilish faoliyatini shakllantirish jarayonidir. ATM ning maqsadi: shaxsning ijodiy tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirish asosida ta‘lum oluvchilarga bilimlarni mustaqil egallash va ularni sifatli oʻzlashtirish uchun shart – sharoit yaratish hamda oʻqitish natijalarini tahlil qilishni avtomatlashtirishni ta‘minlash4. Ta‘lim jarayonida AKT lar salbiy holatning yuzaga kelishiga sabab boʻlmasligi uchun tashkilotchisi va boshqaruvchisi hisoblangan oʻqituvchi oʻquvchilar jamoasi kishilardan tashkil topganligini unutmasligi har bir oʻquvchi shaxsini e‘tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Oʻquvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga boʻlsada yoʻqolishi, og‗ir oqibatlarni vujudga keltiradi. Jarayonning toʻg`ri tashkil etilishi bevosida pedagogning vazifalarini aniqlab olish va bajarilishining ta‘minlanishiga bog`liq. Axborot, uni olish vositalari va oʻqitish dasturlariga boy. Bunday oʻquv muhitida oʻqituvchining roli qanday? Birinchidan, an‘anaviy oʻqitishdagi oʻqituvchining bilim berish vazifasi oʻrniga oʻquv jarayonini boshqarish, oʻquv dasturlarining barcha bosqichlarida oʻquvchiga maslahat berish, uning bilimi sifatini nazorat qilish vazifasi yuzaga keladi. Ikkinchidan, tarbiyalash vazifasi.
Ta‘lim bu - professional va shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi murakkab va koʻp qirrali jarayon. Shaxsni tarbiyalash jarayonidagi «jonli» muloqot insoniyat jamiyatining mavjudligi asosidir. Ta‟limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashda pedagogning asosiy vazifalari. Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan – yangi vazifalarni yuklamoqda. Ushbu tarmoqni еtuk malakali kadrlar bilan ta‘minlash zamon talabi boʻlib, talimda axborot texnalogiyalarini qoʻllash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi:
- axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;
- fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar;
- axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari;
- sun‘iy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullari;
- axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalari;
- oʻquv materiallari haqida axborotli ma‘lumot tizimini bilish va qoʻllay olish;
- universal va muammoli-masofali axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarni;
- axborotni modellashtirish asoslari;
- oʻqitish va nazorat qilishning avtomatlashtirish tizimi;
- global internet kompyuter tarmog‗idan foydalanish;
- oʻquv jarayonida amaliy dastur paketlarini qoʻllash;
- oʻquv jarayonida elektron pochtadan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlish.
- diskka yozilishi moʻljallangan oʻquv predmeti strukturasi, mazmunini ishlab chiqish.
- mustaqil ishlash, oʻzlashtirish va mustahkamlash uchun savollar toʻplarnini ishlab chiqish.
- bilimni sinash uchun test savollarini tuzish, sinov va imtihonlarni oʻtkazish.
- materialni chuqur oʻrganish uchun manbalar roʻyxati, adabiyotlar katalogi, ijodiy ishlar mavzularini ishlab chiqish.
- telekonferensiyalar uyushtirish, faol muhokamani tashkil etish, referat, mustaqil ishlar uchun mavzular roʻyxatini tayyorlash.
- oʻquv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash shakllarini aniklash.
- oʻqitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish boʻyicha taklif berish.
- nazorat ishlarini oʻtkazish.
Ta‘kidlash joizki, ta‘lim va tarbiya elektron resurslar pedagoglar imkoniyatlarini oshiruvchi vosita boʻlib xizmat kiladi, lekin ular pedagog oʻrnini bosa olmasligi tabiiy. Kompyuter va kishilarning birgalikdagi faoliyatida kishilar ehtiyoji oʻz aksini topadi. Bunda ushbu jarayonning boshqaruvchisi boʻlgan pedagog ta‘lim oluvchi maqsadlarini ma‘lum bir asosda yoʻnaltirib boradi. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida roʻy beradi. Bu jarayon esa ta‘lim oluvchi va kompyuter oʻrtasida oʻzgacha tarzda namoyon boʻladi. Bunda oʻqituvchi oʻz vazifalarining bir qismini kompyuter zimmasiga yuklaydi, ammo, boshqaruvchilik rolini oʻzida saqlab qoladi. ―Teskari aloqa‖ turlarini ham belgilab boradi. Ya‘ni kompyuterda natijalarning qayd qilib borilishi, nazoratlarning olib borilishi va shu asosda oʻquvchilarning bilimini nazorat qilib borishi kabilar. Texnologiyalar takomillashib borgani sari oʻqituvchining roli ta‘lim jarayonini boshqarish boʻlib qoladi. Lekin bu holat oʻqituvchining ta‘limdagi oʻrnini hech kamaytirmaydi va uni chetga surib chiqarmaydi. Ta‘lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish oʻqituvchi vazifasini tubdan oʻzgartiradi. An‘anaviy ta‘limda oʻqituvchining vazifasi axborot berish (mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash va h.k.) boʻlsa, axborotkommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanganda bu vazifalarni kompyuter bajaradi (oʻquv materiali kompyuter xotirasiga yoki SD disklarga kiritilgan boʻladi), oʻqituvchining asosiy vazifasi oʻquvchining anglash faoliyatini boshqarish, oʻquv jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish boʻladi.
Axborot texnologiyalari, kompyuterlashgan darslarning oʻziga xosliklari mavjud va quyidagilardan iborat:
- oʻquv materiallari alohida – alohida boʻlaklarga (bloklarga) boʻlinadi.;
- oʻquv jarayoni ham ketma –ket olib boriladi. Oʻquv materiali ma‘lum boʻlaklarda fikr yuritib oʻzlashtirishga moslashtiriladi;
- oʻquvchining oʻzlashtirishdagi har bir harakati nazoratga olinib, monitoring yoʻlga qoʻyiladi.
- oʻquv – vazifani bajarib boʻlishi bilan oʻquvchini oʻzlashtirish uchun navbatdagi vazifa berib boriladi. Shu tariqa bosqichma – bosqich oʻzlashtirishga muhit yaratilib boriladi.
- vazifalarni bajarishda oʻquvchi notoʻg`ri javob qilsa, oʻsha zahotiyoq yordam koʻrsatiladi.
- bunday tashkil etilgan darslarda har bir oʻquvchi alohida – alohida mustaqil ish yuritadi, shu asosda har bir oʻquvchi oʻz imkoniyat darajasida oʻquv materiali va mazmunini oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladi.
- masalaning yana bir jihati shundaki, berilgan mavzu materiali mazmuni, bajariladigan natijalar oʻquvchiga ham, oʻqituvchiga ham ayon boʻladi.
Ta‘lim jarayoniga kompyuter texnikasining kirib kelishi ta‘lim mazmunini yanada boyitdi. Xususan,
―Masofaviy ta‘lim,
―Media ta‘lim,
―Internet forumva boshqalar.
Bunda eng asosiy e‘tibor ta‘lim oluvchilarning mustaqil ta‘lim olishlariga qaratiladi. Ushbu jarayonda esa oʻquvchilarning ta‘limga boʻlgan qiziqishlari, oʻquv – biluv motivlari muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyasi, kompyuterlar yordamida darslarning sifat koʻrsatkichlari quyidagi asosiy faktorlar bilan aniqlanadi:
- oʻquv dasturining sifatli shakllantirilganligi;
- kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari;
- shaxsning kompyuter imkoniyatlaridan oʻzlashtirib olish malakalarining shakllanishi Ta‘lim jarayonida axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e‘tibor qaratish kerak:
- ta‘lim oluvchilarda oʻquv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi, - Kompyuter bilan oʻzaro muloqot jarayonida oʻquv materiallarini oʻzlashtirish bosqichi;
- Oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi;
- Erishilgan yutuq va natijalarini oʻzini – oʻzi tekshirish orqali nazorat qilish bosqichi;
- Nazorat bosqichi;
- Oʻzini – oʻzi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga koʻra oʻquv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi. Ta‘limda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tashkil etilgan darslardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Uning oʻquv-tarbiyaviy jihatlari:
- oʻqituvchi oʻquvchi bilimining hajmi va toʻg`riligini emas, balki anglanganlik darajasini hisobga oladi;
- hozirjavobligi va bilimni amaliyotga tatbiq qila olish darajasini tekshirish;
- oʻquvchi javoblariga uning ijobiy va salbiy tomonlarini koʻrsatib taqriz berish;
- ayrim oʻquvchilarning bilimini tekshirishda butun sinfning faol ishtiroki. - kompyuter vositalarini qoʻllashning yana bir muhim jihati jamoaviy tadqiqot xarakgeriga ega boʻlgan innovatsion metodlardan foydalanishdir.
Bu metodlar oʻquvchining mustaqil ijodiy faoliyatida muammolar еchimini izlash va mustaqil qaror qabul qilishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Bunday darslarda oʻquvchilarga «ijodiy ish» berish mumkin. Bu ularning bilimni chuqur egallaganliklarini namoyish etish imkonini beradi. Bunda oʻqituvchi va oʻquvchilarga multimedia yordamga keladi. Bu vazifani bajarishda musiqa, video, rasmlardan foydalanish ularning oʻtilgan mavzuni qanday eshitish va koʻrishlarini namoyon etadi. Oʻquv jarayonida oʻqitishning texnik vositalaridan faol foydalanilishiga qaramasdan, ular yordamchi didaktik vosita hisoblanadi. An‘anaviy ta‘limda oʻqituvchi bilim beruvchi sifatida asosiy rol oʻynaydi. Oʻqituvchining oʻquvchilar bilan muloqoti axborot uzatishning asosi hisoblanadi. Oʻqitishning oʻqituvchi va oʻquvchining muloqotiga asoslangan an‘anaviy usullaridan foydalanish texnika qanchalik mukammal boʻlmasin, faoliyat toʻg`ri tashkil etilmasa yaxshi natija bermaydi. Albatta, bunday muloqotning axborot bilan toʻyinganligi va pedagogikpsixologik jihatdan oʻquvchiga mosligi jarayonda ishlatilayotgan texnik vositalar darajasiga bog`liq. Kompyuter oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida vositachi boʻlib xizmat qilish bilan birga, oʻquv jarayonining bir qismini oʻz zimmasiga oladi. Bunda ma‘lumotlarni saqlash uchun uning xotirasi va qayta ishlash uchun multimedia vositalari bor. Shu bilan birga, turli ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyati mavjud. Shu sababli oʻquvchi tarmoq orqali istagan ma‘lumotini olishi mumkin. Oʻquv materiallarining gipermatnli strukturaga ega ekanligi jadal oʻqitishga imkon yaratadi. Eng avvalo, bu oʻquvchilarning mustaqil ishlashlari hisobiga oʻquv jarayonini optimallashtirish, uning sifati va samarasini oshirish imkoniyatining paydo boʻlishi bilan bog`liq. Oʻqish jarayonida kompyuter vositalaridan foydalanish natijasida oʻquvchi birlamchi ma‘lumotni oʻqituvchidan emas, balki kompyuter vositalaridan oladi.
Oʻquvchi u yoki bu predmetni shu yoʻl bilan oʻrganishi mumkin. Bunda oʻquvchining bilim olishiga juda keng imkoniyatlar ochiladi. Mustaqil oʻrganish jarayonida u cheklanmagan hajmda axborot olishi va doimo turli axborot manbalari bilan maslahatlashib turishi mumkin. Bundan tashqari, kompyuter oʻz-oʻzini sinash imkoniyatini yaratadi, bu oʻquvchining ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. Oʻquv jarayonida kompyuter vositalaridan foydalanish ushbu jarayonning jadallashuvining asosi hamdir. Shunday qilib, kompyuter vositalari yordamida olib boriladigan dars an‘anaviy darsdan oʻquv jarayonini tashkil etish va unda ishlatiladigan metodlar bilan ham farqlanadi. Oʻqish jarayoni oʻquvchining mustaqil bilim olishiga asoslanadi. Bu tamoyil oʻqitish jarayonida ishtirok etuvchi sub‘ektlarning munosabatini va oʻqituvchining jarayondagi rolini aniqlaydi. Axborot texnalogiyalari, kompyuterli darslarning qulayligi shundaki, unda oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak xollarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun ham axborot texnologiyalari, kompyuter asosida darslarda qiziqish, oʻzini-oʻzi boshqarish, yangi bilimlarni oʻzlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda oʻquvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.
|
| |