|
I bob Kirish
|
bet | 11/29 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #149695 |
Bog'liq habibullo
Atmel AVR mikrokontrollerlari strukturasi va asosiy qurilmalari. Atmel Corporation — yarimo’tkazgichli elektron komponentlar ishlab chiqaruvchi korporatsiyaga 1984 yilda asos solingan bo’lib, hozirda MCS-51, ARM, AVR, AVR32 mikrokontrollerlarini ishlab chiqarish bo’yicha etakchilik qilib kelmoqda. Shuningdek elektron qurilmalar uchun energiyaga bog’liq bo’lmagan xotira qurilmalari, dasturlanuvchi mantiqiy integral sxemalar (ПЛИC), raqamli mikrosxemalar (radiopriyomniklar va peredatchiklar uchun), barmoq izini skanerlovchi qurilmalar ishlab chiqaradi. Atmel korporatsiyasi logotipi AVR mikrokontrollerlari logotipi. Atmel firmasi mahsulotlari kompyuter tarmoqlarida, ishlab chiqarishda meditsinada, aloqa sohasida, avtomobillarda, kosmosda, harbiy texnikada shuningdek kredit kartalarida keng qo’llanilmoqda. Atmel korporatsiyasining asosiy raqobatchilari quyidagi firmalardir: Microchip Technology, STMicroelectronics, Texas Instruments, NXP, Freescale, Analog Devices. AVR mikrokontrollerlari — 1996 yilda yaratilgan bo’lib, Atmel firmasining 8 bitli mikrokontrolleridir. Norwegian University of Science and Technology (NTNU) talabalari Alf Bogen (Alf-Egil Bogen) va Vegard Vollen (Vegard Wollen) yangi RISC yadrosini yaratish g’oyasi bilan shug’ullana boshlashadi. 1995 yilda esa, Bogen va Vollen amerikaning Atmel korporatsiyaga o’sha paytda mashhur bo’lgan yangi 8-bitli RISC-mikrokontrollerini Flash-xotirasi va hisoblash yadrosi bitta kristalda joylashgan chip ko’rinishida ishlab chiqarish taklifi bilan chiqishadi. Ushbu g’oya Atmel korporatsiyasi tomonidan ma’qullanadi va tezda ushbu loyihani moliyalashtirishga qaror qilishadi. 1996 yil oxirida AT90S1200 seriyali mikrokontroller sinovdan o’tkaziladi. 1997 yilning ikkinchi yarmida Atmel korporatsiyasi yangi seriyali mikrokontrollerlar oilasini ishlab chiqib, ularni texnik qo’llab quvvatlay boshlashadi. Ushbu yaratilgan yangi yadro keyinchalik AVR nomi bilan patentlanadi. Bugungi kungacha AVR terminini turli xil talqin qilishadi. Kimdir bu Advanced Virtual RISC so’zidan olingan deyishsa, kimdir Alf Egil Bogen Vegard Wollan RISC g’oya mualliflariga taqashadi.
|
| |