|
-rasm. Ikki rangli 8×8 svetodiodli matritsada qizil krestik belgisi amalga
|
bet | 25/29 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #149695 |
Bog'liq habibullo Rasmdagi svetodiodli matritsadagi qora rang bilan ajratilgan 24 (23), 21 (20), … , 7 (8), 10 (11) chiqimlar mikrokontroller ishlayotgan paytda mantiqiy “0” ga ya’ni “yerga” ulanadi. Natijada ustunlar bo’yicha kelayotgan ikkilik kodga mos holda svetodiodlar birin-ketin miltillab boshlaydi. Aslida svetodiod yonishi uchun mantiqiy “0” berish zarurb ammo mikrokontroller uchun bu mantiqiy “1” demakdir. Buni quyidagi sxema orqali tushintirish mumkin. Svetodiodni yonishi uchun, u orqali nurlatishga yetarli tok o’tishi kerak. Matritsaning har birqatori chiqimi zarur paytda kuchlanish yoki tok manbaiga ulanishi kerak. Ya’ni matritsa qatorlari chiqimlari tok cheklovchi rezistorlar va kuchlanish manbai, ushbu svetodiod kirishiga to’ridan to’g’ri ulanadi. Natijada svetodiodlarga berilayotgan tok cheklanadi. Bunday svetodiodlarni boshqarish uchun quyidagilar kerak bo’ladi: Svetodiodlar katodlarini tok manbaining umumiy chiqishiga (yerga) Kalitlarni ulab uzishni boshqaruvchi mikrokontroller. 2.13-rasmda svetodiodlar qatori/ustunini alohida boshqaruvchi diskret elementlardan tuzilgan printsipial sxema keltirilgan.
Bir tarafdan nazariy jihatdan ushbu 14-rasmdagi sxema ortiqchadek ko’rinishi mumkin. Ammo aslida amalda bunday emas. Quyi kalit Darlington juftligini, yuqori kalit balanslashtirilgan Shiklai kaskadini hosil qiladi. Yuqorigi kalitda mikrokontrollerdan chiqayotgan boshqarish signalini “yuqori” mantiqiy sathga o’zgartirish amalga oshiriladi. Quyi kalitda esa “quyi” mantiqiy sathga o’tish amalga oshadi. Natijada kalitlar ishlashi orqali quyidagilarga erishiladi:
|
| |