|
-rasm. 8×8 matritsali svetodiodlarda amalga oshirilgan “o’tish” yoki “o’tish ta’qiqlangan” simvol ko’rinishi
|
bet | 24/29 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #149695 |
Bog'liq habibullo 11-rasm. 8×8 matritsali svetodiodlarda amalga oshirilgan “o’tish” yoki “o’tish ta’qiqlangan” simvol ko’rinishi
Hozirda dunyoda RGB turidagi ikki xil rangli svetodiodlar matritsasi keng tarqalgan. Optoelektron qurilmalar ishlab chiqaruvchilar keng spektrdagi RGB tipidagi bir xil yoki ikki xil rangli to’g’ri to’rtburchak shaklidagi svetodiodli matritsalarni chiqarishmoqda. Ushbu svetodiodli matritsalarning namunaviy o’lchamlari 10 mm dan tortib 100 mmgacha bo’lib, 5x7 yoki 8x8 nuqtali piksellashtirilganligini uchratish mumkin. Masalan, GNM-23881BEG, RL- M2388SGBW, TBA2311SURKCGKWA, SLD2388BNA5BD matritsalar bir turdagi ikki rangli matritsali indikatorlar oilasiga tegishlidir. Ushbu matritsali indikatorlarning o’lchami 60×60 mm atrofida, 8×8 nuqtali pikselga ega, har bir piksel svetodiodi diametri 5 mm bo’lib, qatorlar bo’yicha umumiy anod sxemasiga asosan ulangan. Bunday svetodiodlar matritsasi svetodiodlari qatorlarga tegishli guruhga yig’ilgan. Aynan shu qatorda umumiy anod yoki umumiy katod ulanishiga e’tibor qaratish kerak. Chunki ulanishiga qarab, axborotni chiqarish usuliga qarab axborotni chiqishini ta’qiqlash mumkin. Buning uchun dinamik indikatsiya usulini qo’llash kerak bo’ladi. 12-rasmda qator bo’yicha umumiy anod sxemasi orqali ulangan ikki xil rangli svetodiodli matritsani dinamik indikatsiya printsipida yoritish sxemasi keltirilgan. Statik indikatsiyadan farqli ravishda, dinamik indikatsiyada istalgan svetodiodni ixtiyoriy vaqt momentida boshqarib bo’lmaydi. Ushbu tur indikatsiya usulida matritsali indikator svetodiodlariga axborotlarni chiqarish ketma-ket tartibda barcha qatorlar yoki ustunlar adresi bo’yicha navbatma- navbat amalga oshiriladi. 12 rasm. Ikki rangli 8×8 svetodiodli matritsada ko’k strelka belgisi amalga rasmda xuddi shu sxema bo’yicha svetodiodli matritsada qizil krestik belgisini yoritish amalga oshirilgan. Har bir muayyan vaqt momentida qaysidir ustun va bir necha qator adreslanadi. Aynan qaysi svetodiodlar yoritilganligi svetodiodli matritsaning 221, 192, 163, 134, 35, 66, 97, 138 (yuqoridagi indeks svetodiodli matritsa datasheetidagi qator tartibini bildiradi) chiqishlaridagi joriy ikkilik kodga bog’liq.
|
| |