Chet el qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xususiyatlari




Download 128,96 Kb.
bet10/24
Sana23.07.2021
Hajmi128,96 Kb.
#15751
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
1.3.Chet el qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xususiyatlari.

AQSh iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi muhim o’rin tutadigan tarmoqlardan biri hisoblanadi. AQSh qishloq xo’jaligi ham boshqa rivojlangan mamlakatlar singari rivojlangan agrosanoat tizimiga ega.Bu tizim mamlakatga 1960 yillardan boshlab rivojlantirila boshlagan.

Mamlakat ASM tashkiliy tarkibi 3 ta sohadan tarkib topgan. Birinchi sohaga qishloq xo’jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari etkazib beradigan va moddiy-texnik xizmat ko’rsatishni o’z zimmasiga oladi (traktorsozlik, qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ozuqa sanoati, hayvonlar farmastevtikasi sanoati, uruғchilik sanoati).

Ikkinchi sohaga qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining o’zi kiradi. 0Uchinchi sohaga esa funkstiyasi qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’molchiga etkazib berish bilan bog`liq bo’lgan tarmoqlar, ya’ni, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, etkazib berish va sotish bilan boғliq bo’lgan tarmoqlar kiritiladi.

Bu tarmoqlar sirasiga oziq-ovqat sanoati, tara va ombor xo’jaligi, transport, oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji va chakana savdo qilish, umumiy ovqatlanish kabilarni kiritish mumkin.

AQSh qishloq xo’jaligida davlatning ta’siri juda kattadir va buni ular oziq-ovqat mahsulotlariga talabni shakllantirish, ichki agrar bozorni jahon bozori bilan mustahkam aloqadaligi, shuningdek, juda katta miqdordagi o’rta va kichik tovar ishlab chiqaruvchilarning mavjudligi bilan izohlashadi. Mamlakat agrar siyosatining asosiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:

- qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari daromadlarini kafolatlangan baholar orqali qo’llab-quvvatlab turish;

- qishloq xo’jalik ishlab chiqarish infrastrukturasini qurish va rivojlantirib borish (yo’l qurilishi, meliorativ ob’ektlar, elektrlashtirish va telefonlashtirish, ombor binolari);

- fermerlarga kredit xizmatini ko’rsatish;

- qishloq xo’jaligi o’qishi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tadbiq qilishni tashkil qilish va moliyalashtirish;

- er va suv resurslarini muhofaza qilish;

- oziq-ovqatlar sifati va atrof-muhitning holati bo’yicha nazoratni amalga oshirish;

- oziq-ovqat mahsulotlari eksporti va importini tartibga solish. Qishloq xo’jaligining mamlakat iqtisodiyotida ulushi ancha past bo’lsada, davlat tomonidan unga ko’rsatilayotgan yordam hajmi ancha kattadir.

Umuman mamlakat bo’yicha 50 % ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bahosi davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadi, bu ko’rsatkich makkajo’xori uchun 100 % ni, g`allaning 33 % ini, paxtaning 50 % ini qamrab oladi.

AQSh qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning rivojlanishida keyingi 20 yilda eng asosiy omil ilmiy-texnika progressi bo’ldi. Jahon agrar fanida asosiy o’rinni AQSh egallaydi, unda barcha agrar soha olimlarining 2/3 qismi faoliyat ko’rsatadi va barcha agrar fanga sarflanadigan mablaғlarning 80 % ini tashkil qiladi. Agrar fanini rivojlantirishda asosiy rolni davlat o’ynaydi. Urushdan keyingi yillarda davlat agrar tarmoq fani xarajatlarining 50 % ini moliyalashtirgan bo’lsa, hozirgi paytda bu ko’rsatkich 35 % ni tashkil qiladi. Umuman, davlatning agrar siyosatdagi ta’sirini quyidagi faoliyatlarda ifodalash mumkin:

· davlat intellektual mulkni patentlashtirish, listenziyalash, halqaro kelishuvlar orqali himoya qiladi;

· maxsus davlat tadbiq qilish markazi orqali ilmiy–texnika yutuqlarini qishloq xo’jalik amaliyotiga joriy qilishni tashkil qiladi;

· ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsuloti sifati, saqlash, transportirovka shartlari, qo’llanilayotgan kimyoviy va veterinariya preparatlari ustidan kuchli ekologik nazorat va nazorat – laboratoriya ishlarini olib borishni tashkil qiladi.

Shuningdek, amaliy xarakterdagi va tez samara beradigan, qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi navlari va hayvonlar naslini yangi turlarini yaratish, qishloq xo’jalik mashina va uskunalari, o’g`itlar, pestistidlarlarning yangi turlarini ishlab chiqish kabi tadqiqotlarga sanoat korporastiyalari ham mablaғ ajratishadi. Oxirgi yillarda bu kabi tadqiqotlar sirasiga biotexnoligiya ham kiritilib, xususiy sektorning fanga investistiyalari miqdori davlatnikidan ikki baravarga oshib ketdi.

Agrar fanga korporastiyalar moliyasining ulushi 65 % ga etdi.

AQSh qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’sishi ichki va tashqi bozor talablariga bog`liqdir. Milliy bozordagi shaxsiy iste’mol tarkibining o’zgarishi, daromadlar darajasi va demografik omillar agrar siyosatga katta ta’sir ko’rsatadi. Ichki bozorda oziq – ovqat mahsulotlariga bo’lgan tarkibiy talab o’zgarishi unchalik katta muammo tug`dirmaydi, chunki davlat tomonidan tartibga solinadigan agrar siyosat deyarli o’z oldidagi muammolarni hal qilib bo’lgan.

AQSh agrar siyosatida tashqi siyosat asosiy rollardan birini o’ynaydi.Mamlakat Urugvay round guruhiga kirgan mamlakatlar bilan eng ko’p tashqi aloqalarni amalga oshiradi.GAAT(savdo va boj to’lovlari bo’yicha bosh shartnoma) doirasidagi kelishuvga ko’ra AQSh boshqa shu roundga kiruvchi mamlakatlar bilan quyidagi masalalarni kelishib olgan holda faoliyat yuritadi:

· eksport subsidiyalarini qisqartirish;

·qatnashchi-mamlakat milliy bozorlaridagi ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash darajasini qisqartirish;

· agrar iqtisodiyotda bozor munosabatlarini kuchaytirish;

· halqaro savdoni liberallashtirish va qattiq fitosanitariya reglamentlarini o’rnatish.

Hozirgi kunda jahon xo’jaligidagi qiyinchiliklarga qaramay AQSh o’zining qishloq xo’jalik mahsulotlarini yirik eksportchisi maqomini saqlab qolishi mumkin, chunki mamlakatdagi ishlab chiqarish xarajatlarining boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda ancha past darajasi bunday imkoniyatni saqlab qolish uchun etarlidir. Yaqin kelajakda tovar eksport qilish tarkibi o’zgaradi – ғalla va soya chiqarish barqarorlashib, go’sht va mevalar eksporti oshishi kutilayapti. AQSh qishloq xo’jaligi mahsulotlari tashqi savdosida asosiy savdo hamkorlari bo’lib Yaponiya, Kanada va Meksika hisoblanadi. 80 – yillardan boshlab, AQSh qishloq xo’jaligida investistiyalarning resurslar va texnologiyalarni takomillashtirishga yo’naltirish boshlandi.

90 – yillardan boshlab asosiy kapital hajmini qisqartirish siyosati agrar tarmoq rivojlanishi uchun yangi bosqich bo’ldi. U asosiy vositalar samaradorligining oshishi ishlab chiqarishga an’anaviy texnikalar o’rniga elektron texnikaning qo’llanishi, bahoning oshib ketmasligini ta’minlash (bu ham elektron texnikaning arzonga tushishi bilan bog`liq), moddiy kapital elementlarining qisqartirilishi (traktorlar, mashinalar, ishlab chiqarish qurilishlari) va biologik omillarning (qishloq xo’jalik ekinlari navi va hayvonlar naslini yaxshilash) ishlab chiqarishdagi rolini oshirish bilan tavsiflanadi.

Yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi bilan “inson omili” ga, to’ғriroғi, uning malakasiga talab ham oshadi.Keyingi yillarda agrar tarmoqda ishlovchilarning son darajasi qisqarib, malaka darajasi oshirilayotganligi tendenstiyasiga e’tibor qaratish mumkin.

Boshqa rivojlangan mamlakatlar singari, AQShda ham agrosanoat majmuini rivojlantirish kuchli oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bilan chambarchas boғlangan.Mamlakatda bu sanoat kuchli rivojlangan majmuani tashkil etib, o’zida 40 dan ortiq tarmoqni jamlagan 22000 ta korxonadan tarkib topadi. Tarmoqda asosiy o’rinni 100 ta yirik firma tutib, ularning 60 tasi mamlakatning 500 ta yirik korporastiyalari qatoridan joy olgan va dunyo bo’yicha ularning ko’plab filiallari mavjuddir.

Keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati masalasi eng asosiy muammolar darajasiga ko’tarilgach, mamlakat agrar siyosatida fiziologik va ekologik xavfsizlikni ta’minlash bosh masala qilib qo’yildi. Ekspertlarning xulosalariga ko’ra inson hayotiga tibbiyot 8-9 %, oziq-ovqatlar esa 40-50% ta’sir ko’rsatar ekan. Shuning uchun ham oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni qondirish zaruriyati, tarmoqni texnologik va funkstional rivojlantirishni fan-texnika yutuqlari asosiga qurishni asosiy harakatga keltiruvchi kuch darajasiga chiqaradi.


Download 128,96 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Download 128,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chet el qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xususiyatlari

Download 128,96 Kb.