|
Ba’zi komandalar faqat r16…r31 registrlarida ishlaydi. ANDI/CBR, ORI/SBR
|
bet | 16/29 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #149695 |
Bog'liq habibulloBa’zi komandalar faqat r16…r31 registrlarida ishlaydi. ANDI/CBR, ORI/SBR, CPI, LDI, LDS(16-bit), STS(16-bit), SUBI, SBCI, shunikdek SER va MULS operandlari bilan bevosita ishlaydigan komandalar shular jumlasidandir; 16-bit qiymatli oshiruvchi va kamayuvchi komandalar (ADIW, SBIW) operandlari bevosita faqat quyidagi r25:r24, r27:r26 (X), r29:r28 (Y), yoki r31:r30 (Z) registrlari juftlaridan birida ishlashga mo’ljallangan; Registrlar juftini nusxalash komandalari faqat toq sondagi (r1:r0, r3:r2, …, r31:r30) qo’shni registr juftlarida ishlaydi; Ko’paytirish natijasi (ko’paytirish moduli mavjud modellarda) doimo r1:r0 registrlar juftligida joylashadi. SHuningdek, faqat ushbu juftliklar o’z-o’zini dasturlash komandalari uchun operandlari sifatida ishlatiladi; Ko’paytirish komandalarining ba’zi variantlari faqat r16…r23 (FMUL, FMULS, FMULSU, MULSU) diapazonidagi registrlarni argument sifatida qabul qiladi. Komandalar tizimi. AVR mikrokontrollerlari komandalar tizimi instruktsiyalari yuksak rivojlangan va turli xil modellarda turlicha bo’lib, 90 dan 133 tagacha etadi. Ko’pchilik komandalar bitta xotira yacheykasini (16 bit) egallaydi. Ko’pchilik komandalar bitta takt mobaynida bajariladi. AVR mikrokontrollerlari komandalar to’plamini bir nechta guruhlarga ajratish mumkin: arifmetik amal bajaruvchi va siljitish komandalari; bitlar ustida amal bajaruvchi komandalari; ma’lumotlarni jo’natish komandalari; uzatishlarni boshqarish komandalari; tizimni boshqarish komandalari. Periferiya modullari. Periferiya modullari tashqi sxemalar bilan aloqa interfeysini tashkil qilish imkonini beradi. Masalan, kiritish – chiqarish universal portlari, suyuq kristalli indikatorlar (ЖKИ) drayverlari, ARO’ kirishlari, ШИM chiqishlari va vaqt intervallarini hisoblash qurilmalari (taymerlar). Periferiya qurilmalarini boshqarish adreslangan ma’lumotlar makoni orqali amalga oshiriladi. Qulaylik uchun qisqartirilgan komandalar ishlatiladi (IN/OUT).
|
| |