I bob «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari




Download 48,91 Kb.
bet7/8
Sana05.01.2024
Hajmi48,91 Kb.
#130383
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Órta umumta\'lim maktablarida tashkil qiladigan ekskursiya
Adabiyot — hayot darsligi…”, 10-SINF GEOGRAFIYA NAZORAT ISHI TO\'PLAMI, MUSIQA RAHBARI, neftkimyoviysintez (2) WORD, 7 ti yosh inqirozi uning sabablari va alomatlari maktabga psixol, Mustaqil ish 1, zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, Oʻsimliklar ontogenizining fiziologik tavsifi, Talabaning shaxsiy varaqasi, ARIZA-ANKETA YANGI, Tabiiy oʻsish ingibitorlari va ularning fiziologik roli , 1-variyant. Web-hujjatlar qaysi til yordamida hosil qilinadi -fayllar.org, 1, kasb haqida ma\'ruza
2.3. Ekskursiya xizmatini tasniflash
Tasniflash deb, predmetlar, hodisalar, tushunchalarni sinflar, bo‘limlar, umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga ajratishdir.
Ekskursiya xizmatini tasniflash masalasi har doim sohasi mutaxassislarining diqqat markazida bo‘lib, bu muammoni yechishda o‘tgan asrning 20 yillarining oxirida harakat qilishdi. Ekskursiyachi olim V.A.Gerd ekskursiya xizmati shakllarini tasniflashning o‘z variantida ekskursiyani guruhlar va guruhostilarga bo‘lishni va uni tayyorlashda gidga yo‘nalish olishga yordam beruvchi xususiyatlarini ajratishni tasniflashning asosiy maqsadi sifatida ta’kidlab o‘tgan. Ekskursiya xizmati ham mustaqil faoliyat (dam olish uylarida, klublarda, maktablarda) ham turistik xizmat majmuasining bir qismi bo‘lishi mumkin (turfirmalarda). Hozirda ekskursiya xizmati quyidagicha tasniflanadi: mazmuniga ko‘ra; qatnashuvchilar soni va tarkibiga ko‘ra; o‘tkazish joyiga ko‘ra; harakatlanish vositasiga ko‘ra; davomiyligiga ko‘ra; o‘tkazish shakliga ko‘ra. Mazmuniga ko‘ra ekskursiyalar ko‘p rejali va mavzuli bo‘ladi. Ko‘p rejali ekskursiyalarda tarixiy va zamonaviy ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar turli xil ob’ektlarni ko‘rsatish negizida tuziladi (tarixiy va madaniy yodgorliklar, bino va inshootlar, tabiat ob’ektlari, mashhur voqea joylari, shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu k.). Ko‘p rejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi va shahar, o‘lka, viloyat, respublika, davlat haqida umumiy tasavvurni beradi. Bunday ekskursiyada xronologik tartibda shaharning ilk paydo bo‘lishi tarixidan boshlab to kelajakdagi rivojlanishi haqida ma’lumotlar beriladi. Ko‘p rejali ekskursiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, mavzuli ekskursiyadan farqli ravishda uning mavzusini belgilash murakkabroq. Tayyorlash va o‘tkazish joyidan qat’iy nazar ular tarkibiy jihatdan bir-biriga deyarli o‘xshashdir. Ularning har birida bir necha mavzuostilar mavjud (shahar tarixi, ishlab chiqarishning qisqacha tarixi, fan, madaniyat, xalq ta’limi haqida). Ekskursiyada aniq bir shahar, viloyat, o‘lka o‘ziga xos tarixiy rivojlanishiga qarab hikoya qilinadi. Masalan, harbiy-tarixiy mavzudagi ekskursiyalarda urushlar, qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan Buxoro xonligidagi o‘zaro nizolar kabi shaharlar kiritiladi. Adabiy mavzudagi ekskursiyalarda esa yozuvchi, shoirlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq shahar, qishloq, ko‘chalar kiritiladi. Mavzuli ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga bag‘ishlanadi. Agar bu tarixiy ekskursiya bo‘lsa, uning negizida yagona mavzuda birlashtirilgan bir yoki bir necha voqealar yotadi. Agar bu me’morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‘lsa, unda shahar, ko‘cha va maydonlarida joylashgan qiziqarli san’at asarlari, o‘tgan asrlar me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin. Mavzuli ekskursiyalar tarixiy, ishlab chiqarish, tabiiy (ekologik), san’atshunoslik, adabiy, me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalariga bo‘linadi. O‘z mazmuniga ko‘ra tarixiy mavzudagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - tarixiy – o‘lkashunoslik (masalan, «Samarqand shahrining ming yillik tarixi», «Moviy gumbaz ostidagi shahar» va h.k.); - arxeologik (masalan, Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qadimiy shahri; Samarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik majmuasidagi tarixiy qazilmalarni ko‘rsatish); - etnografik, turli millat va elatlarning urf odatlari haqidagi ekskursiya; - tarixiy muzeylarda ekskursiya. Ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - tarixiy- ishlab chiqarish; - iqtisodiy- ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati); - texnik- ishlab chiqarish; - ekskursantlarni kasbga yo‘naltiruvchi. San’atshunoslik mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - teatral – tarixiy (masalan, «Samarqand shahri teatri hayoti», «A.P.Chexov nomli rus drama teatri tarixi» va h.k.); - musiqiy – tarixiy (masalan, «Hamid Olimjon teatriga bir kunlik sayohat» va sh.k.); - xalq amaliy san’ati (masalan, O‘zbekistondagi kulolchilar, zardo‘zlar va boshqa usta hunarmandlar faoliyati bilan tanishish); - madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi joylar; - kartinalar galereyasi, ko‘rgazma zallari, muzeylar, rassomlar va haykaltaroshlar ustaxonalarida va h.k. Adabiy mavzudagi ekskursiya xizmatlari odatda quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - adabiy biografik. Bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi, dramaturglar yashab ijod etgan joylarda o‘tkaziladi (masalan, «Sadriddin Ayniy muzey uyi», «Andijon - Bobur yurti» va h.k.). - adabiy – tarixiy, o‘zbek adabiyotining rivojlanishining ma’lum davrini ochib beradi (masalan, «XX – asrda Buxoro adabiyoti», «Adabiy Toshkent» va h.k.). Me’moriy – shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - mazkur shaharning me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi ekskursiya; - ma’lum tarixiy davrning me’moriy yodgorliklarini ko‘rsatuvchi ekskursiya; - bitta me’mor ijodiyoti haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya; - zamonaviy me’moriy namunalarni ko‘rsatuvchi ekskursiya. Shuni ta’kidlash joizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya xizmati bir – biridan kamdan-kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy ma’lumotni me’moriyshaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatida ham foydalanish mumkin. Tabiatshunoslik ekskursiyalarining elementlarini qariyib barcha ekskursiyalarda uchratish mumkin bo‘lib, ekskursiyani o‘tkazish sharoiti, shahar yoki hududning resurslariga bog‘liqdir. Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiyalar quyidagilarga bo‘linadi: - kattalar va bolalar uchun; - mahalliy aholi va turistlar uchun; - shaharliklar va qishloq aholisi uchun; - guruhli va individual bo‘lishi mumkin. Har bir guruh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ekskursiya ma’lumotlari, uslubi va texnikasi, davomiyligiga o‘zgartirishlar kiritiladi. O‘tkazish joyiga ko‘ra: shaharda, shahar tashqarisida, ishlab chiqarish korxonalarida, muzeyda, majmuali bo‘lishi mumkin. Harakatlanish vositasiga ko‘ra: piyoda yoki turli harakatlanish vositasida bo‘lishi mumkin. Piyoda ekskursiya xizmatlarining afzallik tomoni shundaki, unda harakatlanishning zaruriy tezligini ta’minlab, ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya qilishda qulay sharoit yaratish mumkin. Transportli ekskursiya xizmati (asosan avtobusli) ikki qismdan iborat bo‘ladi: to‘xtash joyida ekskursiya ob’ektlarining tahlili(asosiy ob’ektlar) va ob’ektlar oralig‘ida tarixiy joylar va yodgorliklar tavsifi bilan bog‘liq hikoyalardan iborat. Ba’zida ekskursiya xizmati amaliyotida suv va havo transportidan ham foydalanishadi. Ekskursiya xizmati davomiyligi bir akademik soatdan(45 daqiqa) bir sutkagacha bo‘ladi. Qisqa muddatli turlarni(1 kundan 3-4 kungacha) dam olish kunlari marshruti ham deyishadi va uning tarkibida bir necha ekskursiya xizmatlari nazarda tutilishi mumkin. O‘tkazilish shakliga ko‘ra ekskursiya xizmatlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: - ommaviy ekskursiya. Bunday ekskursiya xizmatlari qatnashuvchilari odatda 10-15 ta avtobuslarda (har bir avtobusda alohida gid) bitta marshrut bo‘ylab bir vaqtda harakatlanadilar. Bunday ekskursiyalar ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor bayramlarni o‘z ichiga olishi mumkin; - ekskursiya- sayr. Bunday ekskursiya xizmati odatda o‘rmonda, daryo va dengiz bo‘ylab o‘tkaziladi, o‘rganish va dam olish elementlarini o‘zida mujassamlaydi; - ekskursiya-konsert. Bunday ekskursiya xizmati musiqali mavzuga bag‘ishlanib, avtobus salonlarida musiqali asarlar ham eshitiladi; - ekskursiya-spektakl. Bunday ekskursiya xizmati adabiy-badiiy ekskursiya xizmatini o‘tkazishning shakli bo‘lib, badiiy adabiyotning aniq bir asari bo‘yicha tayyorlanadi va h.k. To‘g‘ri tasniflangan ekskursiya xizmati gidning ekskursantlar bilan ishlashini yengillashtiradi, uslubiy to‘garaklar faoliyati uchun asos hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunning yangilanishi ta’limni tubdan isloh etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo‘lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog‘liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Tarixdan ko‘pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan. “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” A. Avloniyning ushbu so‘zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining predmeti bo‘lajak o‘qituvchitarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo‘llari hamda bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining o‘rganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulqatvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning I. TARBIYA IJTIMOIY-TARIXIY ZARURAT SIFATIDA. MILLIY TARBIYA KONSEPSIYASI 6 jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, aynipaytda bu o‘qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o‘qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog‘i lozim. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviyaxloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining vazifalari quyidagilardan iborat: ✓ o‘quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish mahoratiga ega bo‘lish ; ✓ tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo‘lgan metodlarni tanlab, ko‘zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko‘ra bilish ; ✓ ilg‘or tajribalarni tahlil qilish va uni o‘z faoliyatida ijodiy foydalanish; ✓ tarbiyaviy ishlarning o‘quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ; ✓ tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. 2-§. Axloq-ijtimoiy ong shakli. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan ma’lum xatti-harakat qoidalari yig‘indisidir. Axloq odamlarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlari va shu kabilarga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo‘ladi. Odob - odamning jamoat, el-yurt orasida o‘zini tutish, boshqalar bilan qay yo‘sin muomala qilish, o‘z turmushi, maishati va bo‘sh vaqtini qanday tashkil etishi, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakatlari qanday bo‘lishi lozim va ma’qul ekanligi xususida bahs etadi. Aniqrog‘i, axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa, odob shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini yaxshi o‘ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o‘z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya’ni har qanday vaziyatda ana shu odatni namoyon qilishini taqozo qiladi. Axloq ilmi 7 yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo‘lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo‘lgani kabi uning axloq-odob ham juda murakkab olam, desak yanglishmaymiz. Axloqli, odobli komil insonda odamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr-muhabbat, rahmshafqat, adolat-u diyonat, hayoyu iffat, vafoyu sadoqat, himmatu saxovat, imon-e’tiqod kabilar mujassam bo‘ladi, Ayni holda shu xislatlarning aksi beburd, axloqsiz kimsalar fe’lida ko‘rinadi. Qadimgi faylasuflar-u donishmandlar axloq-odobga juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deganlar. Asrlar davomida axloq-odob mavzuida qanchadanqancha kitoblar, hikmatnomalar, odobnomalar, pandnomalar va nasihatnomalar, ibratli hikmatu rivoyatlar yaratilgan. Xalq og‘zaki ijodi xazinalarida axloq-odobga doir bebaho fikr javohirlari borki, ularning hammasini hisoblab-hisobiga, ta’riflab-ta’rifiga yetib bo‘lmaydi. Muqaddas Qur’oni Karimda va payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislarida insoniy axloqodobning barcha qirralari o‘z ifodasini topgan. Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir. Imon va insof, so‘z va ish birligi, insonparvarlik – yangi ko‘rilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo‘lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashish mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim. Yoshlarni tarbiyalashda sho‘rocha axloq usullaridan voz kechib, sharqona va milliy axloqodob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. Bu vazifalarni amalga oshirish o‘quvchilarning jamiyatga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya vazifalaridan biri - ongli intizom bo‘lishidir. Ongli intizom kishining kundalik faoliyatida, xulq-atvorida, kishilar bilan aloqasida, umumiy dunyoqarashida namoyon bo‘ladi. Ongli, intizomli kishining madaniyati, muomalasi kundalik masalalarni hal qilish bilan hayotining mazmuni, yaxshilik va yomonlik, ma’naviy boylik haqidagi tasavvurlari bilan u yoki bu tarzda bog‘langandir. Ongli intizom egasi bo‘lgan kishi o‘z axloqiy burchini to‘g‘ri anglaydi, o‘z xattiharakatlariga baho beradi, noto‘g‘ri xatti-harakatni qoralaydi. Intizomli kishi o‘z xulq-atvoriga to‘g‘ri baho berish bilan birga biror xatti-harakat uchun shaxsiy mas’uliyatni his etadi. Abdulla Avloniy “Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi, insonlar bir daqiqa yasholmas edilar” deb ta’kidlaydi. Demak, intizom ruhimizga, fikrimizga ta’sir qiladigan xislat, tartib-odob, ma’naviy quvvatdir. Intizom yaxshi xulqlarning manbaidir. 8 3-§. Barkamol inson tushunchasi. Haqiqatan ham, bugungi kunda O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish, avvalo komil insonlarga bog‘liq. Komil inson O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda o‘z e’tiqodi, g‘ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, sog‘lom ma’naviy muhit barqaror bo‘lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog‘lom muhit natijasidagina axlokqy fazilatlar tarkib topadi. Ota-onalar o‘z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi, ularda Vatanga muhabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o‘zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar bo‘lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o‘zaro mehr-muhabbati ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Kishi o‘z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko‘p intilsa, shunchalik o‘z xato-kamchiliklarini anglab boradi. Hadisi shariflardagi axloqqa oid ibratli, maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’analar Beruniy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navoiy, Bobur singari buyuk allomalar, olimlar, yozuvchilarning axloq haqidagi ko‘plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun qadr-qimmatini yo‘qotmagan muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur axloqi husniya - yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshmashosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki yetti o‘lchab bir kesgan. Amir Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go‘zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi. “O‘g‘illarim! Millatning ulug‘ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo‘riqlang, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin”. Ismoil Al-Buxoriy “Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham zarari yo‘qdir”, – deb yozadi. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq haqidagi fikrlari, o‘gitlari shunday kuchga egaki, ular o‘quvchilar qalbida insoniylik urug‘larining unib chiqishiga, katta hayot yo‘liga olib chiqishga yordam qiladi, ma’naviy kuch-quvvat beradi. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi ulug‘ mutafakkirlarning axloqiy qarashlari va qadriyatlardan mustaqil O‘zbekiston istiqlolini mustahkamlashda, o‘quvchilarning axloqiy 9 madaniyatini shakllantirishda, kundalik turmushimizda keng foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Abu Ali ibn Sinoning axloq haqidagi qarashlari uning shoh asarlari bo‘lmish “Tib qonunlari”, “Ash-shifo” va boshqa asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Ibn Sino ta’limotiga ko‘ra, odamga do‘st tutinishning uch xil yo‘li bor: “Birinchidan, har qanday qiyinchilik bo‘lishiga qaramay, kishi o‘z do‘stini falokatdan qutqarishni, ikkinchidan, g‘oyaviy yaqinlik va dunyoqarashlar umumiy bo‘lgan chinakam va doimiy do‘stlikni va uchinchidan esa kishining mansabi, puli yoki mavqeiga qarab o‘zining shaxsiy manfaatini qondirish ko‘zda tutilgan do‘stlik bo‘ladi”, – deb ta’kidlaydi Ibn Sino. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilik” dostonida hokim bilan xalq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasiga e’tibor beradi. Uning fikricha, agar beklar tabiatan ezgu bo‘lsalar, barcha fuqarosi boyiydi, olam guliston bo‘ladi. Shuningdek, “Hamma narsaning qoidasi, tartibi, ta’limi bor, tartib, odob qoidalarini to‘g‘ri tutsa, kishining yuzi yorug‘ bo‘ladi”, – deb ta’kidlaydi. O‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, ta’lim tarbiya masalalarini muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan bo‘lsalarda, biroq allomalarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo‘liish, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik, fiziologik pedagogik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bo‘lishda ilm-fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tugilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va axloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urfodatlari, ma’lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishyning eng etuk mahsuli bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlar chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi. Beruniy ta’lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o‘qitish tabiatga uygunligini uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo‘lgan.

Xulosa
Ekskursiya lotincha “Excursio” – “sayr etish” degan so’zdan olingan bo’lib, vistavka, korxona yoki tabiatning diqqatga sazovor joylariga kollektiv ravishda uyushtirilgan sayr ma’nosi tushuniladi. Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya esa sinf yoki o’quvchilar gruppasi bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning bir formasi bo’lib, “o’rganilayotgan buyum va hodisalarni joyiga borib, tabiiy holatida yoki sun’iy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga – ekskursiya” deyiladi. Ekskursiyalar asosan bahorda va kuzda botanika, zoologiya, umumiy fizika kurslarida o’tkaziladigan biologik ekskursiyalar dastur materialini o’rganish va mustahkamlashga bag’ishlanadi. Ular maktab dasturida ko’rsatilgan va o’quvchilar uchun majburiydir. Tirik tabiat ob’ektlarini va xodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda o’rganish imkoniyatini beradi.
Ekskursiyalar o’quv yilining boshida rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Ushbu bosqichda ekskursiyaning maqsadlari, uni o’tkazish joyi va vaqti aniqlanadi. Ekskursiya mavzulari ham avval o’rganilgan material, ham o’rganiladigan material bo’yicha aniqlanishi mumkin.
Keyingi bosqichda o’qituvchi tashkiliy masalalarni hal qilishi kerak: ekskursiya o’tkaziladigan joy, uni moliyalashtirish, ekskursiya o’tkazish uchun ruxsatnoma va boshqalar. Shu bilan birga, o’quvchilar oldiga ma’lum ta’lim vazifalarini qo’yish, ekskursiya davomida talabalar olishlari kerak bo’lgan savollar, javoblar ro’yhatini tuzish kerak.
Ekskursiya ham tarbiyaviy ahamiyatlarga egadir. Ekskursiya davomida kelgusi dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish uchun har xil tabiiy materiallar yig’iladi.


Download 48,91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 48,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari

Download 48,91 Kb.