1.2. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi
Pedagogik texnologiya haqida tushuncha. XX asr oxiridagi ilmiy- texnik jarayon faqatgina ko‘p sonli ishlab chiqarish sohasinigina emas, balki madaniyat, bilimlarning ijtimoiy sohalarini ham texnologizatsiyalashni shart qilib qo'ydi. Bugun biz axborot, tibbiyot va shu jumladan, taiim iy texnologiyalar haqida gapirish imkoniyatiga egamiz.
Pedagogik texnogiya jumlasi - bu inglizcha an educational technology so'zining juda aniq bo'lmagan tarjimasi - ''o'qitish texnologiyasi”ga to‘g‘ri keladi Pedagogik texnologiya tushunchasi keyingi yillarda ta’lim nazariyasida keng qo‘llanila boshlandi. Aynan ana shu ma’noda “texnologiya” atamasi va uning ' o'qitish texnologiyasi”, “ta’limiy texnologiyalar”, “o'qitishda texnologiya”, “taiim da texnologiya” kabi variatsiyalari pedagogik adabiyotlarda foydalanilmoqda va uning ko'plab ta’riflari mavjud.
1. Pedagogik texnologiya - ta'lim shakl, metod, usullari, tarbiyaviy vositalami jamlash va maxsus tanlab olishni anglatuvchi psixologik- pedagogik ustanovkalar yig'indisi; pedagogik jarayonning tashkiliy- metodik ko'rsatkichidir (B.Lixachev).
2. Pedagogik texnologiya - o'quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi (V.P. Bespalko).
3. Pedagogik texnologiya - rejalashtirilgan o'qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi (I.P. Volkov).
4. Texnologiya - ishlov berish, holatni o'zgartirish san’ati, mahorati, raalakasi va metodlar yig'indisi (V.M. Shepel).
5. Pedagogik texnologiya - o'quvchi va o'qituvchining ulaiga zarur sharoit yaratish orqali o'quv jarayonini loyihalashtirish, taslikil etish hamda o'tkazish bo'yicha ular pedagogik faoliyatining hat tomonlama o'ylangan modelidir (V.M.Manaxov).
6. Pedagogik texnologiya - bu ta’lim shakllarini qulaylashtirish vazifasini o'z maqsadi sifatida qo'yuvchi texmka va inson resurslari hamda ularning o'zaro harakatini hisobga olgan holda o'qitish va
12
|