1.2.Qishloq xo’jaligi korxonalarini moddiy texnika jixatdan ta’minlash
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan mehnat qurollari doimo yangidan to’ldirilishi, yangilanishi, ko’proq naf keltirishi kerak. Har yili ishlab chiqarishda band bo’lgan traktorlar, avtomashinalar, kombaynlarva boshqa qishloq xo’jalik mashinalari texnika yil mobaynida yangidan tiklanishi kerak. Aks holda u yoki bu ishlab chiqarish jarayonini o’z vaqtida bajarish imkoniyati kamayib, bu o’z navbatida mahsulot etishtirish ko’lamiga salbiy ta’sir etadi.Bu bilan bir qatorda qishloq xo’jaligida fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlana borishi doimo ma’lum bir qism yoki ma’lum turdagi, xildagi texnikani ma’naviy jihatdan eskirishiga sabab bo’lmoqda.Eski texnika o’rniga yangi, iqtisodiy jihatdan foydalanish uchun qulay turdagi texnikalar paydo bo’lmoqda.O’zbekistonda sobiq SSSR davrida qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan texnika iste’molchining talabidan qat’iy nazar majburan davlat tomonidan etishtirib berilar edi.
Endilikda mustaqillikka erishish natijasida, qishloq iqtisodiy isloxotlar yuz beradi.Mulkka egalik qilish toғ tubi bilan emirildi.
Davlat ihtiyoridagi mulkning deyarli hammasi (erdan tashqari) hususiy va jamoa mulkiga aylantirildi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari paydo bo’ldi.Endilikda ishlab chiqarish vositalari, kapital omili davlat mulkidan xususiy mulkka – dehqon mulkiga aylandi.Bu esa qishloq xo’jalik texnikasiga bo’lgan talab, uni sotib olish, undan foydalanish sohasida tub o’zgarishlar kiritdi.Endilikda dehqonga har qanday turdagi texnika kerak emas.Faqat ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ijobiy ta’sir etadigan, dehqon uchun eng qulay bo’lgan texnika kerak.
Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan texnikaning deyarli hammasi jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, uni tubdan yangilash zaruriyati paydo bo’lgan edi. Endilikda dehqon eski texnikani sotib olishi, eski asosida ishlab chiqarishni tashkil etish mumkin emas edi.
Dehqon xo’jaliklari uchun:
- Yangi, zamonaviy, universal, iqtisodiy jihatdan qulay bo’lgan texnikalarni sotib olish va foydalanish;
- kichik xajmdagi, ko’p ish turlarini bajara oladigan texnika turlari;
- qishloq xo’jalik texnikasidan yil mobaynida sherikchilik asosida foydalanishni tashkil etish;
- moddiy texnika ta’minotining eng qulay shakllarini tashkil etish va ularni ishlab chiqarish jarayoniga yaqinlashtirish;
- qishloq xo’jalik mashinalarga xizmat ko’rsatishning eng qulay va samarali usullarini tashkil etish va ular xizmatidan foydalanish;
- dehqon-fermer xo’jaligiga va kooperastiya asosida ish yuritayotgan korxonalar talablariga mos keladigan mashina traktor saroylari va hissadorlik xizmat ko’rsatish servislarini tashkil etish;
- Zapas qismlar bilan savdo qiluvchi ko’chma savdo do’konlari va servis xizmatlari tashkil etish;
- Bevosita dehqon xo’jaliklari bilan shartnoma asosida yurituvchi servislar faoliyatini kengaytirish va xilma-xilligini ko’paytirish zaruriyati kelib chiqadi.
O’zbekiston hozirgacha va bundan ham paxta etishtirishda jahondagi eng etakchi mamlakatlar qatorida o’rin oladi. Buning uchun paxtachilikning barcha ish jarayonlarini mexanizastiyalash imkoniyatini beradigan texnikalarning yangi rusumi bilan ta’minlash zarur. Buning uchun esa dast avval haydov, chopiq traktorlari, jahon paxtachiligida foydalanilayotgan eng samarali seyalkalar, kultivatorlar, paxta terish mashinalari, ko’sak chuvish vaғuzapoya qirqish mashinalari bilan ta’minlanmoғi darkor. Bu vazifalar faqat paxtachilik sohasigagina tegishli bo’lib qolmasdan, qishloq xo’jaligi tarmoqlari uchun ham zarurdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish qishloqda texnikaga ega bo’lish va undan foydalanishda ikki yo’nalish talabini hisobga olish zarur.
|