• Raqobat afzalliklari
  • O‘zbekistonda raqobat afzalligiga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlari




    Download 128,96 Kb.
    bet18/24
    Sana23.07.2021
    Hajmi128,96 Kb.
    #15751
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
    O‘zbekistonda raqobat afzalligiga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlari

    Guruhlar

    Iqtisodiyot

    sektorlari


    Iqtisodiyot

    tarmoqlari


    Raqobat

    afzalliklari


    Kuchli raqobat

    mavqeiga ega bo‘lgan

    tarmoqlar


    Xomashyo va qazib

    chiqarish




    Rangli metallurgiya,

    paxtani qayta

    ishlash, neft-gaz,

    og‘ir sanoat



    Yuksak

    raqobatdoshlik

    afzalliklariga ega


    Nisbiy

    raqobatdoshlik

    mavqeiga ega bo‘lgan

    tarmoqlar



    Iste’mol tovarlari

    ishlab chiqarish




    mashinasozlik,

    avtomobilsozlik,

    yengil, kimyo, oziq-

    ovqat


    Nisbatan past

    raqobatdoshlik

    afzalliklariga ega


    Potensial

    raqobatdoshlik

    mavqeiga ega

    tarmoqlar




    Yuqori qo‘shilgan

    qiymatga ega tayyor

    mahsulotlar ishlab

    chiqarish



    Mikroelektronika-

    axborot kompleksi,

    farmatsevtika,

    mikrobiologiya




    Potensial

    rivojlangan

    raqobatdoshlik

    afzalliklarga ega




    Manba :Muallif tomonidan tayuorlandi

    Qayta ishlash tarmoqlarida birinchi kategoriyali kuchli raqobatdosh guruhiga sanoatning quyidagi xomashyo va qazib chiqarish sektorlari kiradi: neft-gaz, rangli metallurgiya, paxtani qayta ishlash sanoati. Ushbu tarmoqlar hissasiga mamlakat sanoat eksportining 70 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Tashqi bozorda tarmoqning raqobatdoshligini aks ettiradigan ko‘rsatkich hisoblangan umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmida eksport mahsulotlari ulushi o‘sish tendensiyasiga ega: rangli metallurgiyada 72 dan 85 foizga, qora metallurgiyada 28,2 dan 55 foizga, neft-gaz sohasida 20,1 dan 47 foizga, paxta tozalashda 87 foizdan 90 foizga o‘sgan. Ushbu tarmoqlarning raqobatdoshlik indikatori boshqa ishlab chiqarish turlariga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi.

    Raqobatdoshlik salohiyatiga ega bo‘lgan istemol tovarlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ikkinchi guruh tarmoqlarga quyidagi tarmoqlar kiradi: yengil sanoatning qayta ishlash tarmoqchalari, oziq-ovqat sanoati, avtomobilsozlik. Mahalliy iste’mol tovarlari raqobatdoshligi indeksi xomashyo ishlab chiqarishdagi shakllangan raqobatdoshlik ko‘rsatkichiga nisbatan birmuncha past. Umumiy ishlab chiqarish hajmida eksport mahsulotlarining yengil sanoatdagi ulushi 35 foiz, mashinasozlikda 25,5 foiz, oziq-ovqatsanoatida 5 foiz. Ushbu tarmoqlarning tashqi bozordagi raqobatdoshligi sanoatning o‘rtachadarajasidan taxminan 20-25 foiz past hisoblanadi. Umuman olganda sanoat tarmoqlarining raqobatdoshligining pastligi muammosi saqlanib qolmoqda. Qayta ishlash sektori tarmoqlaridagi asosiy mahsulotlarni ishlab chiqarishning ichki xarajatlari jahondagi o‘rtacha narx darajasiga yaqinlashib qolgani holda, ba’zi mahsulotlar turlari bo‘yicha o‘rtacha jahon bahosiga nisbatan yuqori. Ushbu tendensiya moddiy texnika va energetika xarajatlari ulushining yuqori darajada saqlanib qolayotgani bilan belgilanadi.

    Sanoatda innovatsiyalarni rivojlantirishda foydalanilmagan quyidagi imkoniyatlar mavjud: sotilgan sanoat mahsulotining umumiy hajmida innovatsion mahsulot ulushi 2,8 foizni tashkil etadi.

    Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida yuksak texnologik mahsulot ishlab chiqarishning ulushi 2016 yilda 10,8 foizni tashkil etdi. Bu esa sanoat sohasi taraqqiy etgan mamlaktlarga nisbatan past hisoblanadi (30-35 foizdan kam emas).

    Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini ta’minlashda mamlakat sanoati yetakchi o‘rin tutadi. Shuning uchun sanoatning raqobatdoshligini oshirish va barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:



    • texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda homashyo, material va energiya resurslari sarfi meyorini 10-15foiz ga tushirish hisobidan tannarxni pasaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, 2015 yilga borib sanoatda sarflanadigan energiya ulushini kamida 30foizga kamaytirish;

    • ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini va sanoat bo‘yicha yiliga mehnat unumdorligini 6-7foizga oshirish, iste’mol va noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, xodimlar sonini optimallashtirish;

    • sanoat tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalardagi moddiy va ma’naviy jihatdan eskirgan ishlab chiqarish vositalarini yangilashni jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada modernizatsiya qilish hamda korxonalarda jahon andozasi talablari darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan zamonaviy texnologiyalarni jadal joriy etish;

    • ishlab chiqarishning samarali diversifikatsiyalashuvi va an’anaviy tarmoqlar eksportini (neft-gaz sanoati, rangli metallurgiya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumladan paxta tolasini qayta ishlash) ta’minlaydigan xomashyo resurslarini qayta ishlashni chuqurlashtirishga qaratilgan yo‘nalishlarga innovatsiyalarni qo‘llash;

    • kichik biznes va xususiy tadbirkorlar ishtirokida ilm-fan yutuqlarini qo‘llash imkoniyati yuqori bo‘lgan, yuksak texnologik loyihalar doirasida innovatsiyalarni moliyalashtirish fondini yaratish;

    • yirik korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish va yuqori texnologik mahsulot eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali xalqaro innovatsion xamkorlikka jalb qilish mexanizmlarini yaratish;

    • mahalliy mahsulotlarni sotish bozorlarini o‘rganish va ularning tegishli bozor segmentlaridagi o‘rnini aniqlash bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish;

    • bozor ― signallarining doimiy mavjud miqyosi va turli tovar va xizmatlarga istiqboldagi talabi, ularning texnik, iqtisodiy va ekspluatatsion darajasiga talablar monitoringini (ichki va tashqi) tashkil etish;

    • texnologiyalar transferti sohasida xalqaro hamkorlikning huquqiy mexanizmlarini yaratish;

    • yuksak texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun bojxona qonunchiligi va ma’murchiligini takomillashtirish;

    • korxonalarning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish: sanoat tarmoqlari korxonalari tarkibining moliyaviy menedjer va boshqaruvchilari tayyorlash darajasini oshirish.

    Yaqin va uzoq istiqbolda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror o‘sib borishiga iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni jadallashtirish hamda ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish borasidagi islohotlar zamin yaratadi.

    Qayta ishlash sanoatining muvaffaqiyatli rivojlanishi agrosanoat kombinatining atrofida xom-ashyo zonalarini tashkil etish bilan ta’minlanadi. Xom-ashyo bazasini shakllantirish transport taqqoslama xarajatlari va yo‘qotishlarini maksimal darajada qisqartirish imkoniyatlari orqali, shuningdek tayyorlash, saqlash va tashishda mahsulot sifatini saqlab qolish bilan erishiladi.

    Vertikal integratsiyaning shakllaridan biriagrosanoat birlashmalaridir. Ular qoidaga ko‘ra, bitta ma‘muriy tumandagi qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari asosida tashkil etiladi. Agrosanoat birlashmasi darajasidagi integratsiya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, transportirovka doirasi, mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishda birlikni va balanslashganlikni ko‘zda tutadi.

    Alohida tumanlarda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan agrosanoat birlashmalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi.

    Hozirgi davrda O‘zbekistonda agrosanoat kombinatlari va birlashmalari shaklida yaratilgan integratsiyalashgan tuzilmalar holding kompaniyalari deb yuritiladi. Bunda mulkiy integratsiya bosh korxona aktsiyalari-nazorat paketlari vositasida qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlarni tashkiliy-moliyaviy birlashtirish asosida yagona tizim yaratish yuz beradi. Holding birlashmalar kapitalning bozorni tezroq tovarlar bilan to‘ldirish maqsadida yuqori tezlikda harakatlanishini ta’minlaydi.

    Holding kompagiyalari – bu qator qishloq xo‘jaligi, sanoat korxonalari hamda muzlatgichli saqlash, transport, hattoki savdo xo‘jaliklari yig‘indisi bo‘lib, ular ayniqsa, meva-sabzavot, konserva, uzumchilik, vinochilik va boshqa ishlab chiqarishda keng tarqalgan.

    Agrosanoat ishlab chiqarishini tashkil etishning yana bir shakli – ishlab chiqarish (ilmiy-ishlab chiqarish) tizimlari. Ular o‘zlarida ma’lum tur mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash bosh tashkilotning tashkiliy va texnologik rahbarligi ostida o‘zaro mas‘uliyat va manfaatdorlik tamoyillari bilan ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalar asosida faoliyatining boshqa turlari bilan ham shug‘ullanishini amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar guruhining shartnomaviy munosabatlarini ko‘rsatadi.

    O‘zaro bog‘liq, lekin yuridik jihatdan mustaqil faoliyat yurituvchi korxonalarni integratsiyalash zarurligi va maqsadga muvofiqligini rivojlangan mamlakatlar tajribalari tasdiqlamoqda. Bunday yo‘nalishlardan biri moliya-sanoat guruhlaridir. Ular tovar va xizmatlar bozori raqobatbardoshligini oshirish va kengaytirishga, ishlab chiqarish samaradorligini o‘sishiga, yangi ish joylari yaratishga yordam beruvchi investitsion yoki boshqa loyihalarni realizatsiya qilish uchun yuridik jihatdan mustaqil shaxslarni iqtisodiy integrallash asosida tuziladi.

    Agrar sohada moliya-sanoat guruhini tuzish korxonalarga xizmat ko‘rsatadigan va qayta ishlaydigan qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarini oqilona kooperativlashtirish uchun zarur. Agrosanoat sohasi va moliyaviy strukturalarning korxonani integratsiyalash bo‘yicha turlicha variantlari bo‘lishi mumkin.

    Hamkorlikdagi faoliyat haqidagi shartnoma asosida agrosanoat uyushmalari tuziladi. U sheriklarning xo‘jalik faoliyatini muvofiqlashtirish (qishloq xo‘jalik va qayta ishlovchi korxonalar savdo tashkilotlari) va mahsulot realizatsiyasidan tushgan foydani teng taqsimlash borasidagi bir xil huquqlariga asoslangan notijorat tashkilotidir. Uyushmalar ikki xil yo‘nalishda tuziladi: tarmoq ichida va oziq-ovqat bo‘yicha. Birinchisi tarmoq bo‘yicha boshqarishni tiklashga yo‘naltirilgan, ikkinchi holatda uyushmaning tashkilotlari va a‘zolari mos keluvchi soha bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlash korxonalari bo‘ladi.

    Amalda esa kam hollarda notijorat sheriklikning tashkiliy-huquqiy shakli ham qo‘llaniladi.

    ASM sohasidagi yana bitta integratsiyalanish kontserndir. Kontsern qatnashuv tizimi moliyaviy aloqalar, manfaatlar umumiyligi haqidagi shartnomalar vositasida amalga oshiriladigan birlashuv shaklidir. Integratsiyalashgan tuzilmalarga kiruvchi tashkilotlar nominal ravishda mustaqilligicha qoladi, aslida esa, yagona xo‘jalik yurituvchi rahbarga bo‘ysunadi. Parrandachilik fabrikasi (2 ta broyler, 1 ta tuxumchilik), omuxta em zavodi, bir qancha non (don) bazalari, shuningdek, xususiy savdo tarmog‘i kiradi. Korxonalarni birlashtirish konsernga ishni yagona birlashtirilgan tsikl asosida ( g‘alla yetishtirishdan tortib parrandachilik mahsulotlarini realizatsiya qilishgacha) tuzish imkonini beradi.

    Kapitalning kontsentratsiyalanish miqyosi ishlab chiqarish quvvati, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash imkoniyatlariga ko‘ra bunday tuzilmalar bozor konyukturalari tebranishlarida kuchli barqarorlik kasb etadi, u investitsiya resurslarini samarali taqsimlashga qodir, ularni eng rentabelli yo‘nalishlarga jamlay oladi.

    Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish infratuzilmasini rivojlantirish. dehqon va fermer xo‘jaliklari tovar mahsuloti yetishtiruvchilar meva, sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini yetishtirish va sotishdan ham yuqori moddiy manfaat ko`radilar. Chunki bu turdagi mahsulotlarini yetishtirish va sotish to`liq dehqonlarning ixtiyorida bo`lmoqda. Ammo mamlaktimizda bu turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish miqdorini ko`paytirish va sifatini yaxshilash borasida ko`plab kamchiliklar mavjud. Jumladan, respublikamiz bo`yicha qishloq xo`jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va sotishni o`rganuvchi axborot – marketing tizimi yetarli darajada shakllanmagan. Shu sababli yillar bo`yicha ayrim turdagi mahsulotlar baholarining nobarqarorligi oqibatida yo iste`molchi yoki dehqonlar zarar ko`rmoqdalar.

    Oziq – ovqat mahsulotlari (meva – sabzavot, go`sht, sut, tuxum va boshqalar) asosan dehqon xo`jaliklarida yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni qayta ishlash va tayyorlash bilan bog`liq ishlar xususiy yoki qo`shma korxonalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda sabzavotning 12- 15 foizi, meva va uzumning 18 – 20 foizi, sut va go`shtning 13 – 15 foizi qayta ishlanib, bozorga chiqarilmoqda yoki umumiy holatda qariuib 80 – 85 foizi mahsulot yangi uzilgan holda iste`mol qilinmoqda Ma`lumki, qishloq xo`jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bir qismi takror ishlab chiqarish uchun qishloq xo`jaligining o`zida ishlatiladi, ma`lum bir qismi qayta ishlashga va qolgan qismi aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish uchun iste`molga yo`naltiradi va ichki iste`mol talabini tashkil etadi.

    Hozirgi kunda respublikada qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni yanada jadal rivojlantirish maqsadida hududlar bo`yicha qayta ishlash korxonalari tashkil etilmoqda, (3.2.1 - jadval)



    Download 128,96 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




    Download 128,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda raqobat afzalligiga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlari

    Download 128,96 Kb.