XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekiston Respublikasi nisbatan yaxshi rivojlangan qayta ishlash sanoatiga ega. Ayniqsa, oziq- ovqat va yengil sanoati kuchli rivoj topgan. Shu bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlaydigan, qayta ishlaydigan va sotadigan agrosanoat majmuasining uchinchi sohasida ko‘pgina yechimni kutayotgan masalalar mavjud. Ularning eng asosiysi sohaga kiruvchi tarmoqlarda vujudga keltirilgan mavjud quvvatlardan to‘liq foydalanishdir. Ma’lumki, ayrim tarmoqlarda mavjud quvvatlardan foydalanish darajasi 153 foizni tashkil etmoqda. Bu o‘z navbatida, juda katta muammolarni vujudga keltiradi. Agrosanoat majmuasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlaydigan, qayta ishlaydigan va sotadigan sohasini rivojlantirish O‘zbekiston Resbublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada juda katta ishlar amalga oshirilayapti. Asosiy mahsulotlardan biri- paxtani chuqur qayta ishlashni tashkil etish, ayniqsa, katta iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Viloyatimiz juda katta yog‘-moy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilgan. Hozirda viloyatimiz aholisiga yetarli miqdorda sifatli yog‘-moy ishlab chiqarib bera oladigan imkoniyat mavjud. Bu boradagi asosiy masala yog‘-moy beruvchi xomashyo yetishtirishni ko‘paytirishdir. Albatta keyingi yillarda soya, masxar, kunjut, zig‘ir kabi moy beruvchi ekin turlari yetishtiriladigan maydonlar kengaytirilmoqda. Ammo ulardan olinayotgan xomashyo miqdori hozircha qayta ishlash sanoatining talablari darajasida yetarli emas.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining sanoat tarmog‘ini modernizatsiyalash yo‘lida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Shular qatoriga, Prezidentimizning “2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-1442-sonli qarori ham ushbu sohani yanada rivojlantirishga asos bo‘ladi.
Demak, bugungi kunda viloyat hamda tuman iqtisodiyotning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida uning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish, mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish, shuning asosida zamonaviy raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, valyuta mablag‘laridan tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek yangi ish joylarini yaratish masalasiga alohida e’tibor berilib,belgilangan dasturlarni amalga oshirish quyidagi taklif va tavsiyalar orqali amalga oshiriladi, deb hisoblaymiz:
mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish;
sanoat turli tarmoqlarining qo‘shilgan qiymati yuqori darajada bo‘lgan mahsulotlar eksportini ko‘paytirish va tegishli ravishda, an’anaviy eksport salmog‘ini kamaytirish;
samarali ichki va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish;
iqtisodiyotning real sektorida mamlakatimiz korxonalarining kooperatsiyasi salohiyatidan yuqori darajada foydalanish;
mahalliy xom ashyoni qayta ishlashni kengaytirish, ishlab turgan korxonalarni zamonaviylashtirish va yangilarini tashkil etish hisobiga iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish;
Ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish maqsadida chet el investitsiyalari salmog‘ini ko‘paytirish;
Asosiy texnologik jarayonlarni modernizatsiyalashtirish, diversifikatsiyalash va robotlashtirish;
Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan oqilona foydalanish hamda tejamkorlikka rioya qilish va h.k.
|