|
Bir xil rangli – indikator rangi konstruktsiyasi orqali aniqlanadi
|
bet | 21/29 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #149695 |
Bog'liq habibulloBir xil rangli – indikator rangi konstruktsiyasi orqali aniqlanadi. Ko’p rangli — turli xil ranglar ko’rinishidagi axborotlarni akslantiruvchi indikatorlar. Odatda cheklangan miqdordagi ranglarda uzatiladi. Bunga misol qilib xavflilikni akslantirish qizil rangda, oddiy holatda ko’k, e’tiborni tortishda sariq yoki qizil rangda amalga oshirilishini aytish mumkin. To’liq rangli — inson ko’zi ilg’aydigan barcha ranglarni akslantiruvchi indikatorlar. Elektron indikatorlar turlari. Yagona indikator. Yagona indikatorlarni eng ko’p uchratish mumkin. Svetodiodli indikatorlarni yoki neonli lampalarni yoritish qurilmalarida, turli xil maishiy uskunalarda ishlatiladi. Ushbu tur indikatorlar e’tiborni tortish uchun yoritish chiroqlari ulagichlarida ishlatilad. YAgona indikatorlarning boshqarish sxemasining soddaligi hamda elementlar sonining kamligi tufayli eng ishonchli indikator sifatida qarash mumkin. Segmentli indikatorlar. Segmentli indikator mikrosxemasining ustki qismida svetodiodlar joylashgan. Bu svetadiodlar raqamli ma’lumotlarni ko’rish uchun hizmat qiladi. Uning ichidagi hamma svetodiodlar odatda katod yoki anodda joylashgan bo’ladi. Quyidagi 5-rasmda turli xil segmentli indikatorlar keltirilgan.
5-rasm. 7, 14, 16, 5x7– segmentli indikatorlar.
Segmentli indikatorlarning segmentlarining ranglari turli xil bo’lishi mumkin. Quyida ularning ranglari tasnifi keltirilgan: EWA – yuqori unumli qizil fosfid-arsenid va galley fosfid GaAsP/GaP, 625 nm (HIGH EFFICIENCY RED). YWA – sariq fosfid-arsenid va galley-fosfid GaAsP/GaP, 590 nm. SRWA–super yorqin qizil arsenid galliy-alyuminiy GaAlAs,660 nm. Svetodiodning ikki xil ulanish turi mavjud: C – umumiy katod va A – umumiy anod. Quyida SA39 va SC39 svetodiod chizmasi va elektron sxemasi keltirilgan. E’tibor bering, har bir segment DP nuqtasigacha a dan g gacha bo’lgan harflar bilan belgilanadi (6-rasm).
|
| |