IV. Xulosa va takliflar..................................................................................................
V. Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati…………………………………………….....
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O`bekistonda amalga oshirilayotgan agrar islohotlarda ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirib borish iqtisodiy-tarkibiy siyosatining muhim strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishlarning tarkibiy qismi sifatida viloyat aholisining asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lishi bilan bir qatorda, mamlakat aholisi va qayta ishlash korxonalarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda talablarini qondirish, ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning muhim omili sifatida katta ahamiyatga egadir.
Yurtimizda ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini rayonlashtirish borasida har tomonlama puxta o‘ylangan siyosat olib borilayotgani eng muhim xomashyo va eksportbop mahsulot bo‘lmish paxta yetishtirishning nisbatan barqaror hajmini saqlagan holda, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni bir necha barobar ko‘paytirish imkonini berdi. Eng muhimi, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlashga zamin tug‘dirdi, kerak bo‘lsa, ularni chet mamlakatlarga eksport qilishga imkon bermoqda. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish aholining turmush darajasini yuksaltirish nihoyatda muhim masaladir. Uni hal etish turli xildagi iste’mol tovarlarini, jumladan paxta xom ashyosini, paxta tolasini, uning yog‘ini, sovunni va boshqalarni talab darajasida ishlab chiqarishni taqozo qiladi. 2015-2016 yillar davomida paxta tolasiga bo‘lgan jahon talabi 24,7 mln. tonna bo‘lgani holda 25,9 mln. tonna ishlab chiqarilgan. Yuqorida ta’kidlangan mahsulotlar qishloq xo‘jaligi hamda qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqariladi. Demak yuqoridagi tarmoqlar o‘zaro manfaatli holda uyg‘unlashar ekan. Bu jarayon Respublika iqtisodiyotida qayta ishlash tarmoqlarining ma’lum darajada shakllanganligidan dalolat beradi. Shuning natijasida iqtisodiyotda mehnat taqsimoti amalga oshirilmoqda. Lekin shakllangan qayta ishlash tarmoqlarining erkin bozor iqtisodiyoti talablariga to‘liq javob beradigan darajada emas. Chunki, ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar yetarli darajada takomillashmagan. Masalan, paxtachilik xo‘jaliklari uchun zarur bo‘lgan sanoat korxonalari mahsulotlarining (traktor, mineral o‘g‘it, yoqilg‘i va boshqalar)
bahosi ancha yuqori, fermer xo‘jaliklari sotayotgan paxta xom ashyosining bahosi esa aksincha. Natijada shu mahsulotlar o‘rtasidagi nomutanosiblik (disparitet) mavjud. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlash hisobiga olingan sof foyda ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanmayotir. Bunday hol tarmoq korxonalarining rentabellik darajasiga turlicha ta’sir etmoqda. Natijada paxtachilik xo‘jaliklarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi–xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish darajasi ham keskin farq qilmoqda. Ta’kidlangan masalalar qayta ishlash va sotish tizimlarini ilmiy va amaliy jihatdan to‘g‘ri va samarali shakllanmaganligidan, undagi iqtisodiy munosabatlarning bozor iqtisodiyoti talablari asosida to‘liq faoliyat ko‘rsatmayotganligidan dalolat berib mavzuni nazariy, uslubiy hamda amaliy jihatdan dolzarbligini namoyon etib, uni tizim shaklida chuqur tadqiq etishni taqozo etmoqda.
|