• Hududlar Loyihalar soni Un mahsulotini qayta ishlash
  • Go`shtni qayta ishlash
  • Respublika bo`yicha jami: 119 66 62
  • 3.2. Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona samaradorligini oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yo’llari.
  • 3.3.1-jadval
  • I-bob. Qishloq xo’jaligi islohotlarini amalga oshirisning asosiy y’nalishlari




    Download 128,96 Kb.
    bet19/24
    Sana23.07.2021
    Hajmi128,96 Kb.
    #15751
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    3.2.1 - jadval

    2016yilda tashkil etiladigan qayta ishlash korxonalari

    Hududlar

    Loyihalar soni

    Un mahsulotini qayta ishlash

    Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish

    Meva-sabzavotni qayta ishlash

    Sutni qayta ishlash

    Go`shtni qayta
    ishlash


    Qoraqalpog`iston
    Respublikasi

    20

    5

    2

    7

    5

    Andijon

    -

    3

    2

    6

    5

    Buxoro

    7

    3

    6

    8

    8

    Jizzax

    7

    1

    8

    7

    3

    Qashqadaryo

    10

    15

    2

    7

    7

    Navoiy

    14

    8

    5

    8

    9

    Namangan

    3

    2

    7

    5

    4

    Samarqand

    10

    1

    12

    8

    7

    Surxondaryo

    5

    6

    1

    9

    5

    Sirdaryo

    3

    3

    3

    3

    2

    Toshkent

    9

    2

    4

    5

    7

    Farg`ona

    9

    4

    3

    7

    7

    Xorazm

    19

    4

    6

    5

    6

    Toshkent sh.

    3

    9

    1

    2

    2

    Respublika bo`yicha jami:

    119

    66

    62

    87

    77

    Manba: statistikama’lumotlariasosidatuzuldi.

    Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki Respublika bo’yicha jami 119 ta un maxsulotlarini qayta ishlovchi korxona mavjud bo’lib,shundan eng katta qismi Qoraqalpokiston Respublikasida Xorazmda 19ta va Toshkent shahrida 3tani tashkil qilyapti. Go’shtni qayta ishlash korxonalari jami 77ta bo’lib shundan 9tasi Navoiy viloyatida 8ta Buxoro viloyatida Qashqadaryoda 7tani tashkil qilmoqda. Meva sabzavotni qayta ishlash zavodi jami 62ta bo’lib shundan Samarqandda 12ta Jizzaxda 8ta Namanganda 7tani tashkil qiladi. Sutni qayta ishlash zavodi jami 87ta shundan 9ta Surxandaryoda Buxoro, Navoiy,Samarqandda 8tadan bo’lib jamining 10%ni tashkil qiladi.

    Qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talab va taklifni bozor muvozanatida ushlab turish maqsadida respublikamiz hududlarida meva-sabzavot mahsulotlarini zaxiraga qo`yish bo`yicha omborlar va muzlatkichli kameralar xizmat ko`rsatish tashkil etilib, aholiga sifatli mahsulotlar yil davomida yetkazib berilmoqda.

    Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash va sotish tizimini bir – biriga yaqinlashtirish va tarkibiy bog`liq tizimni shakllantirish maqsadida ulgurji va dehqon bozorlari, agrofirmalar, savdo uylari kabi yangi shakladigi sub`yektlar tashkil qilinib, rivojlana boshlandi.

    Respublikamizda Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish pirovard natijada:


    • mahsulotlarni uzoq muddat saqlashga erishish;

    • mahsulotlarni uzoq masofaga, jumladan, eksport qilish maqsadida transportda tashish;

    • mahsulotlarning nobud bo`lishini kamaytirish;

    • mahsulotlar pishib etiladigan qisqa davrda ularni sotish olish va narx-navosi tushib ketishining oldini olish;

    • mahsulotlarni qayta ishlash natijasida qo`shimcha ishchi o`rinlarni yaratish va daromad miqdorini oshirilishiga erishiladi.

    Darhaqiqat, Qashqadaryo viloyatida 2013 yilda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish, qayta ishlash korxonalariga yetkazilganligi va aholi iste’moli uchun hamda sog‘liqni saqlash korxonalariga tuzilgan reja asosida yetkazib berilgan. Bunda yetishtirilgan jami mahsulotning 10,8 foizi qayta ishlash korxonalariga, 0,25 foizi eksportga, 8,7 foizi sohliqni saqlash va ta’lim muassasalari korxonalariga, 28,05 foizi esa ichki bozorlarga sotilgan va ichki iste’mol uchun esa 45 foizi yo‘naltirilgan.

    Respublikamiz ASMda dehqon va fermer xo‘jaliklari mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash va sotish tizimining uzviy bog`liqligini ta`minlash asosida butun majmuaning iqtisodiy barqaror rivojlanishini ta`minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:



    • bozor tamoyillari va iqtisodiyotni erkinlashtirish talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yangi huquqiy – me`yoriy xujjatlarni qabul qilish, amaldagilarni takomillashtirish;

    • fermer va dehqon xo`jaliklari uchun zarur bo`lgan moddiy- texnika vositalari va aylanma mablag`larni sotishga ixtisoslashgan maxsus ulgurji – chakana savdo do`konlarini tashkil etish va rivojlantirish, ularni respublikamizda va xorijda ishlab chiqarilgan resurslar bilan tanishtirish va tegishli maslahatlar ko`rsatishga ixtisoslashgan hududiy ko`rgazmalarni doimiy tashkil etish;

    • fermer va dehqon xo`jaliklari bilan tayyorlov va qayta ishlash korxonalari o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish, jumladan, to`g`ridan – to`g`ri shartnomalar tuzishni rag`batlantirish asosida bo`naklash va yakuniu hisob – kitoblar tizimini takomillashtirish;

    • fermer xo`jaliklari tomonidan mahsulotlarni saralash va saqlash infratuzilmasini rivojlantirish, qayta ishlash korxonalarini tashkil etilishini iqtisodiy rag`batlantirish maqsadida imtiyozli kredit ajratish, xorijdan texnologiya va asbob – uskuna olib kelish bilan bog`liq jarayonlarni erkinlashtirish;

    • respublikamizda dehqon va fermer xo`jaliklari hamda agrofirmalar o`rtasida ko`ngilli va ixtiyoriu birlashish asosida koopertsiya munosabatlarini tashkil etish, shuningdek, ular tomonidan shartnoma asosida olib kelinayotgan mini texnologik tsexlar, qurilma va asbob uskunalarga imtiyozlarni doimiy belgilash;

    • qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksportini erkinlashtirish maqsadida uni iqtisodiy rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash, eksport bilan bog`liq tizimdagi hujjatlashtirish jarayonlarini, auniqsa ruxsatnoma olish, litsenziyalashtirish va sertifikatlashtirish bilan bog`liq tizimini soddalashtirish;

    • oziq-ovqat mahsulotlari eng avvalo meva-sabzavot va chorva mahsulotlarining marketingini rivojlantirish asosida mamlakatda etishtirilayotgan mahsulotlar turi va hajmi, narx-navosi bo`uicha choraklik va yillik haqiqiu va istiqbol ko`rsatkichlaridan iborat bo`lgan ma`lumotlarni doimiy ravishda tarmoq matbuotida chop etib borish.

    Ushbu tadbirlar bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinishi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini, jumladan meva – sabzavotning 35 – 40 foizi, uzumning 50 foizi, sutning 30 foizi va go`shtning 40 foizining qayta ishlanishi, qishloq hududlarida yangi ishchi o`rinlarini yaratish va qo`shimcha daromad ko`payishini ta`minlaydi.

    3.2. Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona samaradorligini oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yo’llari.

    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish maqsadi – mamlakatimiz iqtisodiyotini yangilash, ilm-fan yutuqlari keng qo‘llaniladigan ustuvor sohalarni rivojlantirish asosida milliy iqtisodiyotimizni innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, uning raqobatdoshligini oshirish va aholining o‘sib, o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish hisoblanadi.

    Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jahon tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, mamlakatni modernizatsiya qilish uchun dastlab mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan, sanoatning hozirgi holatini chuqur va konkret baholash lozim.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “... iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishga aylandi”.

    2012-2016 yillarga mo‘ljallangan mamlakatni rivojlantirish dasturi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.

    1. 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ko‘lamini

    kengaytirish choralari dasturi.

    2. 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan infratuzilmani, transport va kommunikatsionqurilishni jadal rivojlantirish dasturi.

    3. Moliya-bank tizimini yanada isloh etish va barqarorligini oshirishning 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari dasturi.

    4. O‘zbekiston Respublikasi sanoatining 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan ustuvoryo‘nalishlari dasturi.

    Mamlakatimizda chuqur o‘ylangan va puxta tahlillar asosida 2012–2016 yillarga mo‘ljallab ishlab chiqilgan, bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan to‘rtta strategik dastur amalga oshirilmoqda. Ularda sanoat, infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, moliya-bank tizimini yanada isloh etish va uning barqarorligini oshirish, shuningdek, mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti va uni baholashning xalqaro mezonlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

    2012–2016 yillardagi eng muhim vazifa – makroiqtisodiy barqarorlik va izchil yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, uning sifat ko‘rsatkichlarini iqtisodiyot tarmoqlarini yanada diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiya etish, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulot hamda xizmatlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish hisobidan yaxshilashdan iborat .



    3.3.1-jadval


    Download 128,96 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 128,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. Qishloq xo’jaligi islohotlarini amalga oshirisning asosiy y’nalishlari

    Download 128,96 Kb.