• Ko‘rsatkichlar 2011 yil 2012 yil 2013 yil
  • O‘zbekiston Respublikasida sanoat rivojlanishining 2011-2016 yillardaga




    Download 128,96 Kb.
    bet20/24
    Sana23.07.2021
    Hajmi128,96 Kb.
    #15751
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    O‘zbekiston Respublikasida sanoat rivojlanishining 2011-2016 yillardaga

    ko‘rsatkichlari

    Ko‘rsatkichlar

    2011 yil

    2012 yil

    2013 yil

    2014 yil

    2015 yil

    2016 yil

    Sanoatning YAIM dagi salmog‘i (foiz hisobida)

    23,9

    24,1

    24,8

    25,8

    26,8

    28,0

    Tayyor mahsulotning sanoat mahsulotlari umumiy hajmidagi salmog‘i, foizda

    50,6

    51,7

    53,6

    56,2

    58,7

    61,2

    Sanoatga kiritiladigan

    investitsiyalar hajmi,

    million AQSH dollari


    2 668,9

    3 207,9

    3 923,9

    4 891,1

    6 118,9

    7 531,6



    Sanoat mahsuloti

    eksportining sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmidagi salmog‘i, foizda



    38,0

    42,3

    46,1

    51,8

    58,0

    63,2

    Umumiy eksport tarki-bida sanoat mahsuloti

    eksportining ulushi,

    foizda


    51,1

    61,7

    62,5

    65,3

    69,7

    71,8

    Manba: O’zbekiston sitatistik ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
    O‘zbekiston Respublikasi sanoatining 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari dasturini amalga oshirish maqsadida sanoatda umumiy qiymati 47,3 milliard dollarga teng bo‘lgan 119 ta yirik investitsion loyiha amalga oshirilgan.

    Ushbu dasturga muvofiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarishning yillik o‘sish sur’ati 9-12foizni tashkil etadi, sanoatning YAIMdagi ulushi 2012 yildagi 24 foizdan 2016 yilda 28 foizga yetadi. Sanoat mahsuloti tarkibida jiddiy ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va qayta ishlash sanoatining yalpi sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 41 foizdan 49 foizga yetadi. Yuqoridagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli eksport qilinayotgan sanoat mahsulotlarining eksport umumiy hajmi tarkibidagi ulushi 2012 yildagi 42,3 foizdan 2016 yilda 63,2 foizga yetadi.

    Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va uni yanada diversifikatsiya qilish sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2012 yildagi 24foiz dan 2016 yilda 28foiz ga, qurilishning ulushini esa – 6,4foiz dan 7,6foiz ga oshirish imkonini beradi. Natijada 2012–2016 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,3 barobar ortgani holda, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 17,5foiz dan 13,5foiz ga tushadi.

    Yuqorida qayd etilgan konsepsiyada mo‘ljallangan strategik vazifalarni amalga oshirish o‘rta muddatda quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:



    • makroiqtisodiy rivojlanishning boshqariladigan modeli asosida barqaror, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish;

    • to‘xtovsiz iqtisodiyotni uzluksiz modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilashni amalga oshirish;

    • ishlab chiqarish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi ehtiyojlarini qondirish talablariga muvofiq rivojlantirish;

    • bank-moliya tizimi barqarorligini oshirish va uning investitsiya miqyosini kengaytirishdagi rolini oshirish;

    • nodavlat sektori, birinchi navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va ulushini yanada oshirish;

    • yuksak agrotexnologiyalar asosida zamonaviy samarali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni yaratish va qishloq aholisi daromadlarini oshirish;

    • aholi, jumladan, yosh avlodning barqamol rivojlanishini ta’minlaydigan zamonaviy ijtimoiy sektorni shakllantirish.

    Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirishning muhim sharti va manbai sifatida faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi yildan yilga ortib borayotgani ham buning yorqin dalilidir.

    Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. Bunda ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o‘rini yaratish va shu asosda mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan.

    2015 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 3832,4 million AQSH dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2014 yildagidan qariyb 1074.97 million AQSH dollariga ko‘p ekanini kuzatish mumkin. 2015 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 3277,55 millionAQSH dollarni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 2526,56 million AQSH dollari, ya’ni 79 foizidan ko‘prog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.

    Xalqaro moliya institutlari va xorijiy kompaniyalar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlar asosida 2016 yilda iqtisodiyotimizning real sektoriga 3 milliard AQSH dollaridan ortiq investitsiya kiritish ko‘zda tutilmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, bu mablag‘ning 2 milliard 180 million AQSH dollaridan ortig‘i yoki 72 foizdan ziyodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari tashkil etadi.

    2015 yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning mutloq qiymati 402 million dollarni tashkil etgan. Hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning katta qismi Toshkent shahri (39,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan va xorijiy sarmoyalar ishtirokida faoliyat olib borayotgan korxonalar soni mazkur yilda 273 taga ko‘paygan.


    Download 128,96 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 128,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasida sanoat rivojlanishining 2011-2016 yillardaga

    Download 128,96 Kb.