I-bob. Qishloq xo’jaligi islohotlarini amalga oshirisning asosiy y’nalishlari




Download 128,96 Kb.
bet9/24
Sana23.07.2021
Hajmi128,96 Kb.
#15751
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Ikkinchi yo’nalish bunga fermerlar, dehqon xo’jaliklari, oila pudratlari, tarmoq xo’jaliklari, yakka tartibda ijara asosida ish yurituvchilardan iborat bo’lgan dehqon xo’jaliklarni kiritish mumkin.

Bular hozirgi vaqtda eng mayda tovar ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar hisoblanib, ular ichida fermer xo’jaliklari o’rta hisobda 17ga erga eag bo’lib, ular bu erlarda mayda-mayda miqdorda, 4-8 xilgacha bo’lgan ekinlarni

ekish bilan o’z faoliyatini amalga oshirmoqdalar. Bu yo’nalishga kiruvchi xo’jaliklar o’z daromadliligi jihatidan kichik xo’jaliklar bo’lib, ular 3-5 xil turdagi mahsulotlarni etishtirish uchun zarur bo’lgan texnikaning barcha

turlarini sotib olish imkoniyatiga ega emas. Ularning ayrimlarini (traktor, kombayn, teri mashinalari va boshqalar) sotib olganda ham ish hajmining torligi natijasida yil mobaynida foydalanish imkoniyatiga ega bo’la olmaydilar. Agarda, ular sherik holda sotib olganlarida ham ish jarayonlarini bir vaqtda bajarilishi texnikadan foydalanish masalasini ijobiy hal qilishi mumkin.Shuning uchun ularni o’z faoliyatida zarur texnikani ijaraga (shartnoma asosida) MTSdan yoki boshqa hususiy ijarachilar texnikasidan foydalanilgani maqsadga muvofiqdir. Chunki, texnikani ijraga olish uni foydalanish bilan boғliq bo’lgan barcha xaoajatlar va qiyinchiliklar ijaraga beruvchi gardaniga tushib, ijarachi faqat ishini bajarib berganligi uchun haq to’laydi, xolos.

Ko’pchilik fermer va dehqon xo’jaliklar tajribasi “mitti” kichik, universal traktorlar (TT3-30, 4K2, AMG4K4, №30 hamda 0,4 – 0,6 kasli traktorlar)dan foydalanish ancha qulayliklar tuғdirayotganligidan dalolat bermoqda.

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligida EMTPI va uning qoshida servis xizmati ishini zamon talabiga moslashgan holda tashkil etish qishloq xo’jaligini moddiy texnika bazasini mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.

O’zbekistonda agrar sohada amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarning chuqurlashuvi bozor tamoyillari joriy etilishini, mahsulot etishtirish va sotish jarayonlarini o’zaro muvofiqligini ta’minlashni taqoza etmoqda. Ya’ni, agrar sohadagi eng muhim vazifa qishloq xo’jaligida raqobatchilik muhitini shakllantirish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektlar raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot etishtirishda talab va taklif muvozanatiga erishish, ichki va tashqi bozorda samarali faoliyat yurituvchi mexanizmlar keng ko’lamda joriy qilinishidan iborat.

Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qishloq xo’jaligini o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda raqobat, raqobatbardoshlik va raqobatchilik muhiti tushunchalari tavsifi takomillashtirilgan.

Qishloq xo’jaligida raqobatchilik muhitini shakllantirish holati baholangan va unga ta’sir etuvchi omillar tizimlashtirilgan.

Raqobatchilik muhiti va raqobatbardoshlik tushunchalari bir biriga yaqin bo’lib, ishlab chiqarish, mahsulot sotish jarayonlarida bir-birini to’ldirib boradi. Mahsulot raqobatbardoshligi uchun uni etishtirishda yaratilgan mahsulot yuqorisifatli va aholi uchun xaridorgir bo’lsagina, raqobatchilik muhitining me’yorlariga javob bergan va raqobatlasha oladigan mahsulot talabiga javob bera oladi.

Raqobatbardoshlik bu raqobatchilar o’rtasidagi ularni mahsulotiga nisbatan baho beruvchi yuqori malakali ishchilar mehnatidan foydalanilgan tizim optimallashtirilgan va shunga moslashtirilgan texnologiya qo’llash natijasida olingan belgi. Shuning uchun ham ushbu ikki tushunchani bir-biridan ajratgan holda tadqiq qilish mumkin emas.Ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlarning mazkur kategoriyaga berayotgan tavsifida masalaning ma’lum qirrasi ma’lum bo’lib turibdi. Qashqadaryo viloyatida olib borilgan tadqiqotlar va so’rovnomalar natijalariga ko’ra, shuningdek bizning fikrimizcha, raqobatchilik muhitini shakllantirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim;

- Fermerlarni erga bo’lgan ijara huquqini himoyalash ulardan erda uzoq muddat foydalanishga ishonch hosil qilish orqali tuproq unimdorligini saqlab qolishga bo’lgan intilishlarni raғbatlantirish;

-Qishloq xo’jaligida dehqonchilik va chorvachilik o’rtasidagi nomutanosiblikka barham berish;

-Ekinlar tarkibini takomillashtirish, unda oraliq va dukkakli ekinlar ulushini ko’paytirish orqali almashib ekishni joriy qilish;

-Paxta va ғallaga yaqin kelajakda davlat buyurtmasi saqlanib qolishini hisobga olib, buyurtma uchun mahsulot etishtirish va shu mahsulotni sotib olish jarayonlarini tender orqali tashkil qilish mexanizmlarini qo’llash.

Mamlakat agrar siyosatida xo’jalik yuritish shakllarini tanlash iqtisodiy isloxotlarni xo’jalik bo’ғinida samarali amalga oshishiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqadigan bo’lsak, ko’pgina mamlakatlar (asosan, rivojlangan mamlakatlar) fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni maqsadga muvofiq deb hisoblashadi.O’zbekistonda olib borilayotgan agrar siyosat natijasida xo’jalik yuritishning bir qator shakllari sinab ko’rildi. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari ma’lum ma’noda bir qator ishlab chiqarish shakllarini o’z faoliyatlarida sinab ko’rishgan va xulosalarga ega bo’lishgan.

Biz xo’jalik yuritish shakllari haqida yana ham yaxshiroq xulosaga ega bo’lish uchun yaqin o’tmishda bizning qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilarimiz faoliyat yuritgan xo’jalik shakllarini sanab o’tamiz:

- davlat xo’jaliklari. Davlat xo’jaliklari davlat mulkiga asoslangan, ishlab chiqarishda brigada tizimiga, boshqarishda yakkahokimlik tamoyiliga asoslangan xo’jalik yuritish shaklidir. Bu xo’jalik yuritish shakli ishlab chiqaruvchilarni faqat rejani bajarishgagina raғbatlantiradi, mahsulot sifati, uni iste’molchiga, bozorga mos ishlab chiqarish masalalari ishlab chiqaruvchi uchun farqsiz, aynan shu narsa ishlab chiqaruvchilarni yangiliklarni joriy qilish, ishlab chiqarishga nisbatan ongli munosabatda bo’lish kabi munosabatlardan begona qilib qo’yadi;

- jamoa xo’jaliklari. Jamoa xo’jaliklari – er davlat mulki, ishlab chiqarish munosabatlari jamoaviy tamoyilga asoslangan, ishlab chiqarish shakli brigada tizimida tashkil qilingan xo’jalik yuritish shaklidir.

Davlat xo’jaliklaridan farqli ravishda jamoa xo’jaliklarida jamoa a’zosi ishlab chiqarish natijalaridan manfaatdor bo’ladi, lekin bunda ham manfaatdorlik ko’p jihatdan reja bajarilishiga boғliq bo’lib qolaveradi, shuning uchun ham mahsulot sifati ikkinchi darajali masala bo’lib qolaveradi.

- shaxsiy (tomorqa) xo’jaliklar. Bu xo’jaliklar alohida hisob-kitob schyotiga ega bo’lmagan, kishilarning tomorqalarida mahsulot etishtirish tamoyiliga asoslangan ishlab chiqarish shaklidir. Bu xo’jalik yuritish shaklining asl maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan bo’lib, kishilar o’z tomorqalarida qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, uy hayvonlarini boqish kabi ishlarni amalga oshirib, o’zlarining bu mahsulotlarga bo’lgan talablarini qondirishgan, ma’lum ortiqcha qismini bozorda sotib o’z ehtiyojlari uchun kerak bo’ladigan boshqa mahsulotlar sotib olish imkoniyatiga ega bo’lishgan. Lekin ma’lum vaqtlarda olib borilgan noto’ғri agrar siyosat natijasida kishilarda mahsulot etishtirishga nisbatan qiziqishlari susayib ketgan. Masalan, 70-yillarda boғ, tokzorlar va mevali daraxtlar hosiliga nisbatan haddan ziyod ortiqcha soliq solinishi bu ekinlarning kesib yuborilishiga olib kelgan bo’lsa, 80- yillardagi har bir bosh chorva mollari va parranda uchun solingan mahsulot solig`i qishloq aholisi chorva mollari sonining keskin kamayib ketishiga olib keldi;

- ijara xo’jaliklari. Ijara xo’jaliklari O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda paydo bo’lgan kooperativ (jamoaviy) xo’jalik yuritish shakllaridan hisoblanadi. Davlatdan mulk va asosiy ishlab chiqarish vositalarini ijaraga olib brigada tizimi asosida xo’jalik yuritish shakli hisoblanadi;

- xalq korporastiyalari. Mustaqillikning dastlabki yillarida sinov tariqasida tashkil qilingan bu xo’jalik yuritish shakli ham eski davlat xo’jaliklari o’rnida tashkil topgan edi. Davlatdan erni ijaraga, boshqa vositalarni asta-sekinlik bilan ma’lum vaqtda sotib olishga asoslangan bu xo’jalik yuritish shakliga asosan ishlab chiqarishi rivojlangan, shu bilan birga sanoatning ayrim tarmoqlarini ham rivojlantirayotgan xo’jaliklar o’tkazildi, ammo ular ham bozor iqtisodiyoti qonunlariga bardosh bera olmadi;

- agrofirmalar. Agrofirmalar asosan ilmiy-ishlab chiqarishni rivojlantirish va uruғchilikni samarali tashkil qilish maqsadida tashkil qilingan xo’jalik yuritish shaklidir. Bu xo’jaliklarga davlat tomonidan ancha engilliklar berilgan bo’lib, ularga imtiyozli kreditlar berilgan, shuningdek, eng yaxshi sharoitlar yaratilgan, hamda ishlab chiqarilgan uruғlik mahsulotlari boshqa shaklda faoliyat yuritayotgan xo’jalik mahsulotlaridan qimmatroq bahoda sotib olingan. Eskidan qolgan psixologiya bu xo’jalik a’zolarining ham qalbaki ishlashlariga, ya’ni uruғlikni etarli sifatda ishlab chiqarmasdan, past nav mahsulotlarini yuqori qilib ko’rsatishga majbur qildi va bu boshqa ishlab chiqaruvchilarda norozichilik keltirib chiqardi;

- yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari. Bu jamiyatlar past rentabelli jamoa xo’jaliklari o’rniga tashkil qilindi. Ammo akstiyalarni jamoa a’zolarining o’zi ham sotib olishni hohlamagach, chorvachilik komplekslarini shunday jamiyatlarga aylantirish va sotish siyosati amalga oshirildi. Hozirgi kunda bunaqa jamiyatlar ayrim chorvachilik korxonalarida saqlanib qolgan;

- agrokombinatlar. Bu korxonalar o’z mahsulotlarini asosan o’zi qayta ishlash va sotish, shu bilan birga hududiy yaqin joylashgan xo’jaliklar mahsulotlarining bir qismini ham shartnoma asosida qayta ishlab berishga

asoslangan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu tartibdagi korxonalarning ham mavjud bo’lishi raqobatni oshirishga xizmat qilgan bo’lardi.Birinchidan, bu korxonalar o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda o’zi xohlaganiday sotadi, ikkinchidan, mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar uchun ham raqobatchi bo’lishi, hamda, shu asosda boshqa ishlab chiqaruvchilarning ham manfaatlari ma’lum darajada himoya qilingan bo’lardi. Ammo bu korxonalarni tashkil qilishning yana bir qiyin tarafi borki, u ham bo’lsa kuchli raqobat sharoitida agrokombinatlar o’z ishlab chiqargan mahsulotlari bilan yirik sanoat korxonalari vujudga keltiradigan raqobatga bardosh berolmasligi va natijada ancha qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin.


Download 128,96 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Download 128,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-bob. Qishloq xo’jaligi islohotlarini amalga oshirisning asosiy y’nalishlari

Download 128,96 Kb.