2.3. Korxonada mahsulotlarni sotishning hozirgi holati tahlili
Qishloq xo‘jaligining eng asosiy vazifasi respublika hududidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning xomashyoga, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondirishdir. Shu bilan birgalikda, tarmoq tashqi bozor talabini qondirishda ham qatnashishi maqsadga muvofiqdir
Bu talablar qishloq xo‘jaligi uchun davlatning paxta va g‘allaga bo‘lgan eng muhim buyurtmalarini bajarishga asoslanadi. Bu mahsulotlarga davlat buyurtmalarining miqdori ularni yetishtirish bo‘yicha rejalashtirilgan hajmga nisbatan 30 foiz darajasida belgilangan. Bu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tarmoqda yetshitirilgan mahsulotlarning, chunonchi, urug‘lik, yem-xashak, ozuqa kabilarning ma’lum bir qismi ichki talabni qondirishga sarflanadi. Aks holda tarmoqda takror ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi ta’minlanmaydi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlanishini ta’minlash uchun yetishtirilgan mahsulotlarning bir qismi bu boradagi talablarini qondirish maqsadida ishchi-xizmatchilarga ish haqi o‘rniga natura holida beriladi, ularning ovqatlanishlari uchun ajratiladi. Shuningdek, aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ularga ma’lum miqdordagi mahsulotlar tekinga beriladi.
Hozirgi davrda qishloq xo‘jalik korxonalarida yetishtirilayotgan mahsulotlar muayyan kanalllar bo‘yicha taqsimlanmoqda va sotilmoqda, (2.3.1-chizma).
|