|
I-bob. Qishloq xo’jaligi islohotlarini amalga oshirisning asosiy y’nalishlari
|
bet | 14/24 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 128,96 Kb. | | #15751 |
" EVROSNAR " MCHJ ning moliyaviy faoliyati tahlili shuni ko‘rsatadiki, mahsulot sotishdan sof tushum tahlil qilinayotgan yillarda 112 foizga yoki 4622466 ming so‘mga oshgan. Sotilgan mahsulot tannarxi ham 108,2 foizga oshganligini ko‘rish mumkin. Korxonaning rentabellik darajasi 2011 yilda 21,6 foizni, 2012 yilda 29,4 foizni va 2013 yilda esa 25,9 foizni tashkil etgan. Demak, bu ko‘rsatkich 2013 yilda 2011 yilga nisbatan 1,2 martaga oshgan. Biroq, 2012 yilga nisbatan esa 1,14 martaga kamayganligini ko‘rish mumkin. Korxonaning jami sof foydasi 105,9 foizga ko‘payib, bu ko‘rsatkich 2011 yilda 5,8 foizni, 2012 yilda 7,1 foizni va 2013 yilda esa 5,6 foizni tashkil etgan. Tahlil qilinayotgan yillarda ko‘rinib turibdiki, rentabellik darajasi 1,04 martaga kamayganligini ko‘rish mumkin.
Korxonaning rentabelligini oshirish uchun, mahsulot hajmini ko‘paytirish va uning turini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Kelgusida jamiyatning iqtisodiy samaradorligini oshirish boshqaruv raisining bilimdonligiga, malakasiga va boshqaruvda o‘ziga xos bo‘lgan usullarni qo‘llash orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
|
| |