|
Turkumlanishi. Elektron indikator ko’plab qurilmalarni o’z ichiga oladi
|
bet | 19/29 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #149695 |
Bog'liq habibullo Turkumlanishi. Elektron indikator ko’plab qurilmalarni o’z ichiga oladi. Indikatorlar o’zining konstruktiv xususiyati, boshqarish usuli va vazifasiga qarab turkumlanadi. Texnik adabiyotlarda indikatorlar turlicha usullarda turkumlanilgan. Qo’llanilish bo’yicha – o’lchami va o’rnatilishi joyiga bog’liq xolda: individual; guruhli; umumiy foydalanishli. Tasvirni fizik shakllantirish tamoyili bo’yicha: Aktiv – nur tarqatish orqali tasvirni shakllantiruvchi yarimo’tkazgichli (svetodiodli) gazorazryadli, katodolyuminestsentli, elektrolyuminestsentli, cho’g’lanuvchi indikatorlar. Passiv - tashqi manbalardan kelgan yorug’lik nurining kutblanishi, akslanishi yoki o’tkazish yo’li orqali tasvirni shakllantiruvchi qurilmalar. Bunga suyuq kristalli elektroforezli, elektroxromli, shuningdek segnetokeramik indikatorlar kiradi. Akslanadigan axborot tabiatiga bo’yicha: Yagona - nuqta yoki geometrik shakl ko’rinishidagi ayrim indikatorlar bo’lib axborotni yorug’lik yoki har xil ranglar ko’rinishida ko’rsatib beradi. Shkalali – kattaliklar to’g’risidagi signallarning sathini yoki mavjudligini to’g’ri chiziqli yoki egri chiziqli shaklda joylashtirilgan bir qancha indikatorlar ko’rinishda akslantiruvchi diskret indikatorlar. Axborotlarni shkaladagi indikatsiya elementlarining miqdori va joylashishi orqali ko’rsatadi. Mnemonik — akslanuvchi axborot to’g’risida tasaffurga ega bo’lishga ko’maklashuvchi geometrik figura yoki tasvir ko’rinishidagi ayrim indikatorlar. Raqamli – raqamli axborotni chiqarishga mo’ljallangan indikatorlar. mo’ljallangan indikatorlar. Harfli-raqamli indikatorlar oldindan belgilangan cheklangan sondagi simvollarni akslantirish yoki ixtiyoriy simvollarni akslantirish imkonini beradi. Ko’pincha bunday indikatorlar alfavitli-raqamli indikatorlar deyiladi. |
| |