|
I bob. Shaxmat tarixi shaxmatning kelib chiqishi
|
bet | 5/9 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #241184 |
Bog'liq Shaxmat tarixi2.2 Shatranj.
Ma'lumotlarga ko‘ra VI-asr oxirida Chaturanga forslarga ma'lum bo‘lgan va uni chatrang (пехл. چtrnḥ) deyishgan. O‘yin haqida o‘rta fors tilidagi "Papakning o‘g'li Ardashir amallari kitobi" (tax.600-yil) asarida keltiriladi.[4] Forslarni arablar mag'lub etgandan so‘ng (VII-asr) chatrang bilan tanishishgan va arab tilida o‘yinni shatranj deb nomlashgan (arabcha: شَطْرَنْج)
Arab adabiyotlarida shatranj qoidalari batafsil ma'lum qilingan: g'alabaga mot,turg'unlik yoki raqibning barcha donalarini qirib tashlash orqali erishilgan.Donalarning zamonaviy shaxmat xarakatlaridan farqli joylari farzinning (faqat bitta kvadrat va har qanday diagonal yo‘nalishda harakatlanadigan dona) va fil (har qanday diagonal yo‘nalishda harakatlanadi) va hech qanday almashtirish yo‘q! Piyodalar esa faqat to‘g'riga harakatlanib,qanotlardan hujumga o‘tishda asosiy rolni o‘ylagan.Oxirgi qatorga yetib borganda esa farzinga aylangan. Shatranj uzoq muddatli turli taktikalar,manevrlarni o‘z ichiga olgan sekin o‘yin edi.Farzin va filning vazifasi o‘z maydonlarini zaif nuqtalarini yopish va raqibning zaif nuqtalarini qidirib topib o‘yinni nazorat qilishdan iborat edi. O‘yin debyutida o‘yinchining birinchi vazifasi piyodalardan foydalanib hujum va himoya konfigurasiyasini tuzish bo‘lar edi.
Shaxmat boshidanoq shariatga mos kelishi aniq emas edi.Shaxmat to‘g'ridan-to‘g'ri "Qur'on" da tilga olinmagan,muqaddas kitobda qimorga oid o‘yinlar taqiqlangan edi. VIII-asrning nufuzli diniy arboblaridan Abu Hanifa shaxmatni maqbul,lekin makruh o‘yin-kulgu turiga kirgazgan.Uning zamondoshi Malik ibn Anas shaxmatni so‘zsiz harom deb bilga,diniy ulamo va huquqshunos ash-Shafii o‘zi shaxmat o‘ynagan va bu aqliy yuksalish maqsadida amalga oshirilganda (masalan,harbiy qo‘mondon o‘ynaganda ayniqsa) hech qanday qoidalar buzilmasligini tushuntirdi. Abbosiylar sulolasi hukmronligi davrida (750) shatranj islom olamida keng tarqaldi. Tarixchilarning ta'kidlashicha shaxmat o‘ynagan birinchi abbosiy xalifasi Horun ar-Rashid (786-809) bo‘lib,u kuchli shaxmatchilarni jamlab ularni mukofotlagan xam ekan. Uning o‘g'li xalifa al-Ma'mun 819-yili Xurosondan Bag'dodga ketayotib,o‘z davrining eng kuchli shaxmatchilari bo‘lgan Jobir al-Kufi,Abdeljafar al-Ansoriy va Zayrab Katai o‘rtasidagi shaxmat baxslarini tomosha qiladi. Xalifa saroyida shaxmat risolalari paydo bo‘la boshladi: kutubxonachi Ibn an-Nadim al-Adliy,ar-Roziy (IX-asrda), as-Suli,al-Lajlaj va ibn Aliklidis (X-asrda) asarlari bo‘lgan.Al-Adliy ar-Roziyga qarshi o‘yinda mag'lub bo‘lgunga qadar o‘z davrining eng kuchli shaxmatchisi bo‘lgan.
|
| |