• Ko‘rsatkichlar O‘lchov birligi Yillar
  • 2.1.2-jadval " EVROSNAR " MCHJ da 1 tonna paxta chigitidan
  • O‘lchov birligi Mahsulot chiqishi
  • " EVROSNAR " MCHJ da 1 tonna xo‘jalik sovunini
  • Yordamchi materiallar nomi O‘lchov birligi Mahsulot chiqishi
  • 2.1.4-jadval " EVROSNAR " MCHJ da 1 tonna paxta chigitini qayta ishlashga sarflanadigan yordamchi materiallarning meyori to‘g‘risida ma’lumot
  • 2.2. Korxonada mahsulotlarni qayta ishlashning samaradorlik ko‘rsatkichlari Tahlili
  • I-bob. Qishloq xo’jaligi islohotlarini amalga oshirisning asosiy y’nalishlari




    Download 128,96 Kb.
    bet13/24
    Sana23.07.2021
    Hajmi128,96 Kb.
    #15751
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
    2.1.1-jadval

    EVROSNAR” MCHJ da ishlab chiqarilgan mahsulotlar dinamikasi



    Ko‘rsatkichlar

    O‘lchov birligi

    Yillar

    2013

    2014

    2015

    2016

    Paxta tolasi

    m.tonna

    25,8

    23,4

    24,9

    26,8

    O‘simlik moyi

    m.tonna

    17,6

    15,8

    10,3

    16,4

    Shrot

    m.tonna

    43,4

    41,4

    26,0

    40,1

    SHeluxa

    m.tonna

    29,3

    22,3

    16,9

    28,2

    Xo‘jalik sovuni

    tonna

    955,0

    823,0

    464,0

    1001,0

    Manba EVROSNAR”MCHJ ma`lumotlari asosida tayyorlandi/

    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxona o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmi 2013 yilda 17,6 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2016 yilda 16,4 ming tonnaga teng bo‘lgan. Biroq tahlil qiliinayotgan yillarda o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmi 6,8 foizga yoki 1,2 ming tonnaga kamayganligini ko‘rish mumkin.shuningdek, sheluxa va shrot ishlab chiqarish ham tahlil qilinayotgan yillarda kamayganligin ko‘rish mumkin. Biroq xo‘jalik sovuni ishlab chiqarish hajmi 104,8 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

    Endi korxonada paxta chiqitidan olinishi kerak bo‘ladigan mahsulotlar meyorlari bilan tanishib chiqamiz va quyidagi jadvalda aks ettiramiz.

    2.1.2-jadval

    " EVROSNAR " MCHJ da 1 tonna paxta chigitidan

    mahsulot ishlab chiqarish meyori to‘g‘risida ma’lumot



    Ko‘rsatkichlar

    O‘lchov birligi

    Mahsulot chiqishi

    1

    Tozlanmagan paxta yog‘i

    %

    18,4

    2

    Shrot

    %

    43,2

    3

    SHeluxa

    %

    33,1

    4

    Tabiiy yuqotish

    %

    5,3

    5

    Tozalangan yog‘

    %

    88,5

    6

    Soapstok

    %

    9,9

    7

    Qaytmaydigan yuqotish

    %

    1,6

    Manba EVROSNAR”MCHJ ma`lumotlari asosida tayyorlandi

    Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 1 tonna paxta chigitidan 88,5 foiz tozalangan o‘simlik yog‘i, 18,4 foiz tozalanmagan yog‘, 43,2 foiz shrot va 33,1 foiz sheluxa ishlab chiqarilar ekan. Ushbu meyorlarni hisobga olgan holda qancha mahsulot kerakligi va undan qancha usimlik yog‘i olinishini bilish mumkin bo‘ladi. Shunga qarab korxonada o‘simlik yog‘i, shrot, sheluxa va xo‘jalik sovunlarini ishlab chiqarish rejasini tuzish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Keyingi jadvalda 1 tonna xo‘jalik sovunini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yordamchi materiallarning meyorlari keltirilgan bo‘lib, bu meyorlar asosida korxonada yillik biznes rejalarni tuzishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

    2.1.3-jadval

    " EVROSNAR " MCHJ da 1 tonna xo‘jalik sovunini

    ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yordamchi materiallarning meyori to‘g‘risida ma’lumot



    Yordamchi materiallar nomi

    O‘lchov birligi

    Mahsulot chiqishi

    1

    Texnik salomasi

    kg/tn

    246,1

    2

    Iste’mol salomasi

    kg/tn

    140,6

    3

    DJK

    kg/tn

    210,9

    4

    Kaustik soda

    kg/tn

    145,0













    Manba EVROSNAR”MCHJ ma`lumotlari asosida tayyorlandi
    2.1.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 1 tonna sovun ishlab chiqarish uchun 246,1 kg texnik salomasi, 140,6 kg iste’mol salomasi va 145 kg kaustik soda kerak bo‘lar ekan. Korxonada 6790,8 tonna sovun ishlab chiqariladigan bo‘lsa, bunga 1671,2 tonna texnik saloma, 954,8 tonna iste’mol salomasi va 984,7 tonna kaustik soda kerak bo‘lar ekan.

    Endi korxonada 1 tonna Paxta chigitini qayta ishlashga sarflanadigan yordamchi materiallarning meyorlari bilan tanishib chiqamiz.



    2.1.4-jadval

    " EVROSNAR " MCHJ da 1 tonna paxta chigitini qayta ishlashga sarflanadigan yordamchi materiallarning meyori to‘g‘risida ma’lumot



    Yordamchi materiallar nomi

    O‘lchov birligi

    Mahsulot chiqishi

    1

    Ekstrabenzin

    kg/tn

    3,5

    2

    Kaustik soda

    kg/tn

    9,8

    3

    Filtr mato (belting)

    p/m

    0,2

    4

    Oqlovchi tuproq

    kg/tn

    10,0

    5

    Ishqoriy faollangan ko‘mir

    kg/tn

    2,5

    Manba EVROSNAR”MCHJ ma`lumotlari asosida tayyorlandi

    Ushbu jadval ma’lumotlarini o‘rganganimizda 1 tonna paxta chigitini qayta ishlash uchun 3,5 kg ekstrabenzin, 9,8 kg kaustik soda, 10 kg oqlovchi tuproq va 2,5 kg ishqoriy faollangan ko‘mir kerak bo‘lar ekan. Bu meyorlarni bilish korxona uchun biznes rejalarni tuzishda va tannarxini bilgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan olinadigan foyda ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkindir.


    2.2. Korxonada mahsulotlarni qayta ishlashning samaradorlik ko‘rsatkichlari

    Tahlili
    Kоrхоnаlаr dаvlаt buyurmаsidаn tаshqаri bаrchа mаhsulоtlаrini erkin vа bоshqа turdаgi bаhоlаrdа sоtmоqdаlаr. Erkin bаhо bоzоrdа mаhsulоt sоtuvchi vа uni sоtib оluvchilаr o’rtаsidа, ulаrning iqtisоdiy mаnfааtlаri hаmdа bоzоr tаlаbi vа tаklifi аsоsidа shаkllаnаdi, ya’ni bеlgilаnаdi. U tаrmоqlаrning mаhsulоt оldi-sоtdi munоsаbаti bo’yichа tuzilgаn shаrtnоmаlаridа o’z аksini tоpаdi. Shuning uchun erkin bаhоlаrni shаrtnоmа bаhоlаri dеb hаm аtаshаdi. Uning аbsоlyut miqdоri mаhsulоt sоtish dаvrigа, ungа bo’lgаn tаlаbgа hаmdа mаhsulоt sifаtigа bоg’liq.

    Pахtа tоlаsining o’rtаchа jаhоn bаhоsi аsоsаn N’yu-Yоrk hаmdа Livеrpul хоmаshyo tоvаr birjаlаridаgi sаvdоdа bеlgilаnаdi. 1990-2002 yillаrdа pахtа tоlаsining

    jаhоn bоzоridаgi bаhоsi sаlkаm 40 fоizgа, bug’dоy bilаn guruchning bаhоsi esа 8-12 fоizgа pаsаygаn. Bundаy hоl shuning uchun ro’y bеrdiki, tаlаbni o’rindоshlik mаhsulоtlаri tоlаsigа tаlаb mаvjudligi bilаn qоndirish аnchа mаrаkkаb, lеkin pахtа tоlаsining o’rnini bоshqа mаhsulоtlаr bilаn qоndirish imkоniyati аnchа yuqоri.

    2005 yildаn bоshlаb rеspublikаmiz pоytахi Tоshkеnt shаhridа “pахtа yarmаrkаsi” tаshkil etildi. 2016 yil mаmlаkаtimiz fеrmеr хo’jаliklаri tоmоnidаn 6,450 mln. tоnnа pахtа hоsili еtishtirildi. 2011 yilning 13-14 оktyabr kunlаri Tоshkеnt shаhridа “8-pахtа yarmаrkаsi” bo’lib o’tdi. Bundа 300 mаmlаkаtdаn vаkillаr kеlib, 650 ming tоnnа tоlа uchun shаrtnоmаlаr imzоlаndi.

    Xo‘jaliklarning moliyaviy natijalari samarodorligini yanada yaxshilash uchun xo‘jalik ayniqsa ayrim maxsulot turlarini realizatsiya qilishning rentabelligini to‘g‘ri aniqlash kerak. Ayrim mahsulot turlarini realizatsiya qilishning rentabellaik ko‘rsatkichlari xar qaysi mahsulot turini yetishtirish xarajatlarining samaradorligini ko‘rsatadi, davlatning fermer xo‘jaliklaridan sotib olinadigan maxsulotlariga to‘g‘ri narx qo‘yish va ishlab chiqarishning kelgusida rivojlanishi uchun aniq choralar belgilash imkonini beradi.

    Qishloq xo‘jalik korxonalari yetishtirgan mahsulotlarni sotishga Respublika Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasining joylardagi bo‘limlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar amaliy yordam berishlari zarur. Shu bilan birga, qishloq xo‘jalik korxonalarida bozorni o‘rganib, savdo-sotiq ishlarini rivojlantiradigan marketing bo‘limlari tashkil etib, ularni rivojlantirishga alohida e’tibor berish lozim.

    Qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishi samarali rivojlanishini ta’minlash maqsadida yetishtirgan mahsulotlarining ma’lum qismini o‘z takror ishlab chiqarishi uchun urug‘likka, ko‘chat yetishtirishga, yemga, ozuqaga sarflaydi, ishchi-xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ish haqi evaziga, umumiy ovqatlanishga beradi. Bularning hammasi hozircha tannarxda beriladi. Hozirgi davrda xo‘jaliklar aholini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida iqtisodiy nochor oilalarga,

    keksalarga, bolalar uylariga hayriya shaklida ham o‘z mahsulotlarini bermoqdalar. Bunday munosabatlarda xo‘jaliklar daromad olmaydilar.

    Tovar ishlab chiqаruvchi bozorni qаmrаb olishning, uchtа variаntidan birini tаnlаshi mumkin:

    1. Аgar аjrаtib olingan sigmеnt tahlili ularning оrаsida fаrq mavjud emаsligini ko`rsаtsа, tadbirkor ularga e`tibor qilmаsligi va bozorning hammаsiga tovarini taklif qilishi mumkin. Bunday hоllarda maqsadi bir хil talab va ehtiyojli xaridоrlarning ko`plаb jаlb etish bo`lgan mаrkеting dasturi tuzilаdi. Bozorni qаmrаb olishning bunday strаtеgiyasi differеntsiyalаshmаgan mаrkеting deb аtаlаdi. Bunday mаrkеting tеjаmli bo`lib, kаttа sаrf talab qilmаydi. Biroq bir nеchа korxona bir vaqtning o`zida bunday strаtеgiyani qo`llаy bоshlаsа, shаfqаtsiz raqobat bоshlаnаdi va boshqa variаntlarni qidirishga to`g`ri kеlаdi.

    2. Korxona bozorning bir nеchtа sigmеntiga ishlаshga qaror qildi, ularning hаr biri uchun o`zga xususiyatlarini hisоbga оlgan holda аlоhida mаrkеting dasturi tаyyorlаydilar (tovar, baholar, rеklаmа va boshqa). Bunday hоlаtlarda mahsulotlarning sоtib оlinishi o`sishiga umid qilish mumkin, chunki u bozorning hаr bir sigmеnti talabiga mоslаshаdi.

    Bu differеntsiаllаshgan mаrkеting. Bunday strаtеgiyadan kеng dоirаda tovar ishlab chiqib, ularni bozorga chiqаrа olishga qurbi еtаdigan, еtаrli mаblаg`ga ega yirik kоmpаniyalarning foydalanishi tavsiya etilаdi.

    3. Tovar ishlab chiqаruvchi kuchlarni bittа sigmеntga kontsentratsiyalash haqida qaror qabul qiladi. Bozorni qаmrаb olishning bunday strаtеgiyasi kontsentratsiyalashgan mаrkеting deb аtаlаdi. U riskning yuqori darаjadaligi bilan bog`liq, chunki tаnlаngan sigmеnt ishоnchni оqlаy оlmаsligi mumkin: unga raqobatchi pаydо bo`lib, mahsulotga talab tushib kеtish ehtimоli bоr.

    Bozorni qаmrаb olish sigmеntini tаnlаshda quyidagilarni e`tiborga olish lоzim:



    • resurslar chеklаngan holatida kontsentratsiyalashtirilgan mаrkеting strаtеgiyasi eng аfzаli hisоblаnаdi;

    • sifаt jihatdan o`хshаsh tovarlarga, masalan, tuz, shаkаr, krахmаl va boshqa) differеntsiаllаnmаgan mаrkеting; turli pаrаmеtrlari bo`yicha bir-biridan fаrqlаnаdiganlarga (go`sht va sut mahsulotlari, mеva-sаbzаvоt konservalari va hоkаzо) differеntsiаllаshgan yoki kontsentratsiyalashgan mаrkеting ko`prоq mоs kеlаdi;

    • bozorga yangi tovar bilan chiqishda differеntsiаllаnganmаgan yoki kоntsеntrаtsiyalаngan mаrkеtingdan foydalаnib. yangilikning bittа variаntini taklif qilish maqsadga muvоfiq.

    Bozorning eng foydali sigmеnti quyidagi talablarga javob berishi kerak: sоtuvning eng yuqori hаjmi va uning o`sishining yuqori sur`аtlari, rеntаbеllikning eng yuqori darajasi (daromad nоrmаsi) sust raqobat.

    Bozorni sigmеntlаgandan kеyin korxona raqobatchilarni aniqlash va sotishning mаksimаl hаjmini ta`minlash uchun tovarlarning guruhlаnishi haqidagi masalani hal qilishi zаrur.

    Ma’lumki, qayta ishlashni zamonaviylashtirish va rivojlantirish - qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yangi ishchi o‘rinlarni tashkil etish, respublikaga chet el valyuta tushumini ko‘paytirishga olib keladi

    Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi va Urganch shaharlarida «Uzbekistan Agrominitech Expo-2009» ko‘rgazma-savdolarning yakunlariga ko‘ra, respublika miqyosida mini-texnologiya va ixcham uskunalarni xarid qilish bo‘yicha umumiy qiymati 88,3 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan 2009 ta shartnoma va kelishuv bayonnomalari imzolandi.

    Tahlillarga ko‘ra amalga oshirilgan loyihalarning 21.4 % tashabuskorlarnng o‘z mablag‘i xisobidan, 78.6% bank kreditlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘rgazma-savdolarda dunyoning 22 davlatidan, xususan Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Avstriya, Polsha, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan 100 dan ortiq kompaniyalar, shuningdek, respublikamizdagi mahalliy kompaniyalar ishtirok etishdi.

    «Uzbekistan Agrominitech Expo-2009» ko‘rgazma-savdolari natijalari bo‘yicha xujjatlar asosan quyidagi yo‘nalishlarda imzolangan:

    - non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 5,3 mlrd. so‘mlik 126 ta;

    - parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha qiymati 3,0 mlrd. so‘mlik 305 ta;

    - sutni qayta ishlash va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 12,7 mlrd. so‘mlik 106 ta;

    - meva va sabzavotlarni qayta ishlash bo‘yicha qiymati 5,5 mlrd. so‘mlik 73 ta;

    - go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha qiymati 2,8 mlrd. so‘mlik 20 ta;

    - mahsulotlarni qadoqlash uskunalari bo‘yicha qiymati 1,0 mlrd. so‘mlik 19 ta;

    - tegirmon uskunasi bo‘yicha qiymati 658,1 mln. so‘mlik 85 ta;

    - o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 250,2 mln. so‘mlik 27 ta;

    - kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha qiymati 240,4 mln. so‘mlik 75 ta ;

    - sovutish va muzlatish uskunalari bo‘yicha qiymati 561,0 mln. so‘mlik 12 ta;

    - issiqxona tashkil etish bo‘yicha qiymati 495,8 mln. so‘mlik 4 ta;

    - chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha qiymati 386,2 mln. so‘mlik 12 ta;

    Qarshi shahrida o‘tkazilgan «Qarshi Agrominitech Expo-2009» ko‘rgazma-savdolarning yakunlariga ko‘ra, respublika miqyosida mini-texnologiya va ixcham uskunalarni xarid qilish bo‘yicha umumiy qiymati 25,6 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan 798 ta shartnoma va kelishuv bayonnomalari imzolandi.

    Xorijiy kompaniyalar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari, go‘sht va sutni qayta ishlash bo‘yicha to‘liq liniyalar, non va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari, mahsulotlarni qadoqlash va saqlash uskunalari, chorvachilik, terini qayta ishlash, kasanachilik va parrandachilikni rivojlantirish, issiqxona tashkil etish, bog‘dorchilik va boshqa yo‘nalishlardagi uskunalar namoyish etildi.

    Oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan 138,7 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 7,3 foizga o‘sishiga erishildi.
    O‘tgan davrda 1848,6 mln.so‘mlik investitsiya kiritish evaziga 136 ta yangi kichik sanoat korxonasi yangidan tashkil etildi. Natijada Ushbu soxaga karashli korxonalar soni (mikrofirmalar bilan birga) 805 tani tashkil etdi va kushimcha 774 ta yangi ish urni yaratildi.

    O‘tgan davrda 28 ta korxonaning mahsulot ishlab chiqarish kuvvatidan unumli darajada foydalanishga erishildi.

    Oziq-ovqat sanoati sohasiga qarashli 57 ta korxonaga 2748,9 mln. so‘mlik investitsiya kiritish evaziga modernizatsiya va texnologik qayta qurollantirish ishlari amalga oshirilishi natijasida 816 ta yangi ish urni yaratildi.

    Oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarilayotgan 20 ta tur mahsulotdan 15 ta turi buyicha ishlab chiqarishda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sishiga erishildi (non va non mahsulotlari 112,4 foiz, , makaron mahsulotlari 117,8 foiz, , go‘sht mahsuloti 146,6 foiz, sut mahsulotlari 144,1 foiz, sariyog 131,9 foiz, mol yogi 146,2 foiz, kandolat mahsulotlari 131,9 foiz).

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 iyundagi
    PQ 651-sonli “2007-2011 yillardagi davrda yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Koson yog‘-ekstraksiya” QKda 2007-2011 yillarda 22 ta eski uskunani almashtirish bo‘yicha Dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, 2009 yilning I-choragida 1 ta liniyani modernizatsiya qilish belgilanib, o‘tgan davrda 16 mln.so‘mga 1 ta uskuna olib kelindi va qaytadan jihozlandi. Natijada qadoqlangan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish quvvati 500 but/soatdan 800 but/soatga yetkazildi.

    Sohaga karashli korxonalar tomonidan o‘tgan davrda 3039,7 ming AQSH dolari mikdorida sanoat mahsuloti eksport kilindi.

    Jumladan, eksport hajmi G‘uzor tumanidagi «G‘uzor flour» MCHJda 954,5 ming AQSH dollarini, Qarshi shahridagi «Dunyo-M» OXJda 1322,7 ming AQSH dollarini, Shahrisabz tumanidagi «Don xalq rizqi» OXJda 629,8 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

    Ilovadagi 2.2.1-jadvalda" EVROSNAR " MCHJ keyingi 2014-2016 yillar davomida ishlab chiqarilgan mahsulotlar dinamikasi tahlil qilingan bo‘lib, bundan ko‘rinib turibdiki, paxta chigitidan 18,4 foizi tozalanmagan paxta yog‘i va qolgan 81,6 foizidan tozalangan paxta yog‘i olinganligini ko‘rish mukin. Lekin tahlil qilinayotgan yillarda tozalangan paxta yog‘i 2016 yilda 2014 yilga nisbatan 2663,2 tonnaga kamaygan. 1 litr qadoqlangan paxta yog‘i 95 donaga, 3 litrli qadoqlangan paxta yog‘i esa 51978,3 donaga ko‘payganligini ko‘rish mumkin. Demak, 3 l qadoqlangan paxta yog‘iga talabni ko‘chayishi natijasida ularni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

    Endi korxonaning mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar ko‘rsatkichini tahlil qilib chiqamiz va 2.2.2-jadvalda aks ettiramiz. Xarajatlar tarkibini tahlil qilganimizda eng katta xarajat xom-ashyo uchun sarflanganligi, ya’ni jami xarajatda uning ulushi 65 foizni tashkil etgan va ish haqi xarajatlari esa 11-12 foizga teng bo‘lgan. Jami ishlab chiqarish xarajatlari 2013 yilda 2011 yilga nisbatan 108,2 foizga, ya’ni 2590157 ming so‘mga oshganligini ko‘rish mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi mahsulot tannarxiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, tannarni oshishiga olib keladi va natijada aholi uchun ishlab chiqariladigan o‘simlik yog‘ining bahosi oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun sohaga investitsiyalarni jalb qilish hisobiga mahsulot turini ko‘paytirish, ya’ni soya yog‘i, zig‘ir yog‘i, masxar yog‘larini ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chunki bugungi kunda qishloq xo‘jaligida moyli ekinlar maydonini kengaytirish, ya’ni zig‘ir, masxar o‘simliklarini ko‘proq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish korxona samaradorligini oshirishga olib keladi.


    Download 128,96 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




    Download 128,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. Qishloq xo’jaligi islohotlarini amalga oshirisning asosiy y’nalishlari

    Download 128,96 Kb.