II-Bob. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sohaning ahamiyati va uning rivojlanish xolati.
2.1. . Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sohaning iqtisodiyotdagi o`rni.
«YEVROSNAR » Mas’uliyati cheklangan jamiyati “YEVROSNAR” o’zbek amerika qo’shma korxonasi shaklida 2003-yil oktabr oyida tashkil topgan. Kichik yog’ ishlab chiqarish korxonasi Jondor shaharcha Paxtakor Mahalla Fuqarolar yig’ini hududida sobiq “TAYYORLOVSAVDO” кorxonasi 1 gektar yer maydonida ish boshladi 2004 yil aprel oyidan boshlab sudkasiga 16 tonna kunga boqar va 50 tonna texnik chigitni qayta ishlash linyasi ishga tushdi.
Korxonaning ishchi o’rinlar soni 2004 yilda 20 nafar, 2007 yilda 65 nafar va 2017 yilning birinchi yanvariga 320 nafardan oshdi.Korxona 2007 yilda Sepatta qishloq fuqarolar yig’ini urganjiyon aholi maskaniga ko’chirildi.Korxonaning umumiy yer maydoni 3.5 gektar yerni tashkil etib uning 1.5 ga yer maydoniga zamonaviy tayorlov preslari,rafinatsiyalash elektromexanika ekstraksiya sexi qozonxona barpo etildi. Kunlik 80 tonna paxta chigitini qayta ishlash zavodi bunyod etildi.2007-2010 yilda korxona madenizatsiya qilinib zamonaviy uskunalar o’natildi. 2010 yil 30 tonna o’simlik yog’ini dezodaratsiya va pet hajimli idishlarga qadoqlash sexlari qurib foydalanishga topshirildi.”YEVROSNAR”qo’shma korxonasi 6 oktabr 2010 yilda qayta ro’yxatdan o’tkazildi va mulkchilik shakli o’zgartirilib MCHJ ga aylantirildi.Uning nizom jamg’armasi 516.1ming so’m bo’lib 51% Davlat ulushini tashkil etadi.
Jamiyatning davlat tilidagi to‘liq rasmiy nomi: YEVROSNAR» Ma’sulyati chekiahgan jamiyati :
Jamiyatning davlat tilidagi qisqartirilgan nomi: « YEVROSNAR »MCHJ.
Davlat ro’yxatidan o’tkazish Buxoro viloyati xokimligi Adliya boshqarmasi tomonidan 2003 yil 2 oktabrda 26-sonli restir raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.
Guvoxnoma № 0000385
Jamiyatning asosiy maqsad vazifalari Texnik chigitni qabul qilish ,qatiy xisobga olish va qayta ishlash ,belgilangan me’yor asosida paxta yog’i ishlab chiqarish.
Ichki istemol bozorini yanada to’ldirish uchun sifatli paxta yog’i va boshqa yog’ maxsulotlari ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jixozlash ilg’or texnika va texnalogiyalarni joriy etish invistitsiyalar,jumladan xorijiy invistitsiyalarni keng jalb etish.
Jamiyatning asosiy faoliyat doirasi, iste’molchilarning manfaatlariga javob beradigan mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, va turli faoliyat soxalarida xizmatlarga extiyojlarini qondirish xisoblanadi.
O‘z faoliyatining maqsadiga erishish uchun Jamiyat quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
barcha turdagi o‘simlik va danak yog‘larini kayta ishlab undan o‘simlik yog‘i, shrot, sheluxa va soapstok ishlab chiqarish, yog‘ maxsulotlarini qadoqlash va sotish;
sovun maxsulotlari ishlab chiqarish va sotish;
qishloq xo‘jalik, chorvachilik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, sotib olish va sotish;
xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va sotish;
ishlab chiqarish-texnik xarakterdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish;
ulgurji va chakana savdo, hamda savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
yoqilgi quyish shaxobchalarini tashkil etish, neft mahsulotlari savdosini tashkil etish;
avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish;
transport va ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatish;
Jamiyat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishga haqlidir.
Jamiyatning mol-mulki unga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lib, Jamiyat aksiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar, asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar, ko‘char va ko‘chmas mulklar, qimmatli qog‘ozlar, olingan daromad, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa asoslarda olingan boshqa mol-mulklardan tashkil topadi Jamiyat o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘z manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga birlashmalarda qatnashishi mumkin.
Jamiyatning joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi,Buxoro Viloyati Jondor tumani Urganjiyon qishlog’i.
Jamiyat ustav fondining miqdori 2 448 380 382 (ikki milliard to’rt yuzu qiriq sakkiz million uch yuzu sakson ikki ) so‘mni tashkil qiladi.
Endi jamiyatning 2015-2016 yillar davomida ishlab chiqargan mahsulotlar dinamikasi bilan tanishib chiqamiz va quyidagi jadvalda akus ettiramiz.
|